Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Jadval 4. So’mning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursi(2003 -



Download 349,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana16.06.2022
Hajmi349,86 Kb.
#676385
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Sobit.O zbekiston Respublikasining valyuta siyosati va uni takomillashtirish yo llari.doc

Jadval 4. So’mning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursi(2003 - 
2006)
Davr
Markazi
y bank 
ayirboshlash 
kursi(so’m/$)
O’tgan 
davrga nisbatan
o’zgarishi(%da)
Naqd 
xorijiy 
valyutaning 
kursi(so’m/$)
O’tgan 
davrga nisbatan
o’zgarishi(%da)
2003
979.39
26.0
995.1
-9.0
2004
1058.0
8.0
1062.5
6.8
26


2005
1180.0
11.5
1197.6
12.7
I ch.
2005
1080.0
2.1
1083.5
2.0
II ch.
2005 
1115.0
3.2
1118.1
3.2
III 
ch. 2005
1140.0
2.2
1155.4
3.3
I ch.
2006
1210.0
2.5
1224.1
2.3
II ch.
2006 
1224.6
1.2
1229.5
0.4
III 
ch. 2006
1229.79
0.42
1238.84
0.76
Manba: “Bankovskie vedomosti” gazetasi, mualliflar hisob - kitoblari
So’m kursining boshqa zahira valyutalariga nisbatan dinamikasi quyidagi
o’zgarishlar bilan ifodalanadi: 2006 yilning 9 oyi yakuniga ko’ra so’m funt
sterlingga nisbatan 14,5 %ga, evroga nisbatan 12,8 %ga va yapon yeniga nisbatan
4,27 %ga devalvatsiyalandi.
Ichki valyuta bozoridagi kon’yukturani belgilagan asosiy omili bo’lib, jahon
valyuta bozorida yuzaga kelgan kurs tendensiyalari bo’ldi. Ko’rilayotgan davrda
xalqaro valyuta bozorida AQSh dollari kursiga ta’sir etgan omillar ichidan
quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin. Evrozona iqtisodiyoti 2006 yilning III
choragida oldingi chorakka nisbatan 0.5 %ga va o’tgan shu yilning shu davriga
nisbatan 2,6 %ga o’sdi, ya’ni Evrozona iqtisodiyoting o’sish sur’atlari AQSh
iqtisodiyoti o’sish sur’atlaridan yuqori bo’ldi(III chorakda 1,6 %ga ko’p). Shu
bilan birga, Yaponiya iqtisodiyoti 2006 yilning yanvar-sentyabr oylarida choraklik
0.5 % va yillik 2,0 % miqdorida o’sdi.
So’m kursining Rossiya rubliga nisbatan devalvatsiyasi 2006 yilning 9 oyi
yakunlari bo’yicha 12,46 %ni tashkil etdi va bu rublning dollarga nisbatan
ayirboshlash kursi mustahkamlanishi bilan boq’liq bo’ldi. Umuman, 2006 yilning
yanvar – sentyabr oylarida rublning real samarali kursi mastahkamlanishi 8,1 %ni
tashkil etdi(valyutalar savatchasi bo’yicha).
2006 yilning 9 oyi yakunlariga ko’ra milly valyutaning AQSh dollariga
nisbatan real ayirboshlash kursi 3,5 %ga, evroga nisbatan 2,9 %ga va Rossiya
rubliga nisbatan 7,2 %ga devalvatsiyalanishi yuz berdi. 
27


O’zbekistonda inflyatsiyaning o’sish sur’atlari pasayishi hamda jahon
bozoridagi kurslar dinamikasi so’mning real kursiga ta’sir ko’rsatgan asosiy
omillar sifatida saqlanib qoldi.
2006 yilning III choragi yakunlari bo’yicha so’mning real samarali
ayirboshlash kursi 1,5 %ga mustahkamlandi. Ushbu ko’rsatkichning dinamikasiga
ichki va tashqi valyuta bozorlaridagi kon’yunktura, shuningdek O’zbekiston bilan
jahonning boshqa mamlakatlaridagi narxlar indeksi o’rtasidagi farq dinamikasi
ta’sir ko’rsatdi.
So’mning real samarali ayirboshlash kursining maustahkamlanishi
inflyatsion kutishlarning oshib ketmasligiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, joriy yilning
yanvar – sentyabr oylarida o’rtacha oylik inflyatsiya darajasini o’tgan yilning shu
davrdagiga nisbatan 0,2 % bandiga pasaytirish imkonini berdi.
Hozirgi kunda iqtisodiy siyosatning eng muhim vazifalaridan biri milliy
valyutamiz ayirboshlash kursini horijiy valyutalarga nisbatan barqaror ushlash,
makroiqtisodiy siyosatni oqilona yo’llar bilan mustahkam olib borish va iqtisodiy
rivojlanishni yanada jadallashtirish hisoblanadi.
Mazkur maqsadlarga erishish iqtisodiyotning barcha jabhalarida iqtisodiy
islohatlarni bundan keyin ham yanada chuqurlashtirishni talab etadi.Xususan, narx
o’rnatish va resurslarni taqsimlash jarayonida bozor kuchlari rolini oshirish,
jamg’armalarni rag’batlantirish va aholining moliya tizimiga va iqtisodiy siyosatga
bo’lgan ishonchini o’stirish, iqtisodiyotga milliy va horijiy investitsiyalar jalb etish
maqsadida investitsion muhitni yaxshilash, tashqi savdoni erkinlashtirish va
hududiy iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish zarur.
28


Buning uchun esa so’m real ayirboshlash kursining sezilarli darajada
yuqorilab ketishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Bundan tashqari, tashqi savdoni
erkinlashtirish va hududiy iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish obyektiv ravishda
ichki bozorda import mahsulotlarining narxini arzonlashtiradi. Bu esa
mamlakatimizda import bilan raqobatlashuvchi mahsulotlarning
raqobatbardoshligini oshiradi.
Shu sababdan, to’lov balansining yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik va tashqi
iqtisodiy siyosatni erkinlashtirish natijasida milliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar
raqobatbardoshligini tushurmaslik uchun inflyatsiyani nisbatan ayirboshlash
kursini oqilona pasaytirib borish lozim. Bundan yondashuv tashqi savdoni
erkinlashtirish va huhudiy iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish jarayonida milliy
valyuta ayirboshlash kursining birdan keskin ravishda tushib ketishiga yo’l
bermaydi.
Mazkur barcha islohotlarning yakuniy natijasi qabul qilinayongan
qarorlarning ilmiy asoslanganligiga va haqiqatga yaqinligiga ko’p jihatdan bog’liq.
Chunki uzoq istiqboldagi iqtisodiy o’sish va aholi turmush farovonligi and shu
tadbirlar asosida shakllanadi.
Prеzidеnt I.A. Karimоv diplоmatik kоrpus bоshliqlari, xalqarо
tashkilоtlarning vakillari va O’zbеkistоnda akkrеditatsiya qilingan jurnalistlar bilan
uchrashuvda ta’kidlaganlaridеk, O’zbеkistоn valyuta bоzоri rivоjlanishining
istiqbоli birjadan tashqari banklararо valyuta bоzоrini shakllanishi bilan bоg’liq.
Shu sababli, valyuta bоzоridagi muhim tuzilmaviy o’zgarishlardan birjadan
tashqari valyuta bоzоridagi оpеratsiyalar hajmi o’sishini hisоblash mumkin.
Valyuta birjasi, valyuta bоzоrini shakllanishi va rivоjlanishidagi o’z rоlini
bajarganidan so’ng, vaqti kеlib o’zining еtakchilik ahamiyatini yo’qоtadi.
Hоzirgi kunda Hukumat va Markaziy bank tоmоnidan birjadan tashqari
valyuta bоzоrini erkinlashtirish va rivоjlantirish bоrasida izchil siyosat amalga
оshirilmоqda. Tijоrat banklari endi xоrijiy valyutaga bo’lgan talab va taklif nisbati,
banklar va mijоzlarning o’zarо manfaatidan kеlib chiqqan hоlda, mustaqil
ravishda, almashuv kurslarini bеlgilay оladilar.
Biz milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyasiga
erishdik va u bugungi kunda o’z samarasini bermoqda. Ushbu harakatning yakuniy
maqsadi – milliy valyutani xоrijiy valyutalarga to’la ayirbоshlanishiga erishishdir.
So’mni xоrijiy valyutalarga to’la ayirbоshlanishiga erishish uchun birinchi
navbatda quyidagi masalalarni amalga оshirmоq lоzim:

ishlab chiqarish va ekspоrt tarkibiy tuzilishini yaxshilash; 

tеxnоlоgik qоlоqlikni bartaraf etish; 

mеxnat unumdоrligi va milliy mahsulоt sifatini оshirish. 
Ushbu vazifalarni bir vaqtning o’zida hal qilib bo’lmaydi. Ammо, jahоn
bоzоriga raqоbatbardоsh va munоsib iqtisоdiyot bilan intеgratsiya qilish uchun esa
milliy valyuta to’la ayirbоshlanish xususiyatiga ega bo’lishi kеrak. So’mni ichki
kоnvеrtatsiyasi xususiyati yagоna maqsad emas, balki u milliy iqtisоdni jahоn
iqtisоdiga kirib bоrish vоsitasidir. Valyuta ayirbоshlanishining aynan shunday
yo’lini tanlagan zamоnaviy Еvrоpa valyuta ittifоqi mamlakatlari bunga 10-12 yil
mоbaynida erishdilar. 
29


Yuqоrida bayon etilganlar bilan birgalikda valyutalarni tartibga
sоlinmaydigan qоra bоzоrini bartaraf etish muammоsi ham mavjud. Bоzоr
munоsabatlariga asta-sеkin o’tish jarayoni, iqtisodiy sharoitlarni etilishiga qarab,
valyuta kurslarini birxillashtirilishi, yagona valyuta bozoriga o’tish bilan birgalikda
borishi va pirovard natijada kapital operatsiyalari bo’yicha valyuta cheklanishlari
bekor qilinishi lozim.
Mamlakatning valyuta bоzоrining rivоjlanganlik ko’rsatkichi bo’lmish
valyuta оpеratsiyalarining hajmini va sоnini ko’paytirishning to’g’ridan-to’g’ri
yo’li bu banklarning va mijоzlarning valyuta rеsurslarini kеngaytirish hamda
iqtisоdiyotning rеal sеktоridagi valyuta tushumlarini ko’paytirish va uning ekspоrt
pоtеntsialini оrttirishdir. Bu еrdan, shuningdеk, valyuta bоzоri va iqtisоdiqtning
rеal sеktоri o’rtasida chambarchas bоq’liqligini ko’rish mumkin.
Umuman, ko’rilayotgan chora-tadbirlardan quyidagi natijalar kutilmoqda: 

ichki valyuta bozorida qatnashayotgan barcha xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarga teng shart-sharoitlar yaratiladi. Ishlab chiqarish bilan mashg’ul
bo’lgan korxonalarning faolligi ortadi; 

valyuta bozorini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar eksport hajmining o’sishiga olib keladi; 

aholining naqd chet el valyutasiga ehtiyoji qondiriladi

xalqaro moliya muassasalarining mamlakatimizga qiziqishi ortadi, bu
esa ana shu tashkilotlar tomonidan ko’rsatilayotgan moliyaviy yordamning
jadallashuviga olib kelishi mumkin.
Istiqbolda amalga oshiriladigan valyuta siyosati respublikamiz vakolatli
banklarining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini yanada faollashtirish,
birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular
tomonidan valyuta mablag’larini jalb qilish va mijozlarga ko’rsatiladigan xizmatlar
doirasini kengaytirish hamda banklararo raqobatni rivojlantirishga yo’naltiriladi. 
Markaziy bank ayirboshlash kursining barqarorligini ta’minlash, pul-kredit
va valyuta siyosatini amalga oshirish, tashqi qarzga o’z vaqtida xizmat ko’rsatish,
shuningdek xalqaro operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni ta’minlash uchun
xalqaro zahiralarni yetarli darajada saqlab borish maqsadida tegishli chora-
tadbirlarni amalga oshirib boradi. Jahon tajribasidan ma’lumki, mamlakatning
oltin-valyuta zahiralari miqdori kamida 3 oylik import hajmini qoplash darajasida
bo’lishi lozim. Keyingi yilda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-
kredit va valyuta siyosati oltin-valyuta zahiralarining 6 oylik import hajmidan kam
bo’lmagan miqdorda bo’lishini taminlashdan iborat bo’ladi. 
Shuningdek, kelgusi yilda olib borilayotgan valyuta siyosati pulga bo’lgan
talabning oshirish va bir vaqtning o’zida eksport hajmining ko’payishi uchun
shart–sharoitlar yaratib berishni ko’zlagan holda so’mning real samarali almashuv
kursi o’zgarmasligini ta’minlashga qaratiladi.
30



Download 349,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish