Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 6,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/292
Sana16.06.2022
Hajmi6,86 Mb.
#676149
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   292
Bog'liq
1-392

Адабиётлар рўйҳати: 
1.
Раҳматуллаев. Ш.М. Мустақиллик шароитида Фарғона водийси шаҳарларида 
ижтимоий-иқтисодий ўзгаришлар(1991-1996 йй.) т.ф.н....дисс. Т.2000 й, Б-90. 
2.
Давлат статистика қўмитасининг 706 ж хати. 
3.
Емберганов.Н. 
Қорақалпоғистон 
аҳолисининг 
ўсиши 
ва 
жойланишидаги 
ўзгаришлар. геог.ф.н.....дисс. Т. 2011 й, Б-12. 
4.
АҳмедовЭ. Ўзбекистон шаҳарлари мустақиллик йилларида.-Т.: Абу Али ибн Сино 
номидаги тиббиёт нашриёти, 2002.-Б. 178. 


371 
PAXTACHILIKNING TARIXI VA GEOGRAFIYASI 
Umarova J.Q., 
biologiya fanlari nomzodi. 
Navoiy davlat pedagogika instituti 
Annotatsiya: Paxtachilik tarixi va geografiyasi, Navoiy viloyatining geografik o’rni 
hamda ahamiyati. 
Аннотация: История и география хлопка, географическая роль и значение 
Навоийского региона. 
Annotation: History and Geography of Cotton, Geographical Role and Importance of 
Navoi Region. 
Insoniyat ekib foydalanayotgan ekinlar ichida qimmatlisi bu – g’o’zadir. G’o’za asosan 
tolasi uchun o’stiriladi. Paxta tolasi keng miqyosda, turli maqsadlar uchun ishlatiladi va uning
organlaridan birortasi ham chiqitga chiqarilmaydi. 
G’o’za tabiatda ko’p yillik o’tsimon yoki daraxtsimon o’simlik. Ko’p yillik daraxtsimon 
g’o’zalar ko’sagi mayda, tolasi oz va kalta bo’lib, amalda undan tola olish uchun 
foydalanilmaydi. Olimlarning tekshirishicha, g’o’za avlodi bundan taxminan 70-100 million yil 
avval, ya’ni bo’r davrining ikkinchi yarmida, ba’zi tekshirishlarga qaraganda, hatto bo’r davridan 
ilgari vujudga kelgan.
[2]
Ma’lumki, yer yuzi ilgari yaxlit bitta materikdan iborat bo’lib, keyinchalik geologik 
o’zgarishlar natijasida kontinentlarga bo’lingan. Bularning har birini iqlim sharoitlari bir-biridan 
tafovut qilgan. G’o’za o’simligi ham mana shu iqlim sharoitlar ta’sirida o’zgargan. Shunday 
qilib, g’o’zaning 3 ta katta geografik gruppalari– Avstraliya, (Sturtiya), Osiyo-Afrika 
(Paleotropik-eugossipium) va Amerika (Neotropik) paydo bo’lgan. Mana shu gruppadagi 
g’o’zalar tashqi muhitga hamda irsiy xususiyatlariga qarab bir qancha kichik gruppachalarga 
bo’linib, tabaqalashib ketgan. Jumladan, g’o’zaning Osiyo-Afrika gruppasi Osiyo – (janubiy va 
sharqiy-janubiy Osiyo) va Afrika (Afrika va g’arbiy-janubiy Osiyoning bir qismi) gruppalariga 
mansub deyish mumkin. Amerika gruppasi ham ikkita kichik gruppaga–Markaziy Amerika va 
Janubiy Amerika gruppalariga bo’lingan «Gossipium» avlodi mana shu tur va xillarning tabiiy 
holda ko’payishiga asos bo’lgan. 
O’rta Osiyoda paxtachilikni rivojlanganligi va undan nafis gazlamalar to’qilishi haqida 
IX-X asrdagi arab geograflari yozib qoldirganlar. Ular Buxoro yaqinidagi Zindoni qishlog’i va 
Marv shahrida to’qilgan gazlamalar nihoyatda nafis va go’zalligini va bu gazlamadan faqat 
zodagonlar kiyim tikdirib kiyishini ta’kidlaganlar.
G’o’za Yer sharining tropik, subtropik va mo’’tadil iqlim zonalarining issiq qismida 
ekiladi. Garchi g’o’za o’simligi ekvator yaqinidagi mintaqada paydo bo’lgan bo’lsada, hozirgi 
kunda asosiy ekin maydoni shimol va janubga qarab ancha siljigan bo’lib, janubiy chegarasi 
janubiy kenglikning 35
0
gacha boradi, shimoliy chegarasi esa shimoliy kenglikning 44

gacha 
boradi. Paxtachilikning eng shimoliy chegarasi Xitoy xalq respublikasi bo’lib, janubiy chegarasi 
Avstraliyadadir. Bizning respublikamizda paxtachilik shimoliy kenglikning 37
0
dan 
(Surxondaryo viloyatida), 43
0
gacha (Qoraqalpog’iston avtonom respublikasi) boradi. 
Bizning viloyatimiz (Navoiy) O’zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo’lib, 
Qizilqumning anchagina territoriyasini egallaydi. Viloyatning shimolidan janubigacha 450 km, 
sharqdan g’arbgacha 350 km masofani tashkil etadi. G’arbdan viloyatimiz Qoraqalpog’iston, 
shimol va sharqdan Qozog’iston va qisman sharqdan Jizzax viloyati, janubdan Buxoro, 
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari bilan chegaradosh.
Viloyatning asosiy qismi qumlik cho’llardan iborat. Iqlimi keskin kontenental. O’rtacha 
yog’ingarchilik viloyat territoriyasining katta qismida 70-100 mm miqdorida bo’lib, tog’ va tog’ 
oldi hududlarda bu ko’rsatkich 170-200 mm ni tashkil etadi.
Viloyat tuproqlari asosan qumloq, kam unum tip tuproqlardir. Shamol asosan sharqdan 
g’arbga qarab esadi (300 kun o’rtacha yiliga). Qishda nisbatan sovuq, shimolda 0,2 daraja yoki 
issiq va quruq. O’rtacha oylik harorat +7,5-31,1°C (maksimum ko’rsatkich +50 gacha boradi).
 
Hududning tabiiy iqlimi Markaziy Osiyo geografik o’rni bilan chambarchas bog’li bo’lib, 
O’rta yer dengizining subtropik va Qizilqum cho’li intaqasining keskin o’zgaruvchan iqlimi 


372 
bilan tasniflanadi. Hududda ikki iqlim: tik tog’lar, tog’lar oldi va cho’l iqlimi huqum suradi. Tik 
tog’lar tog’lar oldi iqlimi. Bu hududga dengiz sathidan 1400 metr va undan yuqori tog’, tog’lar 
oldi maydonlari kiradi. Havoning o’rtacha yillik harorati 10-12°C atrofida bo’lib, yil davomida 
600-700 mm gacha yog’in-sochin tushadi, yig’indi harorat esa o’rtacha 3,7-4,0 m tezlikda 
esadigan shamollar ta'sirida rivojlantirish, ayniqsa g’alla yetishtirish uchun mo’'tadil hisoblanadi. 
Afso’ski joy-re'lefining keskin tik va qiyaligi katta 15-200 va undan ham yuqoriligi uchun, g’alla 
yetishtirishdagi agrotexnik tadbirlarni mexanizatsiya kuchi bilan bajarish natijasida 
bog’dorchilik, o’zumchilik, rivojlantirilib kelinmoqda. Asosiy maydonlar chorva mollari uchun 
yaylov sifatida foydalaniladi. 
Hududning dengiz sathidan 500-800 m balandlikda joylashgan tog’pasti va qiyaliklar, 
tekisliklarda-tog’bo’z tuproqlari: och to’sli bo’z va tipik bo’z tuproqlar rivojlangan bo’lib 
o’rtacha yillik harorat 14-15°C, yog’in-sochin o’rtacha 250-300 mm tushadi.
Viloyatning g’arbiy-shimoliy, shimoliy hududlarining iqlim sharoitlarini e'tiborga olib, 
shimoliy hududlarda chorvachilikni asosan qorako’lchilikni rivojlantirish yo’lga qo’yilgan. 
Viloyatning janubiy-sharqiy, janubiy hududlarida sug’oriladigan, sug’orish mumkin 
bo’lgan maydonlarida yassi tog’lar oldi tekisliklarida iqlim biroz yumshoq 12-15 m/sek tezlikda 
esuvchi shamolli kunlar sanoqligina, o’rtacha 5-8 m/sek, asosan 2,2 m/sek tezlikda esadi. Biroq 
Markaziy Qizilqumning keskin o’zgaruvchan iqlimi «Garimsel» kabi o’ta og’ir sharoitlar, 
sug’oriladigan maydonlarda ekib parvarishlanayotgan maydonlarda qishloq xo’jalik ekinlarining 
mo’tadil o’sib rivojlanishiga, hosildorligiga, salbiy ta'sirini o’tkazib turadi. 
Viloyatimiz respublikamizning o’ziga xos tuproq-iqlim, ob-havo sharoitiga ega bo’lgan 
katta hududni tashkil qiladi. Hududda ekiladigan g’o’za navlari ishlab chiqarish navlarining 
issiqqa, suv tanqisligiga, o’ziga xos ob-havo sharoitiga bardoshli bo’lishi talab etiladi.
Viloyatda g’o’zaning o’rta tolali Buxoro-6, Oqdaryo-6, Buxoro-102, An-Boyovut-2 
navlari rayonlashtirilgan. Shuningdek S-4727, S-6524, S-6530, Namangan 77, Omad navlari 
ham qisman ekiladi. Viloyatning sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarida Qizilqum 
mintaqasining ta’sirini hisobga olib g’o’za turlarining tuproq sho’rlanishiga, garmselga, 
qurg’oqchilikka nisbatan chidamli, tezpishar bo’lishi e’tiborga olinadi. G’o’za bo’yicha ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib borishda albatta har bir viloyatning geografik o’rnini o’rganish va 
geografiyasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. 

Download 6,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish