Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
900
w
www.oriens.uz
June
2021
mushtarak tomonlarni topishimiz, ularni yanada chuqurlashtirish mexanizmlarini
izlashimiz darkor. Bu esa bizdan Sharq va G‘arb ma’naviy axloqiy qadriyatlaridagi
umuminsoniy jihatlarni izlashni talab etadi. Ana shu taqdirdagina innovatsiya va
modernizatsiya bir muddatli, palliativ hodisadan strategik maqsadga xizmat qiluvchi,
ijtimoiy borlig‘imizdan joy olgan qadriyatlarga aylanadi. Bugun O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy siyosiy institutlari, avvalo Prezidenti va boshqa oliy
boshqaruv organlari, hukumati innovatsiya va modernizatsiya tashabbuskorlari,
tarafdorlari bo‘lib chiqmoqda. Bu respublikamiz uchun hal qiluvchi, jamiyatimiz
hayotini tubdan yangilashga yetaklovchi stimuldir. Innovasion tafakkur va
modernizatsiya sub’ektlar mahalliy hokimiyat institutlari, mehnat jamoalari,
tadbirkorlar, xususiy mulk egalari, assasiatsiyalar, nodavlat tashkilotlaridan ilmiy
texnik faollikni talab etadi. Maxsus kadrlar tayyorlash va ijodkorlarning innovasion
izlanishlarini qo‘llab quvvatlash ham shular jumlasidandir. Ushbu sub’ektlarning faol
izlanishlarisiz, yangilik izlashni o‘zining hayot tarziga aylantirishsiz innovatsiya
haqiqiy ijodkorlik, tashabbuskorlik, yuksak texnologik jarayonlarni ijtimoiy iqtisodiy
jarayonlarga tatbiq etish, joriy etib bo‘lmaydi. Bu o‘rinda yangilik izlash
innovatsiyafobiya, ya’ni faqat innovatsiyalar izlashni faoliyat maqsadiga
aylantirishdek odat yuzaga kelishi mumkin. Innovatsiya fobiya rus adibi, fantasti
Aleksandr Belyaevning “Professor Douelning boshi” asaridagi jamiyatdan ayri,
tashqi dunyodan mutlaq uzilgan tarzda yashaydigan, ilmiy kashfiyot qiladigan bosh
qahramonning intilishini esga soladi. Hatto ixtirochi, ijodkor o‘z oldiga jamiyatga,
ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilishdek oliyjanob maqsadni qo‘ygan bo‘lsa da, uning
sotsiumda amal qiladigan sotsial normalardan, ma’anaviy axloqiy imperativlardan
uzoqqa ketishi mumkin emas. U avvalo ushbu normalar va imperativlar shakllangan
ijtimoiy muhitda tug‘ilgan, o‘sgan va shakllangan. Uning ushbu ijtimoiy muhitdan
nigilistcha voz kechishi, hatto buyuk ilmiy kashfiyotlar uchun bo‘lsa da, avvalo uning
uning o‘zi uchun xavlidir. Bu o‘rinda F.Nisshening qismatini misol qilib keltirish
mumkin. Nissheni, falsafa fanlari doktori V.Alimasovning keltirishicha, “g‘arb
obrazidagi demoni o‘rmonlar chekkasiga, qoyalar ustiga, dengiz sohillariga beto‘xtov
yetaklayveradi.
XULOSA
Ufurib turgan fikrlariga xastaligi jilov solganida tushkunlikka tushadi, shu
damlarda u nafaqat o‘zini, kasalligini, shu bilan birga atrofidagi odamlarni, ularning
sog‘ salomatligini, hatto butun insoniyatni yomon ko‘rib ketadi. Xastalik azobidan,
irodasining demoni oldidagi ojizligidan xalos bo‘lish uchun u ikki bor joniga qasd
qiladi, baxtli tasodif tufayli fojia ro‘y bermaydi”[10]. Faylsasuf G‘arb asrlar
Do'stlaringiz bilan baham: |