S avezbayev


 Loyihalavchi pastki tizimlar



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/85
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669591
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
YeTLAT darslik

 
5. Loyihalavchi pastki tizimlar 
 
YES elementi ayrim loyiha oldi masalalari, xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki
yer tuzish masalalari, ishchi loyihalash, nostandart so’rovlarga xizmat ko’rsatish 
masalalari yechimlarini ta’minlovchi pastki tizimlar to’plami hisoblanadi. Ular o’z 
ichiga quyidagilarni oladi: 
- muloqot tartibida (“nima bo’ladi, agar?” shaklida) loyiha oldi analitik 
hisoblashlarni o’tkazish bo’yicha masalalar majmuini; 
- yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni tashkil etish bilan bog’liq aniq 
loyihaviy masalalarni (xo’jaliklarning optimal o’lchamlarini aniqlash, ozuqa baza-
sini, mehnat va yer balansini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratizim obyektlarini 
joylashtirish maydonlarini hisoblash va bog’lash); xo’jalikda ichki yer tuzish masa-
lalari (ishlab chiqarish bo’limlarini, xo’jalik markazlarini, yer turlari va almashlab 


70 
ekishni, dalalarni, sug’orish (ishchi) uchastkalarini, yo’llarni, o’rmon polasalarini 
va boshq. joylashtirish): 
- yer tuzish tadbirlarining ayrim turlari bo’yicha mustaqil ishchi loyihalarni 
ishlashni ta’minlovchi masalalarni (yerlarni o’zlashtirish, yaylovlarni tubdan yax-
shilash, melioratsiya, daraxtlarni ekish, irrigatsiya tarmoqlarini qurish va sh.o’.).
Bu pastki tizimlarning barchasi vazifalariga u yoki bu hujjatni, uning to’la
hajmida tayyorlashni avtomatlashtirish kirmasligi ham mumkin. Biroq pastki 
tizimlarning har bittasi loyihalashning ayrim qismlarini va harakatlarini avtomat-
lashtirish hisobiga, loyihaviy yechimlarning sifatini va aniqligini oshirishni, 
loyihachilar mehnati unumdorligini o’stirishni ta’minlashi kerak. 
YEТLAТda yer tuzish loyihalarining bajarilishi ustidan mualliflik nazorati 
pastki tizimi o’ziga xos vazifalarni bajaradi. U har xil turdagi loyihalar bo’yicha 
barcha chiquvchi materiallar arxivi hisoblanishi bilan bir qatorda, yer egalari va 
yerdan foydalanuvchilarga yer tuzish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha yordam 
ko’rsatish uchun ham xizmat qiladi (ayrim loyihaviy yechimlarni har xil 
qo’shimcha hisoblashlar va asoslashlarni o’tkazish yo’li bilan tuzatish). Uning 
vazifalari qatoriga ma’muriy tuman axborot-ma’lumot tizimiga kiradigan, yerdan 
foydalanish va uning holati ustidan nazorat qiluvchi pastki tizim bilan aloqani 
ushlab turish va ma’lumotlarini uzatish ham kirishi mumkin.
Kadastr ko’rsatkichlarini hisobga olish va ishlab berish tizimi
(YEN 
elementi) o’z ichiga aniq yer uchastkalaridagi yer resurslari holati to’g’risidagi 
kenglik –lokallashtirilgan ma’lumotlarni oladi. 
Yerni baholash tizimi
(YEN elementiga kiradi) yerning tabiiy 
xususiyatlarini, antropogen ta’sir oqibatlarini, infratizim elementlari mavjudligini, 
joylashgan o’rni va sh.o’. hisobiga olgan holda, baholash bilan bog’liq masalalar 
to’plamini yechish uchun mo’ljallangan. 
Yechim variantlarini baholash
(YEO elementi) me’yoriy ma’lumotlar bazasi 
ma’lumotlari, nomunaviy yechimlar bazasi ma’lumotlariga va rivojlanayotgan 
standartlarga, evristiklik kontseptsiyalariga mos tarzda loyihachining tajribasini 
taxlil qilish asosida olib boriladi . 


71 
Meyoriy baholash tizimi
(YES elementi) vazifasi rivojlanayotgan standartlar 
kontseptsiyasini amalga oshirish hisoblanadi va asosan, loyiha variantini olish va 
baholashda tizimning boshqa elementlari (YES, YEO, YEE va boshq.) bilan 
ishlashga qaratilgan. 
Yer tuzishda hozirgi vaqtda qo’llaniladigan ma’lumotlarga avtomatlashtiril-
gan ishlov berish va ularni interpretatsiyalash tizimi
(YEK elementi) yer tuzish 
masalalarini yechishda foydalaniladigan geodezik, kartografik, tuproq, geobotanik, 
yer kadastri, yer tuzish, baholash va boshqa ma’lumotlarni aylantirish (o’zgartirish 
bo’yicha mantiqiy-matematik harakatlarning keng to’plamini amalga oshiradi. 
Ularning barchasi ma’lumotlarni boshqa shaklga aylantirishning matematik 
modellarida va formal mantiqda tashkil etilgan. Mos algoritmlar hisoblash 
jarayonining aniq variantini aniqlovchi o’lchamlarni va ma’lumotlarga ishlov 
berish tartibini tanlashga (mumkin bo’lgan alternativlar qatoridan dasturlarni 
belgilangan ketma –ketlikda) suyanadi (14-rasm).
 
Yo’q 
Masalani qo’yish 
Belgilangan tartibdagi dasturlar uchun 
o’lchamlarni tanlash 
Ma’lumotlarga EHM da ishlov berish 
Hisoblashlarning joriy natijalarini taxlil 
etish 
Hisoblashlarni davom etish to’g’risida 
qaror qabul qilish 
Masalani yechishning tugatishi 
Ishlov berish 
tartibini 
o’zgartirish 
zarurmi? 
Yechimning 
usul va 
o’lchamlarini 
tuzatish 
kerakmi? 
Ha 
Yo’q 
«Yer tuzish» 
dasturlari 
kutubxonasi 
Boshlang’ich 
ma’lumotlar 
Ishlov berish tartibini tanlash 
Hа 


72 
 
14-rasm. Ma’lumotlarga avtomatlashgan tarzda ishlav berish va ularni 
interpretatsiyalash jarayoni chizmasi. 
YEТLAТ tipidagi tizimlardan foydalanish jarayonida dasturlari ishlatiladi-
gan kutubxona juda tez o’sadi, bu esa ishlab chiqarish sharoitida ulardan foydala-
nishni qiyinlashtiradi va yangi dasturlar yaratish, mavjudlarini takomillashtirish 
bilan shug’ullanadigan mutaxassislarning doimiy qatnashishini zarur qilib qo’yadi. 
Bu tizimni ishlatib turishni jiddiy qimmatlashtiradi va uning ishonchliligini 
pasaytiradi. 
Hozirgi 
vaqtda 
qo’llanilayogan 
avtomatlashtirish 
texnalogiyalari 
loyihalashni to’la qamrab olmaydi. Bu jarayonda, ayrim harakatlar mutaxassislar 
tomonidan qo’lda bajariladi. Bu muammoni to’la yechish sun’iy intellekt 
tamoyillarida faoliyat ko’rsatadigan tuzim yaratish bilan bog’liq. Hamma gap 
shundaki, ma’lumotlarga chuqur ishlov berish va ularni interpretatsiyalash hamda 
hulosalarni shakllantirish hamma vaqt ham qattiq mantiq asosida olib boriladigan 
hisobotlar orqali amalga oshirilmaydi. Ular evristik jarayon bo’lib, faqat tajribali, 
yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ko’pchilik 
hollarda, o’rganilayotgan obyekt to’g’risidagi ma’lumotlarning va bilimlarning 
obyektiv yetishmasligi, har qanday dasturiy majmuaning cheklangan imkoniyatlari 
sharoitda, optimal yechimni topish talab etiladi . 
Pastki tizimning amaliy dasturlari to’plamlarining mazmuni ular tomonidan 
yechiladigan aniq yer tuzish masalalari yig’indisiga bog’liq bo’ladi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish