10-amaliy mashg'ulot. Standartlashtirishning davlat nazorati



Download 78,64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.06.2022
Hajmi78,64 Kb.
#671394


10-AMALIY MASHG'ULOT. STANDARTLASHTIRISHNING DAVLAT NAZORATI. 
Standartlashtirishning Davlat nazorati (SDN) sanoat ishlab-chiqarish korxonalari, ilmiy-
tadqiqot bo’limlari, birlashmalar, ilmiy-kostruktorlik va loyihalash tashkilotlari, transport, savdo, 
maishiy xizmat va boshqa ommaviy tashkilotlarda standartlar hamda shu kabi tartibga soluvchi 
me’yoriy hujjatlarning amalga oshirilishi faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etiladi.
Standartlashtirishning Davlat nazorati mahsulot, xizmat va faoliyatini barcha turiga ta’sir 
doirasini o’tkazadi. Uning asosiy vazifasi fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini Vazirliklar, 
muassasalar, korxona va tashkilotlarida joriy etilishini, o’lchash aniqliklari, turlari, vositalari 
bo’yicha sohalarda birxillikni ta’minlash, nazorat natijalarini tahlillash asosida taklif va 
tavsiyalar kiritishdan iboratdir.
SDN “O’zstandart” agentligi organlari tamonida amalga oshiriladi. Standartlashtirish 
markazi, metrologiya va setifikatlashtirish bo’limlari, Standartashtirishning Davlat nazorati 
laboratoriyalari bu borada xizmat qiladi.
SDN ishlari barcha mahsulot yoki xizmat turlari bo’yicha etakchi tashkilotlar 
mutaxasislari, 
ilmiy-tadqiqot, 
loyiha, 
konsturuktorlik 
tashkilotlari 
yuqori 
malakali 
mutaxassislari, ishlab chiqarishning novatorlari hamda tashkilotchilik vakillari jalb etiladi. 
Davlat nazorati organlarining faoliyatlari va mansabdor shaxslarning xuquq va majburiyatlari. 
“O’zstandart” agentligi davlat nazorat organlari standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish bo’yicha keng qamrovli faoliyat ko’rsatadi, jumladan:
- standartlashtirish va metrologiya xizmatlari ishlarini nazorat qilish; 
- mahsulot sifati nazorati bo’yicha taftish (reviziya) hayati ishlarini boshqarish va 
muofiqlashtirish bo’yicha metodik boshqarish; 
- SDN ishlarini umumlashtirish; 
- davlat sinovlari o’tkazish; 
- standartlar va texnik shatlarini ro’yxatga olish va ekspertlash; 
- mahsulot sifatini shaxodatlashda qatnashish; 
- muhim mahsulot va xizmat turlari bo’yicha bosh korxonalarni shaxodatlash kabi 
ishlarni tizimli olib boradi; 
SDN mansabdor shaxslariga davlat tomonidan quyidagi huquqlar beriladi: 
- standartlashtirish va metrologiya talablarini qondirmaydigan konstruktorlik, texnologik 
va boshqa ishlarni buyurtmachiga berilishini ta’qiqlash; 
- standartlashtirish va metrologiya talablariga mos kelmagan mahsulotlarni ishlab 
chiqish, tashish, saqlash va foydalanishni taqiqlash; 
- standartlashtirish me’yor va talablarini buzib ish ko’rib, kelayotgan korxona va 
tashkilotlarga iqtisodiy sanktsiya choralarini qo’llash yo’riqnomasini bitish; 
SDN “O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan yillik rejalar asosida muhim 
mahsulotlar sifatini oshirish, standartlashtirish ishlarini joriy qilish, ularni buzilishiga yo’l 
qo’ymaslikka qaratilgan xalq xo’jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan tadbirlarni 
amalga oshirib boradi. 
Yillik rejalar nafaqat etakchi korxona va tashkilotlar faoliyati, balki barcha o’zaro 
munosabatdagi korxona va bo’limlar faoliyatini tekshirish bo’yicha butjam nazorat ko’rinishida 
tuzilgan va amalga oshirilgan bo’lmog’i lozim. 
Nazorat tartiblari va tekshiruv mazmuni. Tekshiruv mazmuni, korxona, birlashma va 
tashkilotlar faolitiga bog’liq holda quyidagicha bo’lmog’i darkor: 


- ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik-texnologik tashkilotlarda korxona, davlat, soha 
standartlari talablariga rioya qilinishini, chiqarilayotgan mahsulot sifati va boshqa 
ko’rsatmalarini standartlar talablariga to’g’ri kelishini
- standartlar ishlab chiqiladigan tashkilotlarda, ularni sifati va maqsadli ishlab chiqilishi, 
joriy etilish holati, sinash va joriy etilish ketma-ketlik bosqichlarining to’g’riligi va shu kabilar; 
- transport va xizmat sohalarida ko’rsatilayotgan xizmat yoki transport vositalarining 
mahsulotga mosligi, qadoqlash, tamirlash, yuklash-tushirish, tashish sharoitlarining talabga 
javob berishi; 
- savdo tashkilotlarida mahsulot sifati, uni saqlash va savdoga chiqarish holatlarining 
muvofiqligining standart talablariga mos kelishi; 
- foydalanadigan va iste’mol qiladigan tashkilotlarda, to’g’ri foydalanish va to’g’ri 
iste’mol qilish talablariga mos kelishi, saqlash, ishlatish, muddatlarining me’yordan oshib 
ketmasligi. 
Ko’rsatilgan barcha ob’ektlarda nazoratning metrologik taminoti, qoida (qanday o’lchab, 
qanday nazorat qilish), vositalariga alohida e’tibor beriladi. 
Standartlarga rioya etilganlik nazorati: 
Konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki buyumga 
mosligi, texnologik jarayonni standart talabida tashkil etilganligi, mahsulot yoki buyumni vaqti-
vaqti bilan tekshirib, sinab turish imkonlari mavjudligi kabi ishlarni o’z ichiga olmog’i zarur. 
Korxonalarda standartlarni qo’llanilishi va ularga amal qilish tartiblari quyidagicha 
bosqichma-bosqich kuzatish yo’li bilan nazorat qilinishi mumkin. 
1.
Tekshiruvdan avvalgi tanishuv bosqichi.
Bu bosqichda korxona va u ishlab chiqarayotgan buyum yoki mahsulot haqida dastlabki 
ma’lumotlar belgilab olinadi; jumladan: 
- korxonaning asosiy ixtisoslashtirilganligi; 
- tekshirilayotgan mahsulotning boshqalarga nisbatan ulushi; 
- etalon (namuna)ning mavjudligi; 
- bosh tashkilot yoki korxona tomonidan o’tkazilgan tekshiruv natijalarining mavjudligi. 
2. Korxonada tanishuv. Korxonada muayyan tekshiruv yuzasidan barcha ma’lumotlar 
bilan bevosita tanishib chiqiladi. 
Me’yoriy hujjatlar jumladan, standartlarning qo’llanilishi, ularga rioya qilinishi, ko’rilgan 
va ko’rilayotgan chora tadbirlar. Standartlarni joriy etilishidagi buyruqlarning mavjudligi, 
ularning bajarilishi. Konsturuktorlik-texnologik hujjatlarning sifati, mavjudligi, ularga amal 
qilinish holatlari va x.k. 
Tekshiruv haqidagi buyruq chiqqanidan so’ng zarur namunalar tanlab olinadi va nazorat 
boshlanadi.
3. Mahsulot yoki buyumni ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan standart, texnik shart va 
texnologik reglamentlarga rioya qilinishning to’g’ri kelishligi. Texnologik reglamentlarning 
buzilmaganligi, texnologik xaritaga mosligi nazorat qilinadi.
4. Mahsulot sifati nazorati bo’yicha barcha omillarni, o’lchov asboblarining metrologik 
holati tekshiriladi. 
5. Qo’llanilayotgan standart talablarining buzilmaganligi, uni takomillashtirish borasidagi 
yangi standartlarni qo’llanilish rejalarining mavjudligi nazorat qilinadi. 
6. Barcha tekshirilgan jarayonlar ma’lumotlarini umumlashtirilganligi haqida aktlar 
tuzilib imzolanadi va ular tegishliy joyga taqdim etiladi. 

Download 78,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish