AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH
tanlaysiz: “och qornim – tinch qulog’im” mi yoki “jondan kechmasang, jonona
qayda”? Tanlang!
Bordiyu farovon hayot tomon harakat qilishga qaror qilgudek bo’lsangiz,
qiyinchiliklarga tayor turing. Birinchi martada o’hshamasligi ham mumkin.
O’shanda yana qayta boshlashga kuch topishingiz kerak.
Omad kulmasa, yana
boshlang. Maslahatlarimizga amal qilib, aql bilan ish yuritsangiz, ijobiy natija
albatta bo’ladi. Yillar davomida bor kuchingiz bilan ishlashingizga to’g’ri keladi.
Bunga tayyormisiz? Katta mablag’ topish – bu sizga
sevgilingiz bilan istirohat
bog’ida sayr etish emas. U sizni butkul o’zgarishga majbur qiladi. Bu – qonuniyat.
Bugun farovon yashayotganlar ham bu kunlar uchun o’tmishda yaxshigina haq
to’laganlar. Omad – bozordagi sotuvchi emas va u siz bilan savdolashib
o’tirmaydi. Bu savdoda bayram munosabatlari bilan chegirmalar bo’lmaydi. Siz
peshona teringiz va o’rni kelganda ko’z yoshlaringiz bilan uni sotib olasiz. Xa,
yana bir gap: g’alaba uchun haq to’lar ekansiz, qaytimini kutmang! Xo’sh, bu
savdoga tayormisiz? Yuz yillar avval Amerika, Hindiston, Braziliyani kashf etgan
kashshoflarni eslang. Ular ko’p qiyinchiliklar evaziga o’sha yerlarga etib
borganlar. Bugungi kunga kelib esa ularning avloldlari bobolari qoldirgan merosga
ega bo’lib, badavlat yashab yuribdilar. Ko’rib
turganingizdek, pullar barcha
zamonlarda ham faqat kuchli, tadbirkor, sabrli,
va harakatchan odamlarni
sevganlar. Yodda saqlang: nima yaxshiyu, nima yomon? - degan mulohazalar bilan
bosh qotirib o’tirish orqali millionlarni jamg’arib bo’lmaydi. Siz maqsad tomon
intiling, xatolardan qo’rqmang, ulardan saboq chiqaring. Maqsadga erishib,
muvaffaqiyatli
shaxs sifatida e’tirof qozonganingizdan so’ng qilgan
ammallaringizning yaxshiyu yomon tomonlari haqida
mushohada yurituvchilar
ko’p topiladi. Balki siz haqingizda kitob ham yozishar. Mayli, bular hozir muhim
emas. Muhimi ayni damdagi harakatingiz. Yodda tuting: pul nozli yorga o’xshaydi.
Ozgina e’tiboringiz bo’lindimi – tamom! Sizdan yuzini o’giradi.
Qashshoqlik botqog’idan chiqib ketish uchun o’zingizga nisbatan biroz
shafqatsiz bo’lishingiz, ozgina joningizni koyitishingiz kerak. Faqat mo’ljalni
baland olgan odamgina oxir-oqibat millioner, milliarder bo’lishi mumkin.
AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH
“Xudoyimdan tuya so’ragan edim, echkilik bo’ldim”, degan gap bor.
Buning
mazg’ini chaqing. Ammo faqat maqsadning o’zi kifoya emas. Unga eltuvshi
yo’llarni, ya’ni boylik qonuniyatlarini ham o’zlashtirish kerak. Bu kitobchada katta
mablag’ orttirish qo’l yetmas orzu emasligini isbotlashga harakat qilayapmiz.
Faqat ularni ko’ra bilish va qo’lga kiritish uchun intilish kerak. Ishni boshlab
olsangiz bo’ldi, katta kapital yetib bo’lmas sarob emasligini anglay borasiz. Bora-
bora pulning o’zidan ham ko’ra uni ishlab topish jarayoni muhimroq bo’lib qoladi.
Biznes ham sport kabi: yo muttasil ishlab, natijaga
erishasan yoki umuman
ishlamaysan va hech narsaga erishmaysan. Biznes doimiy rivojlanib borish
xususiyatiga ega. Shuning uchun: “Yana bir million topay, shu bilan to’xtataman”,
- degan hayol behuda. Amerikalik milliarderlarning keksayib qolganlarida ham
ofislariga kelib turishlarini bilasiz-a? endi siz ham bu dard bilan bir umrga
og’riysiz. Bunga ham tayormisiz? Shu daqiqaning o’zidayoq harakatni boshlashga
nima xalaqit berayapti? Dangasalikmi? Qo’rquvmi? Balki bilimsizlikdir?
Bularning baridan kechib o’ting va yangi hayot boshlang. Qanday hayot deysizmi?
O’zingizga munosib hayot! FAROVON HAYOT!
Do'stlaringiz bilan baham: