Mualliflar roziligisiz tarqatish va tijoriy maqsadda
foydalanish taqiqlanadi
1
FARG’ONA PROFAYLING MAKTABI
RENTGEN ODAMLAR JAMOASI
TADQIQOTLARIDAN.
TADQIQOTCHI PSIXOLOG ONLINE MARAFONI 2-BOSQICHI
O’quvchilardagi agressiv xulq-atvorni korreksiya qilishga mo’ljallangan 18
bosqichli “Rolli o’yinlar” texnologiyasi.
O’smirlar va yoshlarning jamoat hayotiga kirib borishi har doim qiyin. Bu
jarayonlar ayniqsa yosh inqirozi davrlarida, yangi yosh davridagi ruxiy va biologik
o’zgarishlarga moslashuv amalga oshmagan paytlarda qiyin kechadi. Maktab yoshi
o’quvchilarining fikrlashi obrazli bo’ladi. Shu bois ularga kinoya, kesatish samara
bermaydi. O’qitish ko’rgazmali qurollar, vositalar yordamida tashkil etilishi kerak.
Materialni tushuntirishda uning obrazli, ifodaviy bo’lishiga erishish lozim. Ularning
kayfiyatiga o’qishdagi yutuqlari, olgan baholari, shuningdek, amalga oshirgan ijobiy
ishlari ta’sir qiladi. Shu bois atrofdagilar tomonidan unga berilayotgan e’tibor bola
uchun alohida qimmatga ega.
Biz o’quvchilar bilan "O`smirlik davrida agressivlik
muaamosi va uni rolli
o’yinlar yordamida bartaraf etish" profilaktik dasturini o'quv mashg'ulotlari shaklida
o’tkazish texnologiyalarini taklif qildik. Buni maktab psixologlari yoki o'qituvchilar
amalga oshirishlari mumkin.
Taklif etilayotgan profilaktika dasturi tajovuzkor o’quvchilar bilan psixologik
xizmatni samarali usuli sifatida o'zini namoyon etgan N.A.Sakovichning
Psixokorreksion va Psixoprofilaktik dasturlariga asoslangan.
Ushbu dastur guruh kesimida amalga oshiriladi. Ishtirokchilar soni 12-15
(gurux o’quvchilar soni xisobga oling) kishi bo’lishi tavsiya etiladi. Mashg’ulotlarda
davomida siz bolalarning shaxsiy xususiyatlarini va ularning o'zaro munosabatlarini
nazoratgaolishingiz kerak. Dastur 18 ta darsdan iborat bo'lib, ulardagi topshiriqlarni
Farg’ona Profayling Maktabi – Rentgen odamlar – Profaylerlar jamosi
2
ajratilgan vaqtga qarab haftada 2 marta 1 soatdan bolalarning
ahvoli va taklif
etilayotgan mashqlarning murakkabligiga inobatga olib fan o’qituvchilari bilan
o’tkazishingiz mumkin. Mashg’ulotlar fan o’qituvchilari dars jarayonlariga tadbiq
qilinsa yaxshi natijalar beradi.
Mashg’ulotlar davomida guruh a'zolari o'rtasida
guruh ichidagi ishonch va
guruh a'zolarining hamjihatligini oshishi, o’quvchilarni
fikrlash qobiliyatlarini
rivojlanishi, guruhda do'stona muhitni yaratilishi, shaxslararo munsabatlar va jamoa
bo’lib ishlash ko’nikmalarini rivojlanishi, ishtirokchilardagi
xulq-atvorning
tajovuzkor shakllari o'rniga hamkorlik va do’stona munosabatlar o’rnatilishi
kuzatiladi.