44
Geoekologiya sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini
–
kor-
xona, tashkilot, birlashma, muassasalardagi ekologik xizmatlar
amalga oshiradilar
. Bu o‘rinda milliy qonunlarda ko‘pincha
aks etmay qolgan muassasani alohida ta’kidlab o‘tish darkor.
Chunki
ta’lim sohasi
yoki
ilmiy-tadqiqot muassasalarida
geotizimlardan oqilona foydalanish, yangi turdagi madaniy
o‘simliklar, kimyoviy vositalar
va dorilarni yaratish, ularni
sinab ko‘rish mobaynida ishlab chiqarish faoliyatining
ekologik talablarga javob berishini nazorat qilish ham ekologik
xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Idoraviy
ishlab chiqarish va jamoatlarning ekologik nazoratining tashkil
etilishi, faoliyat yuritishi, huquq va majburiyatlari tegishli
qonun hujjatlari va nizomlarda berilgan bo‘ladi.
Geoekologiya sohasidagi
jamoat nazorati
nodavlat tash-
ki
lotlari, jamoat
birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqaruv organ-
larining ekologik boshqaruv funksiyasidan kelib chiqadi. Unda
geoekologik nazorat – fuqarolar yig‘ini kengashi, kengash
qoshidagi maxsus ekologik
komissiyalar yoki shaxslar, ekologik
nazorat bo‘linmalari, mehnat jamoalari, faol mutaxassislar
guruhi, jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladi.
2.4. Geoekologik ekspertiza, audit va konsalting
Geoekologik ekspertiza.
Ekspertiza so‘zi lotinchada «exper-
tus»
–
tajribali degan so‘zdan olingan bo‘lib, u ma’lum bir
masalani yoki yuzaga kelgan holatni tajribali mutaxassis
tomonidan xulosalab berish demakdir. Ekspertiza turli fan va
xo‘jalik sohalarida turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lib, voqea
va hodisalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri
belgilash, o‘lchash va aniqlash
imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ushbu sohadagi mutaxassislar
xulosasiga muhtoj holatlarni inobatga oladi.
Ekspertiza
–
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik
va boshqa xil faoliyatning muayyan bir talablarga muvofiqligini
tajribali mutaxassis tomonidan xulosalash.
45
O‘zbekiston Respublikasi
ekologik qonunchiligida ilk
bor ekologik ekspertiza 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning maxsus VI
bo‘lim 24–27-moddalarida yoritib berildi. Ushbu qonunning
4-moddasida esa ekologik ekspertizaning majburiylik
prinsipi belgilab qo‘yildi. Lekin «Tabiatni
muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi qonun ekologik eks pertizaning imperativ (qat’iy)
shartlarini belgiladi, xolos. Uning asl mohiyati, turlari, olib
borish metodlari, muddatlari, prinsiplari va obyektlari esa
yoritilmay qolgan edi. 2000-yil 25-mayda
qabul qilingan va
shu yilning 1-iyulidan kuchga kirgan «Ekologik ekspertiza
to‘g‘risida»i O‘zbekiston Respublikasi qonuni huquqiy-ekologik
mexanizmni shakllantirishda va uni hayotga tatbiq qilishda
katta hissa qo‘shdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: