69
undan ham ortiq axborot uzatish jarayoni kechishi mumkin. Faqat paketlargina
axborot uzatayotgan abonentlar oʻrtasida tarmoq vaqtini taqsimlay olishi mumkin.
Agarda hamma zarur axborot birdaniga uzluksiz, paketlarga boʻlinmasdan
uzatilganda edi, bu holda uzoq vaqt davomida bir abonent tomonidan tarmoq
vaqtini butkul ravishda egallab turishga olib kelar edi. Boshqa hamma abonentlar
barcha axborot uzatilib boʻlishini
kutishga majbur edi, qator hollarda oʻnlab
sekundlar va hatto minut zarur boʻlar edi (masalan, qattiq diskda yozilgan barcha
axborotni koʻchirish uchun). Abonent huquqlarini birdek qilish uchun, shuningdek,
tarmoqqa bogʻlanish vaqtini taxminan tenglashtirish uchun va barcha abonentlar
uchun axborot uzatishning integral tezligini tenglashga aynan paketlardan (kadrlar)
foydalaniladi. Paket uzunligi tarmoq turiga bogʻliq, lekin u odatda bir necha oʻnlab
baytdan to bir necha kilobaytgacha tashkil topgan boʻlishi mumkin. Yaʻni muhimi
shuki, katta axborot massivi uzatilayotganda toʻsiq va uzilishlar sababli xato qilish
ehtimoli yuqoridir. Masalan, mahalliy tarmoqlarga xos boʻlgan bittali xato boʻlish
ehtimolining kattaligi 10 -8 ni, paket uzunligi 10Kbit boʻlgan 10 -4 xatolikka yoʻl
qoʻyilishi ehtimoli bilan, 10 Mbit uzunlikdagi massiv esa 10 -1 ehtimoli bilan
uzatiladi.
Shuningdek, bir necha megabaytli massivda xatolikni topish bir necha
kilobaytdan tashkil topgan paketda xotolik topishga qaraganda ancha murakkab.
Xato topilganda butun massiv axborotini qaytadan uzatish kerak boʻladi, bu esa
ixcham paketni uzatishga qaraganda bir muncha murakkabdir. Katta massiv
axborotni qaytadan uzatganda yana xatolikka yoʻl qoʻyish ehtimoli yuqoridir va bu
jarayon katta massiv boʻlsa cheksiz davom etishi mumkin. Boshqa tomondan olib
qaraganda, baytlab (8 bit) yoki soʻzlab (16 bit yoki 32 bit) axborot uzatishga
qaraganda, paketlab axborot
uzatish afzalliklarga ega, yaʻni tarmoqdan foydali
axborot oʻtishi orqali, xizmatchi axborotlarni kamayishi hisobiga erishiladi. Bu bir
necha baytga ega boʻlgan uzunliklardagi paketlarga ham taalluqlidir. Chunki
tarmoqdagi uzatilayotgan har bir paket tarkibida albatta tarmoqda axborot
almashinuviga tegishli boʻlgan, shuningdek, bitlar bor (axborot
almashinuvini
boshlash biti, manzil bitlari, paket turi va nomerini koʻrsatuvchi bitlar va hokazo).
70
Kichik paketlarni tarmoqdan uzatilganda xizmatchi axborotlarning nisbati
keskin oshib boradi, bu vaziyat tarmoq abonentlari oʻrtasidagi axborot
almashinuvining integral tezligini (oʻrtacha) kamaytirishga olib keladi.
Paketlarning qandaydir optimal uzunligi mavjud (yoki paketlar uchun optimal
uzunlik oraligʻi), bunday paketlar tarmoq orqali uzatilganda tarmoqning oʻrtacha
tezligi maksimal darajasiga etadi. Bu uzunlik oʻzgarmas
uzunlik emas, u axborot
almashinuvini boshqarish usuliga, tarmoqdagi abonentlar soniga, uzatilayotgan
axborot koʻrsatkichlariga va bundan tashqari koʻp faktorlarga bogʻliq.
Paketning
tuzilishi, avvalambor, tarmoqdagi barcha qurilmalar xususiyatiga,
tanlangan tarmoq topologiyasiga va axborot uzatish muhitining turiga, shuningdek,
sezilarli darajada ishlatiladigan protokolga bogʻliqdir (axborot almashinuvining
tarkibi). Xulosa qilib aytganda har bir, tarmoqda paket uzunligi oʻzgachadir. Lekin
paket uzunligini aniqlashning qandaydir umumiy prinsiplari mavjud,
bu har
qanday mahalliy tarmoqdagi axborot almashinuvining xususiyatlaridan kelib
chiqadi. Koʻpincha paket tarkibi asosiy maydon qismlaridan tashkil topadi (4.4-
rasm):
4.4-rasm. Paketning koʻp tarqalgan tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: