313
1.3.I shaxs birlik kishilik olmoshi
Men
olmoshi+
ning
1.4. II shaxs ko‗plik kishilik olmoshi
Biz
olmoshi+
ning
1.5.Sifat+
qaratqich kelishigi
Qizil
sifati +
ning
1.6.Harakat nomi+
qaratqich kelishigi Yashash
harakat
nomi+
ning
So‗z birikmasining ikkinchi uzvidagi farq va umumiyliklarni ham
shu asosda aniqlaymiz (29-jadval):
29-jadval
umumiylik
farqlar
2.1. o‗quv vositasi oti+iii sh.
egalik
qo„shimchasi
kitob
oti+i
2.2. yozish mumkin bo‗lgan narsa oti+iii
sh.
egalik qo„shimchasi
daftar
oti+i
2.3. rang sifati + iii sh.
egalik
qo„shimchasi
qizil
sifati+i
2.4. mavhum ot + iii sh.
egalik
qo„shimchasi
zavq
oti+i
2.5. joy oti + i sh.
egalik qo„shimchasi
uy
oti+imiz
2.6. yozuv quroli + iii sh.
egalik
qo„shimchasi
ruchka
oti+si
Bu a‘zoda ham farqlarni chetlashtirib, umumiy belgilarni olib
qolamiz. Natijada,
...→ism
egalik qo„shimchasi
]
umumiyligi tiklanadi. Har ikkala a‘zoni
birlashtirish natijasida
[
ism
qaratqich kelishigi
→ism
egalik qo„shimchasi
]
umumiyligi tiklanadi. Bu
umumiylik LSQ bo‗lib, so‗z birikmalaridan chetlashtirilgan mazkur
farqlar LSQga aloqador emas.
LSQning shakliy tomoni.
LSQ mohiyatan
riyoziy tenglamaga
o‗xshaydi va u butunlik sifatida tenglik belgisidan chap hamda o‗ng
tomonlardan iborat bo‗ladi.
Yuqorida misol sifatida keltirilgan [
ism
qaratqich
kelishigi
→ism
egalik
qo„shimchasi
= qaratuvchi-qaralmish]
LSQ ham ikki – [
ism
qaratqich
kelishigi
→ ism
egalik
qo„shimchasi
]
va qaratuvchi-qaralmish qismlaridan tashkil
topgan.
LSQning chap, ya‘ni [
ism
qaratqich kelishigi
→ ism
egalik qo„shimchasi
]
qismi uning shaklini tashkil etadi.
314
LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega.
Chunki u
nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi.
Xususiy shakl sifatida nutqiy so‗z birikmalari namoyon bo‗ladi.
Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda – so‗z va qo‗shimcha
vositasida ifodalangan, o‗qilishi, yozilishi,
aytilishi, eshitilishi
mumkin bo‗lgan shakl tushuniladi.
LSQning mazmuniy tomoni.
LSQning o‗ng tomoni uning
mazmuniy jihati. Yuqorida keltirilgan [
ism
qaratqich
kelishigi
→ ism
egalik
qo„shimchasi
=qaratuvchi-qaralmish]
qolipining o‗ng, ya‘ni
mazmuniy
qismini
«lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-
barang munosabatlar»
tashkil etadi. «Rang-barang munosabat»
deganda har bir nutqiy so‗z birikmasidan anglashiladigan turli ma‘no
va munosabat tushuniladi. Masalan:
mening kitobim
–
«qarashlilik»
stolning oyog„i
– «butun-qism»
e‟tiborsizlik oqibati
–
«sabab-oqibat»
yashashning zavqi
– «holat va uning natijasi».
Birikmalarning o‗ng tomonida ularning xususiy ma‘noviy belgisi
ko‗rsatilgan. Ular qolipda «rang-barang ma‘noviy munosabat» deya
birlashtirilgan. Ma‘lumki, ko‗pincha, ma‘no deganda so‗z atayotgan
narsa, predmet, miqdor, belgi kabilar
haqidagi tushuncha ifodasi
tushuniladi. Masalan,
kitob
leksemasi aytilganda, uning ma‘nosi
sifatida «varaqlardan tashkil topgan, bosma yoki qo‗lyozma
holdagi
asar» mohiyati tan olinadi. Lekin keltirilgan LSQ ma‘nosi esa bunga
o‗xshamaydi. Chunki
kitob
leksema bo‗lib, uning ma‘nosi leksik.
Lekin LSQ – sintaktik hodisa. Shu boisdan uning ma‘nosi ham
sintaktik bo‗lmog‗i darkor. Sintaksisda esa «tobe-hokim»,
«qaratuvchi-qaralmish», «to‗ldiruvchi», «hol», «ega», «kesim» kabi
tushunchalar ahamiyatli bo‗lib, sintaktik munosabatni ifodalaydi. Bu
munosabat esa sintaktik ma‘no sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi
birikmalarning o‗ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun-qism»,
«sabab-oqibat», «holat – uning natijasi»
kabilar LSQning mazmuni
bo‗la olmaydi, degan savol tug‗ilishi tabiiy. To‗g‗ri, ular
birikmalarning ma‘nolarini alohida-alohida aks ettiradi. Lekin LSQi
bitta. [
Do'stlaringiz bilan baham: