Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Epikard (
epikardium
). 
Yurak devorining tashqi pardasi – epikard yupqa biriktiruvchi 
to’qima qatlamidan iborat. Epikardda, odatda, ma’lum miqdorda yog’ kletchatkasi bo’ladi va u 
qon tomirlarga mo’l. Sirtdan u bir qavat yassi hujayralar – mezoteliy bilan qoplangan. 
Yurak devori toj arteriyalar
 
hisobiga oziqlanadi. Toj arteriyalar tarmoqlanib yurak 
devorining uchala qavatiga yo’naladi va kapillarlarga bo’linadi. Kapillarlar qo’shilib toj 
venalarini hosil qiladi. Toj venalar o’ng bo’lmachaga yoki g’ovak venasi ichiga quyiladi.
Yurak tibeziya tomirlari deb ataluvchi maxsus tomirlar sistemasi bo’lib, u tomirlar 


234 
bevosita yurak kameralariga tutashadi. 
Regeneratsiyasi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va yosh bolalarda, kardiomiotsitlar hali 
bo’linish xususiyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun bu davrda regeneratsiya jarayoni 
kardiomiotsitlar sonining oshishi bilan boradi. Kattalarda miokardning fiziologik regeneratsiyasi 
hujayralar sonining oshishi bilan emas, balki hujayra ichki regeneratsiyasi yo’li bilan boradi. 
Uzluksiz jismoniy zo’riqishlar ta’sirida miokardda hujayralar soni oshmaydi, ammo 
ularning sitoplazmasida umumiy organellalar va miofibrillalar miqdori oshadi, hujayra 
kattalashadi (funksional gipertrofiya ro’y beradi). 


235 
XIV BOB 
QON YARATUVCHI VA IMMUN-HIMOYA A’ZOLARI 
 
Bu organlar asosan ikki vazifani bajaradi: birinchidan, qon shaklli elementlarini yaratadi, 
ikkinchidan, organizmni tashqi va ichki antigenlardan himoya qiladi, ya’ni immunitetni 
ta’minlab beradi. Bu vazifalarni bajaruvchi a’zolarni 
qon va immun-himoya sistemasi organlari 
deb ham ataladi. Bu sistemaga kiruvchi barcha organlarni: 1) markaziy va 2) periferik a’zolarga 
bo’lish mumkin. 
1. 
Markaziy organlarga 
(odamda) qizil suyak k o’m i g i va a y r i s i m o n b e z 
(timus yoki buqoq bezi) kiradi. Qizil suyak ko’migida o’zak hujayralari bo’lib, unda T- 
limfotsitlardan tashqari qonning barcha shaklli elementlari takomillashadi. Bu yerda B- 
limfotsitlar hosil bo’ladi va differensiallanadi. T-limfotsitlar esa timusda yetiladi. Suyak 
ko’migida T-limfotsitlarga aylanuvchi kam differen’siallashgan hujayralar bo’ladi. Demak, 
suyak ko’migi odamda B- limfotsitlarning takomilini yoki B-limfotsitopoezni ta’minlovchi 
markaziy organ hisoblansa, timus (ayrisimon yoki buqoq bezi) odamda va boshqa sut 
emizuvchilarda T-limfotsitlar differensiallashadigan asosiy markazdir. Bu organda T-
limfotsitlarning boshlang`ich hujayralari ko`payadi va T-limfotsitlarga yetiladi. Markaziy 
organlarda limfotsitlarning ko`payishi va differensiallanishi antigenga bog’liq bo’lmagan holda 
kechadi. 
2. 
Periferik organlarga 
limfa tugunlari, taloq, gemolimfatik tugunlar kiradi. Bu organlar 
qatoriga murtaklar, hazm sistemasida alohida joylashgan limfoid follikullar yoki ularning 
gruppalari (Peyer tanachalari), chuvalchangsimon o’siq (appendiks), nafas va siydik chiqaruv 
yo’llari bo’ylab joylashgan limfoid follikullar ham kiradi. Periferik organlarda qon yoki limfa 
orqali keluvchi T-va B-limfotsitlarning ko’payishi, ularning gumoral va hujayraviy immunitet 
jarayonlarida ishtirok etuvchi effektor hujayralarga aylanishi kuzatiladi. 
Timusdan tashqari, barcha a’zolarning stromasini biriktiruvchi to`qimaning maxsus turi 
bo’lgan retikulyar to’qima tashkil etadi. Timusning asosini esa epitelial to’qima hosil qiladi. Qon 
yaratuvchi va immun-himoya organlarining faoliyatida ularning asosini (stromasini) tashkil 
etuvchi to’qima hujayralari katta ahamiyatga ega. Stroma tarkibiga kiruvchi hujayralar yeti-
layotgan qon hujayralari uchun qulay sharoit yoki maxsus mikromuhit yaratib beradi. 
Mikromuhit yaratuvchi hujayralarga tipik retikulyar, interdigitatsiyalovchi va dendritli 
hujayralar, makrofaglar, timusda esa, bulardan tashqari, retikuloepitelial hujayralar ham kiradi. 
Qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolarining faoliyati nerv, endokrin sistemalar ta’siri ostida 
boshqarilib turadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish