Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning
samaradorligini babolash
Sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish, u yoki bu mavzuda
o‘qilgan ma’ruzalar yoki o‘tkazilgan suhbatlarning soni bilan
emas, balki, birinchi navbatda, aholi o‘rtasida keng tarqalgan
kasalliklar va ayniqsa, yuqumli kasalliklarning kamayishi dina-
mikasi bilan o‘lchanadigan mazmunli tashviqot bo‘lishi kerak.
Sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilishda uning samara-
dorligiga baho berish olingan natijalarga ko‘ra, qaysi hududda
aholining qaysi qatlamlari o‘rtasida qanday mavzuda tashviqot
ishlarini kuchaytirish rejalarini amalga oshirish borasida tibbiyot
xodimlari mutassil ravishda astoydil harakat qilmoqlari lozim.
Shundagina aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tashviqot
qilishda siljishlarga erishish mumkin.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |