3D modellashtirish va raqamli animatsiya



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124
Bog'liq
2-1051

 
Nazorat savollari 
1.
Yorug‘lik nurining interferensiya va difraksiya hodisalarini 
tushuntirib bering. 
2.
Yorug‘likning shaffof va noshaffof sirtdan qaytishidagi o‘ziga 
xoslik nimalardan iborat? 
3.
Yorug‘lik nurining sinish hodisasini tavsiflab bering. 
4.
Additiv rang modelining o‘ziga xosligi nimalardan iborat? 
5.
RGB rang modelida asosiy ranglar qaysi ranglar va bu 
ranglarning qanday intensivligida qora rang hosil bo‘ladi? 
6.
Subtraktiv rang modelining asosiy tashkil etuvchi ranglari qaysi 
ranglar va bu modelning o‘ziga xosligi nimalardan iborat? 
7.
Nima uchun CMYK rang modeliga ehtiyoj paydo bo‘ladi? 
8.
HSB rang modelini tavsiflab bering. 
 
Tayanch iboralar: 
yorug‘lik interferensiyasi, yorug‘lik 
difraksiyasi, to‘lqin uzunligi, yorug‘likning qaytishi, yorug‘likning 
sinishi, rang modellari, RGB rang modeli, CMY rang modeli.
 


114 
5-BOB. 3D STUDIO MAX DASTURIDA UCH O‘LCHOVLI 
MODELLASHTIRISHNING AMALIY ASOSLARI 
 
5.1. 3D modellashtirish asoslari 
 
Dizayn tushunchasi, turlari va zamonaviy jamiyatda uning 
o‘rni 
 
“Dizayn” tushunchasi italyancha “disegno” so‘zidan olingan 
bo‘lib, dastlab uni turlicha loyihalar va rasmlar sifatida 
tushunishgan.
Kasbiy faoliyat sifatida dizayn XIX asr oxirlarida shakllana 
boshlagan. Sanoat taraqqiyoti va ilmiy-texnik yutuqlar yuqori 
sur’atlarda turlicha mahsulotlarni yaratishga zamin yaratdi va 
raqobat 
muhitining 
shakllanishiga 
olib 
keldi. 
Natijada, 
obyektlarning nafaqat tashqi ko‘rinishini jozibali qilib yaratish
balki texnologik ishlab chiqarishda qismlarga bo‘lish va ular ustida 
ishlashga qodir bo‘lgan mutaxassislarga talab ortdi.
Zamonaviy dizaynerlik faoliyatining yuzaga kelishi imkonini 
bergan bir qancha asosiy vaziyatlar mavjud.
1. 1906 yil – Drezden shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi halqaro 
badiiy-sanoat ko‘rgazmasi. 
2. 1907 yil – nemis rassom-arxitektor va dizayneri Peter 
Berens kompaniyaning firma stilini yaratadi. 
3. 1929 yil – bir qancha rassomlar (Raymond Loui, Genri 
Dreyfus va b.) mahsulot sotish qiyinchiliklarini boshidan 
kechirayotgan amerikalik sanoatchilarga ishlashni boshlashadi.
1907 yil Germaniyada sanoatchilar, arxitektorlar, rassomlar va 
tijoratchilarni birlashtirgan “Verkbund” ishlab chiqarish birlashmasi 
yaratiladi. Ular hunarmandchilik ishlab chiqarishini qayta tashkil 
etish, sanoat mahsulotlari uchun namunalar yaratish, bezak berish va 
naqshlar bilan ishlashga qarshi kurashishni o‘z vazifalari sifatida 
belgilab olishadi.
XX asrning 20-yillarida birinchi dizayn maktabi yuzaga keladi. 
Germaniyada – Bauxauz rassomchilik konstruksiyasi va sanoat 


115 
qurilish oliy maktabi. Moskvada – oliy badiiy-texnik ustalik, 
keyinchalik uni qayta tashkil etish natijasida oliy davlat badiiy-
texnik instituti tashkil etiladi.
Dizayn nazariyotchilaridan biri, san’atshunos Gerberd Rid 
(1893-1968), dizaynni yuqori kasbiylikga bog‘liq bo‘lmagan 
san’atning bosh shakli, tor sohali kasbdan mustaqil holda talqin 
qiladi.
“Sanoat uchun dizaynerlik loyihasi” kitobi muallifi, dizayn 
nazariyotchisi F.Ch.Eshford “Dizayn faqat yalpi iste’molchilar 
umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi” deb hisoblaydi. 
Dizaynning yagona maqsadi – mahsulotga tashqi ko‘rk berib, yaxshi 
narxlarga sotish orqali foydaga ega bo‘lish.
Shunday ekan, dizaynerlik faoliyatida muqarrar qarama-
qarshiliklar yuzaga keldi: bir tomondan so‘rovlarga xizmat 
ko‘rsatish va iste’molchilarga muhtojlik (savdo samaradorligini 
ta’minlash), boshqa tomondan – rassomning erkin fikri (zamonaviy 
san’at sohasi).
Dizaynerlik ta’limi bo‘yicha 1964 yilda halqaro seminarda 
tashkil qilingan ta’rif: “Dizayn – bu ijodiy faoliyat, uning maqsadi 
sanoat mahsulotlarining formal sifatini aniqlash hisoblanadi. Bu 
sifat mahsulotning tashqi tuzilishini o‘z ichiga oladi, ammo eng 
muhimi iste’molchi nuqtai nazarida bo‘lgani kabi, xuddi shunday 
ishlab chiqaruvchi qarashida ham mahsulotni yagona butunlikga 
aylantiradigan tuzilmaviy va funksional bog‘liqlikdir”.
Dizayn – inson uchun turar joy, ishlab chiqarish va boshqa 
predmet muhitlarini shinam tashkil qilish maqsadida yuqori talab va 
estetik sifatlar bilan sanoat mahsulotlariga ishlov berish bo‘yicha 
loyihaviy-badiiy faoliyat hisoblanadi.
Dizaynning nazariy bazasi texnik estetika hisoblanadi – sanoat 
mahsulotlarini konstruksiyalash va ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
badiiy ijod sohasi. Tashkilotlarda turlicha sanoat mahsulotlarini 
ishlab 
chiqish 
jarayonida 
rassom-konstruktorlar, 
muhandis-
konstruktorlar va texnologlar bilan yaqindan ishlashadi.
Dizaynning maqsadi sanoat mahsulotlarining funksional 
xossalari 
va 
estetik 
xususiyatlari 
uyg‘unligini 
ta’minlash 
hisoblanadi.


116 
Dizaynerlik faoliyatida asosiy mezonlar mahsulot arzonligi va 
uning shakli mukammal o‘ylanganligi bilan birgalikda qulaylik va 
shinamlik 
hisoblanadi. 
Qoida 
sifatida, 
biror-bir 
sanoat 
mahsulotining barcha qismlari yagona butunlikni tashkil etishi va 
firmaga yaratilgan ushbu sanoat mahsulotini taqdim qilishi kerak 
(masalan, avtomashina).
Yuqorida keltirilgan mezonlarning ilmiy jihatdan o‘rganilishi 
ergonomika (grek. “
ergon
” - ish, “
nomos
” - qonun) hisoblanadi
ya’ni inson uchun shinam muhit yaratish. Ergonomika majmuaviy 
fan hisoblanadi. U o‘zida quyidagi fanlarni qamrab oladi: 
psixologiya, fiziologiya, anatomiya, biomexanika va b. Majmuaviy, 
funksional mahsulotlar ergonomik nomlanadilar. Bunga shinam 
kreslo, telefon, kompyuter va doim kerak bo‘ladigan kanselyariya 
materiallarining qulay joylashuvini qamrab olgan xodimning ish 
o‘rnini misol sifatida keltirish mumkin.
Birinchi dizaynerlar rassomlar bo‘lishgan, keyinchalik bu kasb 
rivojlandi va dizaynerdan nafaqat loyihalanayotgan mahsulotning 
nusxasini chizish malakasi, balki dizaynerlarga xos fikrlash va 
obyektlarni murakkab loyihalashga bo‘lgan talab ortdi.
5.1-rasm.
 
Dizaynerlik tafakkuri uchligi. 
Professional 
dizayner 
tafakkurini 
shartli 
ravishda 
uchburchakga joylashtirish mumkin, uning qirralari rassomning 
Rassom 
Olim 
Ixtirochi 


117 
tasavvurga xos fikrlashi, olimning tizimli fikrlashi va ixtirochining 
innovasion fikrlashi hisoblanadi (5.1-rasm). Bundan tashqari, 
dizayner texnologiyalarni soddalashtirish va ancha foydali 
materiallarni qo‘llash hisobiga turlicha mahsulotlar ishlab chiqarish 
qiymatini pasaytirishga harakat qilishi lozim.

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish