35
tadqiqotlar natijasi to`laroq olingan. Sentriola silindrsimon tanacha bo`lib, uzunligi 0,3-0,6 mkm,
diametri 0,1-0,15 mkm (18-rasm,
a).
Tanachaning devori bir-biriga parallel yotgan naychalardan
tashkil topgan bo`lib, tanachaning ichi bo`sh. Naychalar hamma hujayralarda bir xil bo`lib, bir-
biridan gomogen, zich oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 ta guruh bo`lib joylashadi. (18-rasm,
b). Har bir guruh 3 ta mikronaychadan tashkil topgan bo`lib,
ularni
triplet
deb yuritiladi.
Tripletning birinchi mikronaychasi (A-mikronaycha) diametri 25 nm, devor qalinligi 5 nm
bo`lib, 13 globulyar subbirlikdan tuzilgan. Har bir triplet uzunligi sentriola uzunligiga teng.
Ikkinchi va uchinchi B va C mikronaychalar A mikronaychadan farq qilib, ularning devori 13
emas, balkn 11 globulyar subbirlikdan tashkil topgan. Uchala mikronaycha zich yotadi.
Sentriolada mikronaychadan tashqari yana qo`shimcha tuzilmalar bor. A mikronaychadan ikki
o`siqcha (qo`lcha) lar chiqib, ularning biri qo`shni tripletning C mikronaychasiga, ikkinchisi esa
sentriola markaziga yo`nalgan. Sentriola silindrining markazida «arava g`ildiragi» singari
tuzilma bo`lib, «o`q qism» va 9 ta spitsadan tashkil topgan. Spitsaning har biri tripletning A
mikronaychasiga qarab yo`nalgan.
18-pacm.
A - hujayra markazi
:
(tsentrosoma) ning elektron mikrofotogrammasi,
X 87.000. I- sitoplazma; 2 - sentriola; 3-silindr devorini tashkil etuvchi naychalar; 4-
sentriola
satellitlari, 5-mikronaychalar. B- Sentriola va kiprikchalar ko`ndalang kesmalarida
tuzilmalarning joylashish sxemasi. A - sentriolaning proksimal qismidan kesma; B -
sentriolaning distal qismidan kesma; V-kiprikcha kesmasi. markaziy naycha (vtulka). 2-
spitsalar: 3-qulcha; 4-amorf modda; 5-kiprikchani o`rab turuvchi plazmatik membrana; 6-
kiprikchalar spitsalari; 7-kiprikchaning mufta bilan o`ralgan
markaziy mikronaychalari, A, B, C -
larning joylashish sxemasi.
Taxminlar bo`yicha, «satellitlar» sentriolalar aktivligiga bog`liq bo`lib, doimiy
bo`lmagan tuzilmadir.Ko`pgina tadqiqotchilar sentriolalarni bazal tanachalar bilan o`xshashligi
36
bor deb ta’riflashadi. Bazal tanachalar oddiy hayvonlarda va ko`p hujayrali organizmlarda
xivchin va kiprikchalarning hosil bo`lishi bilan ko`rinadi. Odam embrioni yuqori nafas
yo`llaridagi kiprikchalar prebazal tanachadan rivojlanadi. Spermatogenez davrida yadroga
nisbatan distal joylashgan sentriola bazal tanachaga aylanib, undan esa spermatozoid dumi hosil
bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan dalillar asosida o`tgan
asr oxirida hujayra markazi, xivchin,
kiprikchalar va bazal tanachalar bir xil tuzilmadan nborat degan fikr ilgari surildi. Elektron
mikroskopnk tekshirishlar sentriola va bazal tanachalarning ultrastrukturasi bir xil ekanligini
tasdiqladi. Bazal tanachalar silindrsimon bo`lib (uzunligi 0,5 mkm, diametri 0,1 - 0,2 mkm)
sentriola singari 9 zich tuzilmadan iborat.
Kiprikchalar
hujayra sitoplazmasining ingichka silindrsimon o`sig`i bo`lib, diametri 200
nm ga teng. Bu o`siq asosidan ustki qismigacha plazmatik membrana bilan qoplangan bo`lib,
kiprikcha markazida mikronaychalar sistemasi joylashadi. Kiprikchadagi mikronaychalar
sistemasini aksonema deyiladi. Kiprikchalar aksonemasi bazal tanacha va sentriola
mikronaychalar sistemasidan farqli ravishda 9 tripletdan iborat bo`lmay,
balki aksonema
devorini hosil qiluvchi 9 juft periferik va 1 juft markaziy mikronaychadan iborat.
18-rasm. V-Aksolotl leykotsiti diplosomasining tuzilishi (sxema).
1-ona sentriol; 2-qiz sentriol; 3-satellit oyoqchasi; 4-satellit boshchasi; 5-mik-
ronaychalarning birlashish joyi; 6-mikronaychalar (Yu. S. Chensovdan, 1978).
Umuman kiprikchalar mikronaychalar sistemasini (9X2)+2 deb yozish mumkin.
Sentriolada esa bu sistema (9X3)+0 ga teng. Bazal tanacha va kiprikchalar
aksonemasi uzviy
bog`liq bo`lib, ular bir-biriga davom etuvchi tuzilmani xosil qiladi. Bazal tanachaning A va V
mikronaychalari aksonemaning A va V mikronaychalaridir.
Hujayra markazi mitotik apparatni, shu jumladan, dukchani va yulduzchani hosil qilishda
rol o`ynaydi. Hozirgi vaqtda shunisi aniqki, mitozda qutblanish hujayra markazi tomonidan
bajariladi. Kutblar hujayra markazlarining bir-biridan qochishi natijasida hosil bo`lib, dukning va
xromosomalarning joylashishini belgilaydi.
Ba’zi tadqiqotchilar sentriola naychalari va duk fibrillalari
diametrining bir xilligiga
asoslanib, fibrillalar sentriola naychalaridan hosil bo`ladi deb fikr yuritadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: