98
-
to’liq to’langan bo’lishi kerak;
-
garov bilan ta’minlanmagan;
-
bank tugatilganda ularga doir talablar bank
depozitorlari talablari
qondirilganidan so’ng qondirilishi;
-
aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank
ruxsatisiz to’lanishi mumkin emas;
-
bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to’lovga qobiliyatsiz deb
e’lon qilish huquqini bermasligi;
-
agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo’lsa, emitent
hohishiga ko’ra yoki oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar to’lash
to’g’risida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlarni to’lash
muddati kechiktirilishi mumkinligi;
-
Subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank
kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning 50
foizidan oshmasligi kerak.
II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to’lash muddati etib kelgunga
qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali
kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-
garov ta’minotiga ega bo’lmaslik;
-
bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha
talablar depozitorlar
talablari qondirilganidan so’ng amalga oshirilishi;
-
boshlang’ich to’lov muddati 5 yildan ortiq bo’lishi lozim.
Bank kapitalining bosh maqsadi – riskni kamaytirish, «himoya devori»
sifatida zararlarni qoplab, bank to’lovga qobilligini saqlash imkonini berishdir. Shu
bilan birga kapital bankni likvidlik muommasidan himoya qiladi va moliyaviy
resurslar bozoriga kirish imkonini ta’minlaydi. Zero, yirik kapital bankka barqaror
obro’, omonatchilar ishonchini beradi. Bank kapitali mijozlarning bankka
ishonchini mustahkamlaydi va kreditorlarni
99
Xulosa
qilib aytganda, bank kapitali - bu bank tijorat faoliyatining asosi
bo’lib, uning mustaqilligini ta’minlaydi va moliyaviy barqarorligini kafolatlaydi
hamda bank risklarining salbiy oqibatlarini engillashtiradi.
Bank kapitali bank balansining passivida joylashgan bo’lib, bank bankrot
holatiga tushganda da’volarni qoplashning muhim qoplash (zahira) fondi hamda
bank operatsiyalarini rivojlanishi uchun moliyalashtirish manbasi bo’lib
hisoblanadi.
Bank barqarorligini ta’minlash, xavf-xatarlarli qo’yilmalarni sug’urtalash
hamda aktiv va passiv operatsiyalar orasidagi chegaralarni aniqlashda
bank kapitali
muhim asos hisoblanadi.
Bank kapitali likvidlikning kafolatlangan manbasi bo’lib, u maksimal jalb
qilish mumkin bo’lgan resurslarni aniqlaydi va kredit operatsiyalarini bajarishda
maksimum qo’yish mumkin bo’lgan xatarni belgilaydi.
Banklarining o’z mablag’lari bank balansining uchinchi bo’limida aks
ettiriladi. Odatda ularni bank kapitali deb ham atashadi.
Bank kapitali tarkibi quyidagilardan iboratdir:
-
Ustav kapitali;
-
Qo’shilgan kapital;
-
Zahira kapitali;
-
Joriy yilning sof foydasi;
-
Taqsimlanmagan foyda;
Yuqoridagilarning har biri uning manbalari hisobga olingan holda bir necha
elementlardan tashkil topadi (ilova-3 O’zbekiston
Respublikasi Banklarida
buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari rejasining uchinchi bo’limga qarang).
Bankning ustav kapitali asosan uning oddiy va imtiyozli aktsiyalarini
sotishdan kelib tushgan mablag’lardan tashkil topadi. Qo’shilgan kapital bank
aktsiyalarining real va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqlardan tashkil topadi.
Zahira kapitali bank daromadi hisobidan turli riskli aktivlarni qoplash uchun
tashkil etilgan jamg’armalar, kichik korxonalarni imtiyozli kreditlash jamg’armasi,
100
asosiy vositalar bahosi boshlang’ich qiymatidan o’sgan qismi kabilardan tashkil
topadi.
Taqsimlanmagan foyda o’tgan yilgi olingan foydaning taqsimlanmagan qismi
yoki ko’rilgan zararlar hamda joriy yilning foyda yoki
zarari hisobidan tashkil
topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: