Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
899
w
www.oriens.uz
June
2021
unga keng imkoniyatlar bersa-da, u ma’naviy axloqiy imperativlarning da’vatlariga
quloq tutishi, o‘z istaklari va xatti harakatlarini ob’ektiv qonunlar bilan boshqarishi
lozim. Aks holda shaxs bilan jamiyat, jamiyat bilan shaxs o‘rtasida ziddiyatlar,
nizolar kelib chiqaveradi. Konfusiy nazarda tutgan “oltin oraliq”, ya’ni murosa
tamoyili butun bilan qism o‘rtasidagi munosabatlarni hal qilishda zarur bo‘laveradi.
Butunning umummanfaatlarni ifoda etuvchi sub’ekt ekanligi shaxs, qism tomonidan
e’tirof qilinishi muammoning bir tomoni xolos. Uning boshqa tomonlari ham mavjud.
Masalan, butun umummanfaatlarining mutlalashtirilmasligining yoki ijtimoiy siyosiy
borliqda shaxs huquq va erkinliklarini, butunga ham, qismga ham zarar yetkazmay
ta’minlashning kafolatlari nimada? Butun va qismlar o‘z manfaatlarini, ehtiyojlarini
ob’ektiv qonunlarga muvofiq ekanligini qanday biladi, ularning aldanib qolmasligi
uchun nimalar qilish darkor? Sovetlar davrida nafaqat oddiy kishilar, qismlar,
shuningdek butun, xalq, millat aldanib yurgan emasmidi? Shunday g‘ayrimilliy
hodisaning qayta takrorlanmasligiga kim kafolat bera oladi?
Innovatsiyada g‘arb ilmiy texnik kashfiyotlaridan foydalanishga da’vat kuchli.
Bugun dunyoda amalga oshirilayotgan kashfiyotlarning deyarli yarmi AQSh ga, 30-
35 foizi esa Yevropa davlatlariga to‘g‘ri kelishini eslasak, g‘arbona qadriyatlarning
milliy madaniyatlarga ta’siri qanchalik keng ekanini anglab yetamiz. Ha, P.L.Berger
iborasi bilan aytganda, bugun insoniyat “global madaniyat” yoki “madaniyatning
globallashuvi”, “madaniy silkinish” sharoitida yashamoqda. Bu madaniyatni u
“amerikacha” deb ataydi[8]. Innovatsiya va modernizatsiya ushbu madaniyatning
milliy ma’naviy axloqiy imperativlar qa’ridan yanada chuqur joy olishiga olib keladi.
P.L.Berger va S.P.Xantington turli qit’alar va davlatlarda o‘tkazgan maxsus
tadqiqotlar natijalari ko‘rsatadiki, “global madaniyat” milliy madaniyatlar bilan
sintezlashib yashashi mumkin[9]. Chamasi biz, milliy ma’anaviy axloqiy
merosimizni asrashga va, shu bilan birga, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish niyatida
ijtimoiy
borlig‘imizni
yangilanish(innovatsiya)
va
zamonaviylashish
(modernizatsiyalash) tomon borishga intilayotgan ekanmiz ro‘y berayotgan global
o‘zgarishlarga o‘z yondashuvimizni belgilab olishimiz zarur bo‘ladi. Hozirlikcha bu
yondashuvimiz “global madaniyat” bilan milliy madaniyatimizni sintezlashtirishga
qaratilgan. Ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, kadrlar tayyorlash tizimimizni, servis
tarmoqlarini modernizatsiyalashtirgan holda ma’naviy axloqiy hayotimizni milliy
an’analarimiz, xalqimiz mentaliteti va turmush tarzidan joy olgan imperativlarga
amal qilib yashash eng maqbul yo‘l hisoblanadi. Agar biz mazkur konseptual
yondashuvdan kelib chiqsak, birinchi navbatda Sharq va G‘arb o‘rtasidan tafovutlarni
izlamasligimiz, uning o‘rniga ikki qit’a madaniyatlari va turmush tarzlaridagi
Do'stlaringiz bilan baham: |