Geoekologik monitoring
–
geoekologik nazoratning birinchi
bosqichi bo‘lib, u geotizimlarning davriy o‘zgarishini kuzatib
borish, hisobga olish, baho berish va istiqbolini belgilash
tizimi. U lokal, regional (mintaqaviy) va global miqyosda
olib boriladi. O‘zbekistonda milliy ekologik monitoring tizimi
1972-yil BMTning Stokgolm konferensiyasida qabul qilingan
atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan rezolutsiyasida
aks ettirilgan prinsiplarga mos ravishda amalga oshiriladi.
Uning huquqiy asosi bo‘lib «O‘zR Tabiatni muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasi, 2002-yil 3-aprelda
Vazirlar Mahkamasining 111-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida»gi nizom
maxsus vakolatlangan davlat organlarining nizomlari hamda
boshqa qonun osti normativ hujjatlar hisoblanadi. Vazirlar
Mahkamasining 2016-yil 23-avgustda 273-son qarori bilan
tasdiqlangan «2016–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida
atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi»ga muvofiq ravishda
Hozirgi vaqtda atrof tabiiy muhit monitoringi 390 ta sanoat
korxonasi, 68 ta yer usti suv oqimlari punktlari, 87 ta suv
tashlama kollektorlari, 1694 ta yer osti suvi quduqlari, 74 ta
buloqlar va 61 ta atmosfera havosini kuzatish postlarida olib
boril moqda.
Lekin ekologik monitoring faqatgina davlat organlari
tomonidan olib boriladi, deyish noto‘g‘ridir. Ekologik kadastr-
dan farqli, ekologik monitoring nodavlat tashkilotlari,
o‘zini o‘zi boshqaruv idoralariga ham xos bo‘lgan nazorat
39
turidir. Geoekologik monitoring esa faqatgina ilmiy va o‘quv
maqsadlarida olib boriladi.
Monitoring
–
nazorat obyektining davriy o‘zgarishini kuzatib borish,
hisobga olish, baho berish va tegishli chora-tadbirlarni tavsiya etish.
Geoekologik monitoring ekologik monitoringning bir
turi bo‘lib, u davlat hokimiyatiga, mahalliy hokimiyatlar va
ijroiya organlariga atrof-muhit holatiga doir ma’lumotlarni o‘z
vaqtida yetkazib berish orqali ekologik yo‘nalishdagi maxsus
vakolatlangan davlat inspeksiyasi xizmati faoliyatini aniq va jadal
sur’atlarda olib borishga asos bo‘ladi. Geoekologik monitoring
ma’lumotlari ochiq-oshkora ravishda olib borilishi kerak. Ushbu
axborot, avvalo, ekologik boshqaruv organlarida umumlashtiriladi
va baholanadi. Salbiy ekologik holat bo‘yicha monitoring
ma’lumotlari darhol aholiga e’lon qilinishi talab etiladi.
Geotizimlarning miqdori, sifat va boshqa xil ko‘rsat-
kichlari, ulardan foydalanish hajmi, tartib-tamoyilini hisobga
olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrini yurita-
di. Ekotizimlar holatiga zararli ta’sir etishi mumkin bo‘lgan
obyekt lar, ularni ifloslantiruvchi zararli moddalar va ularning
miqdori, ishlab chiqarish va kommunal chiqindilarning hajm-
lari, tarkibi ham nazorat qilib boriladi va davlat hisobiga oli-
nadi.
Geoekologik monitoring ekologik nazorat inspeksiyasi dav-
lat hokimiyati va bosh
qaruv idoralari hamda maxsus vako-
latlangan davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ular
ham o‘z ekologik boshqaruv vakolatlaridan kelib chiqqan holda
umumiy va maxsus ekologik nazoratlovchi davlat organlariga
ajratiladi.
Aniqlangan geografik qobiq doirasidagi geotizimlarda or-
ganizmlarning o‘zaro va uning atrof-muhitida kechayot-
gan o‘zga
rishlarni kuzatib borish, hisobga olish, baho berish
hamda istiqbolini belgilashning turli xil metodlari mavjud:
40
an’anaviy (Yer yuzasida turib geografik) kuzatish va aerokos-
mik (masofadan turib) kuzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |