238
Bu to’qimaning bo’lishi timusning taraqqiyotida epitelial manbaning aktiv ishtirok etishini
ko’rsatadi. Timusning kurtagi embrionning 4-haftasida yutqin ichak epiteliysining III – IV juft
jabra cho`ntaklari sohasida paydo bo’ladi. Bu sohada ko’p qavatli epiteliy kurtaklar shaklida
mezenximaga botib kiradi. Kurtaklarning distal qismlari yo’g’onlashib, bo’lg’usi bezning tana
qismiga aylanadi, proksimal qismlari esa cho’zilib, chiqaruv nayiga o’xshash nayni hosil qiladi.
Demak, timus ilk taraqqiyot paytida ekzokrin bezga o’xshab rivojlanar ekan. Ammo chiqaruv
nayi tezda yo’qoladi va timus tanasi jabra cho’ntaklaridan ajraladi. Uning o’ng va chap
kurtaklari o’zaro yaqinlashadi va bir-biri bilan qo’shiladi. Embrion taraqqiyotining 7-
haftasigacha timus faqatgina epitelial kurtakdan iborat bo’ladi. 8–10-haftalarda bez kurtagiga
mezenxima bilan birgalikda qon tomirlari o’sib kiradi. Mezenximadan hosil bo’lgan biriktiruvchi
to’qima bezni bo’laklarga bo’ladi. Qon tomirlar orqali bezga dastlab embrionning sariqlik
qopchasidan, so’ngra esa jigaridan qonning o’zak hujayralari keladi. Ulardan 11–12-haftalarda
T-limfotsitlarning maxsus retseptorlariga ega bo’lgan limfotsitlar shakllanadi. Shuni ta’kidlab
o’tish kerakki, timusda joylashgan barcha turdagi limfotsitlar umumiylashtirib t i m o t s i t l a r
nomi bilan yuritiladi. Shu bilan birga o’zak hujayralardan bez mikromuhitini yaratuvchi
makrofaglar va interdigitirlovchi hujayralar (IDH) ham differensiallashadi. Timotsitlarning
ko’payishi va bezning periferik qismlarida zich joylashishi tufayli bezda periferik po’stloq va
markaziy mag’iz zonalari farqlanadi. Timotsitlar va mikromuhit hujayralari paydo bo’lishi bilan
birga epiteliy hujayralarida ham o’zgarishlar sodir bo`ladi. Ular yulduzsimon shaklni olib, bir
biri bilan faqat sitoplazmatik o’siqlari yordamida tutashadi. Epitelial hujayralarning o’zaro
bog’lashuv joylarida desmosomalar paydo bo’ladi. Natijada, epitelial asos mayin to’r shaklini
oladi. Shu tufayli timusdagi epitelial hujayralarni
retikuloepitelial (to’r hosil qiluvchi epiteliy)
hujayralar
(REH) deb yuritiladi. Ularning sitoplazmasida asta-sekin timik gormonlar saqlovchi
sekretor pufakchalar va tonofibrillalar paydo bo’ladi. Tonofibrillalar soni va qalinligi timusning
markaziy zonasiga qarab ortib boradi. Embrion taraqqiyotining 4-oyiga kelib bezning mag’iz
zonasida qatlam-qatlam bo’lib joylashgan epitelial hujayralardan tashkil topgan o’ziga xos
tuzilmalar - qatlamli epitelial tanachalar yoki Gassal tanachalari hosil bo’ladi. Ularning tarkibiga
kiruvchi epiteliy hujayralari sitoplazmasida juda yo’g’on tonofibrillalarni va muguzlanish
jarayonida hosil bo’ladigan keratin donachalarini uchratish mumkin. Timusning taraqqiyoti
embrion hayotining 5-oyida deyarli yakunlanadi. Qizil suyak ko’migi hosil bo’lgach, u timusga
T- limfotsitlarning boshlang’ich hujayralarini yetkazib beruvchi asosiy manba hisoblanadi va bu
mavqeini butun umr davomida saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: