Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
898
w
www.oriens.uz
June
2021
shakllanishiga ta’sir etadigan deterministik omillar tilga olinishi tabiiy holdir. Ushbu
deterministik omillar quyidagilardan iborat:
-
insonning yangilik yaratishga, kreativ izlanishlarga, ijodga tashnaligi;
ijtimoiy borliqning, jamiyat taraqqiyotining dinamik xususiyati va talablari;
-
real ijtimoiy borliq bilan ideal ijtimoiy borliq o‘rtasidagi ziddiyatlarning
anglanishi;
-
tafakkurning musobaqaga, raqobatga o‘chligi;
-
ijtimoiy kognitiv omillar ta’siriga bo‘lgan ishonchning ortib borishi.
Yangilikka, izlanishlarga va ijodga tashnalik insonga xos xususiyatdir. Aynan ushbu
xususiyat insonga ijtimoiy borliqning va ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti sifatida
qarashga undaydi. Falsafa fanlari doktori S.Norqulov yozadi: “Dunyoni, olamni
bilishga qiziqish insonga xos xususiyat. Gnoseologik tajribalarni umumlashtirish va
yon atrofni o‘zgartirishda ulardan foydalanish xususiyati tufayli inson ijtimoiy tarixiy
jarayonlarning sub’ekti, sivilizatsiya yaratgan. Mazkur jarayonlar tafakkur, ong,
ongga xos bilish, bilim olishga intilish bilan bog‘liq”[7]. Tadqiqotchi individual
tafakkur va ongning ijtimoiy tafakkur va ongga aylanish qonuniyatlarini ochib beradi,
birinchisi qanchalik muhim, ahamiyatli bo‘lmasin, deterministik omillar, ayniqsa
ijtimoiy talablar, jamiyat ehtiyojlari orqali N.A.Berdyaev nazarda tutgan “zaruriyat”
mahsuliga aylanadi. Demak, insonning yangilikka, yaratishga va ijodga tashnaligi
faqat individual hodisa emas, ular ijtimoiy zaruriyat bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda
jamiyat taraqqiyoti talablari deterministik ta’sir etadi. Ijtimoiy siyosiy borliq davlat,
hokimiyat va jamiyat ishlarini boshqarish, sotsiumdagi munosabatlarni strategik
maqsadlar bilan uyg‘unlashtirish, butun bilan qismlar o‘rtasidagi subordinasion
aloqalarga yo‘naltirilganlik, uyushganlik berish kabi faoliyatlar kechadigan
sotsiodinamik makondir. Bu sotsiodinamik makondagi ob’ektlar: institutlar,
sub’ektlar, maqsadlar va mexanizmlar rang barang bo‘lishi bilan ijtimoiy siyosiy
borliqni jonli, serharakatchan, mobil qiladi, Serharakatchanlik, mobilllik bugungi
ijtimoiy siyosiy borliqning, jamiyatlarning tub belgisidir. Bu talab ma’naviy axloqiy
imperativlarga ham, innovasion izlanishlarga ham dinamizm baxsh etadi, ularni davr
talablaridan, aholi ehtiyojlaridan orqada qolmaslikka undaydi. Agar biz ma’naviy
axloqiy imperativlar bilan innovasion rivojlanishdan uyg‘un foydalanmoqchi bo‘lsak,
davr talablari va ehtiyojlari dinamikasini o‘rganib, kuzatib borishimiz darkor. Bu
talab va ehtiyojlar tor, shaxsiy sub’ektiv voqelik pog‘onasida qolishi mumkin emas,
bu o‘rinda shaxs erkinligiga ma’lum bir to‘siqlar uyg‘onsa da, bunday to‘siqlarning
bo‘lishini ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv qonunlari talab etadi. Shaxs o‘z huquq va
erkinliklarini nigilistik pog‘onada mutlaqlashtirmasligi, hatto huquqiy imperativlar
Do'stlaringiz bilan baham: |