S avezbayev


 So’rov-ma’lumot xizmati tizimi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/85
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669591
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85
Bog'liq
YeTLAT darslik

 
8. So’rov-ma’lumot xizmati tizimi 
Ushbu tizim (YEZ elementi) tanlangan MBBТ imkoniyatlaridan hamda mos
interfeys dasturlaridan foydalanib, ma’lumotlarni quyidagilar asosida olish
imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan: 
- maxsus ro’yxatlardan foydalanib, oldindan aniqlangan so’rovlar; 
- hisobotlar generatorlaridan (to’plovchilar) foydalanish (yangi hisobot 
jadvallarini shakllantirish uchun); 
- maxsus til vositalaridan (SQL so’rovlar) foydalanish. 
Nostandartlash yer tuzish so’rovlarini avtomatlashtirish pastki tizimi maxsus 
yer fondlarini shakllantirish, korxonalarni qayta tashkil etish, yerlarni qayta 
taqsimlash bilan bog’liq har xil yer tuzish ishlari hamda tabiatni muhofaza qilish 
choralarini amalga oshirish bo’yicha boshqarish qarorlarini qabul qilish, yer 
munosabatlarini tartibga solishning yangi huquqiy va iqtisodiy mexanizmini tadbiq 
etish bilan bog’liq masalalar majmuini o’z ichiga oladi. Ularga, xususan, yerning 
bahosini aniqlash bo’yicha, yer solig’i va ijara haqini toifalash, yerdan oqilona 
foydalanishni iqtisodiy rag’batlantirish va boshq. masalalar kiradi. 
 
9. Ijodiy vazifalarni modellashtirish 
Ijodiy ishlarni (EE elementi) modellashtirish pastki tizimida topqirlik 
kontseptsiyasi to’la amalga oshiriladi. Ushbu element tizimning har qanday 
elementi bilan ishlashda, qachonki izlanayotgan yechim berilgan masala uchun 
formallashtirilgan algoritmlardan tashqarida yotsagina foydalaniladi. 
Ekspert tizimlari
(ES) - bu nafaqat ma’lumotlarni, balki, bilimlarni ham 
qayta ishlashni ta’minlavchi dasturlardir. ES ning asosiy bloki – bilimlar bazasi, 
mantiqiy 
yechimlar 
mexanizmi, 
ma’lumotlar banki va «odam–EHM» 
interfeyslaridir. Bilimlar har xil shakllarda, bilimlar bazasida yig’ilishi mumkin. 


77 
«Agar–unda» turidagi munosabatlar eng ko’p tarqalgan qoida shakli hisoblanadi. 
Bilimlarni ko’rsatishning boshqa shakllari – semantik tarmoqlar, ro’yxatlar, 
predikatli mantiqlardir. Bilimlar bazasidagi har bir yozuv o’zida ekspertlardan, 
darsliklardan, foydalanuvchilar uchun ko’rsatmalardan va boshqa manbalardan 
olingan xususiy ma’lumotlarni ifodalaydi. 
Ma’lumotlar banki yechilayotgan muammoning hozirgi holati to’g’risidagi
ma’lumotlarni saqlaydi. U o’z ichiga boshlang’ich va ishlab chiqarishdan yangidan 
olingan ma’lumotlarni, deduktiv zanjirlarni oladi. 
Mantiqiy yechimlar mexanizmi o’zida qo’yilgan masalani yechish jarayo-
nida ma’lumotlar bankini va bilimlar bazasini birlashtiruvchi zvenoni (bo’limni) 
ifodalaydi. U o’z ichiga qoidalar, nazorat strategiyalari, harakat rejalarini inter-
pretatsiyalash ishlarini oladi. Masalani yechish jarayonida bilimlar bazasidagi 
ma’lumotlar ma’lumotlar bankidagi mavjud ma’lumotlar bilan solishtiriladi, 
bunday solishtirish oraliq natijalardan foydalangan holda, ko’p martalab 
o’tkaziladi.
Ekspert tizimlarida ikkita tamoyilga katta e’tibor qaratiladi: 
- qarorni, agar uning bilimi va tajribasi dasturga kiritilgan imkoniyatlaridan 
katta bo’lsa odam qabul qiladi;
- tizim va foydalanuvchi orasidagi muloqat shunday ko’rinishi kerakki, 
bunda foydalanuvchi nafaqat tizim savollariga javob berishi, balki o’zi unga «nima 
uchun?», «qanday qilib?», «nimaga yo’q?», «agar…» kabi savollarni berishi 
mumkin bo’lsin.
EТni loyihalashda uni barcha zarur qismlarini (mantiqiy chiqarish
qurilmalari, bilimlar bazasi, bilimlarni olish, tushuntirish va muloqat qismlari) to’la 
mustaqil qilib ishlash zarurati yo’q.
«Bo’sh» EТ sifatida quyidagi bazaviy tizimlardan foydalanish mumkin: 
All-TX, Expert, Emycin, Exsys, Guru, Zoops, Mycin va boshq. 
Yuqori malakali mutaxassislar faoliyatini takrorlovchi avtomatlashtirilgan 
interpretatsiya texnologiyasini ro’yobga chiqarish umumlashtirilgan hisob - logik 


78 
yoki taqsimlangan sun’iy intellekt tizimlari shaklida amalga oshiriladi. Bunday 
tizimning dasturiy ta’minoti ikkita qismni o’z ichiga oladi: 
- avtomatlashtirilgan interpretatsiyalashning har hil masalalarini yechish 
uchun mo’ljallangan ishlov beruvchi dasturlar intellektual majmualari to’plami;
- ekspert tizimlari yig’indisi. 
Intellektual majmualar funktsional dasturlash tamoyillarida yaratiladi. 
Ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari bilimlar bazasini yaratadi. Ular hisoblash 
jarayonini amalga oshirish vaqtida aniq ma’lumotlarga ishlov berishga qaratilgan, 
o’zida yo’naltirilmagan grafani ifodalovchi, funktsional semantik tarmoq shaklida 
amalga oshiriladi. Bu degani, aniq masalalarni yechishda ma’lumotlarga ishlov 
berish qattiq emas, balki, o’zi to’g’rilanadigan grafalar bo’yicha bajariladi. Ular 
avtomatik 
shakllantiriladi, 
o’ta murakkab vaziyatlarda esa mutaxassis 
qatnashuvida, qo’yilgan talablar, boshlang’ich ma’lumotlar tarkibi va qator 
tekshiriladigan sharoitlar hamda cheklashlardan kelib chiqib shakllantiriladi.
Ekspert tizimlari mutaxassis – ekspertlarda mavjud taxlil qilish, 
umumlashtirish va xulosalarni shakllantirish bo’yicha shakllangan maxsus 
bilimlarni va nazariy asoslangan matematik jarayonlarni qo’llab, bilimlar 
bazasidan foydalanish asosida, ma’lumotlari chuqur avtomatlashtirilgan ishlov 
berish va qarorlarni shakllantirish tamoyillarini ro’yobga chiqaradi. 
Yuqorida keltirilgan yondashuvlarga mos tarzda, YEТLAТ ishini barcha u 
bilan mantiqiy bog’langan funktsional tizimlar bilan integratsiyalash, uning ayrim 
elementlarini kontsetual va fizik loyihalashni amalga oshirish yer tuzishnining 
ayrim tashkil etuvchilarini avtomalashtirishning oqilona va unifikatsiyalangan 
modelini yaratish va shuning hisobiga malumotlar ortiqchaligini nafaqat ayrim 
pastki tizimlarda, balki, butun tizim ichida tugatishga erishish mumkin. Bu esa 
loyihachilar mehnati unumdorligini va ishlanayotgan loyihalar sifatini keskin 
oshirish imkonini beradi. 
Shunday qilib, barcha turdagi yer tuzish ishlari uchun yagona ma’lumot 
kengligini yaratish bo’yicha aniq qadam va avtomatlashtirilgan yer tuzishni 


79 
loyihalash, xaritalash va Davlat yer kadastrini yuritishni bosqichma - bosqich 
amalga oshirish uchun poydevor qo’yiladi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish