358
vazifasiga mos so‗zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun
ko‗proq fe‘l xoslangan» (I.I.Meshchaninov.) Ega, to‗ldiruvchi
vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so‗z keladi. Bu so‗z
turkumlarining umumiy ma‘noviy tabiati va grammatik xususiyati
bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko‗proq tobe bo‗lak (ega,
to‗ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelovchi vosita
bo‗lgan kelishik qo‗shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko‗proq
fe‘l kelganligi uchun kesimlik shakllari
faqat unga xosdek tasavvur
uyg‗otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko‗proq xoslanganligi
bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir.
Aytilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkin: har bir so‗z
turkumi muayyan gap bo‗lagi vazifasiga ko‗proq xoslangan bo‗lsa-da,
bu vazifada boshqa turkum so‗zlari ham kelaverganligi kabi, ma‘lum
vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum
qilmaydi. Shuning uchun ham so‗zning qaysi turkumga xosligini
belgilashda uning qaysi gap bo‗lagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror
bo‗lmagan asos vazifasini o‗taydi.
Gapning shakllanishida morfologik omil.
Gapni so‗z, so‗z
birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko‗rsatkichi–
kesimlik qo‗shimchalari bilan shakllanganligi. Zero, eng «kichik» gap
–morfologik shakllangan atov birligi. Misollar:
O„qituvchiman.
Ishladim.
Bu «kichik» gaplar atov birligi (
o„qituvchi, ishla
)dan
mahrum etilsa, bu o‗z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan
morfologik shakl –
-dim
qoladi. Biroq
mazkur gaplar morfologik
shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so‗z, SB) dan
farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli gapda asosiy sintaktik
vazifa – kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakl. Vositasiz
to‗ldiruvchi vazifasidagina kelish tushum
kelishigi shakli uchun
qanchalik qat‘iy va xususiy bo‗lsa,
kelay
,
o„qituvchiman
kabi nutqiy
birliklardagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish ham
shunday.
Кesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi – uning
bir necha ichki kategoriyalarning qorishishidan hosil bo‗ladigan
murakkab tabiatga egaligi. Aniqrog‗i, kesimlik kategoriyasi kesim
vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi –
shaxs-son, zamon, tasdiq-
inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iborat.
O„qidim
gapida kesimlik
shakli maxsus ko‗rsatkichlarga ega bo‗lsa,
Bu yer shahar
gapida u nol
359
shaklli. Zero, bu gapda ham III shaxs, hozirgi zamon, tasdiq,
aniqlik
mayli ma‘nolari anglashilib turibdi.
Morfologik shakldan faqat aloqa-munosabat (sintaktik) shakligina
sintaktik qurilishga daxldor, undan faqat kesimlik kategoriyasi gap
mohiyatiga tegishli. Chunki, odatda, kesimlik kategoriyasisiz gap
shakllanishi mumkin emas. Gap mohiyati «atov birligi+kesimlik
qo‗shimchalari» tarzida.
Aloqa-munosabatning boshqa
shakli
(kelishik, egalik) esa gap tarkibidagi so‗zlarni bog‗lash uchungina
xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: