xalqning madaniyati va turmushi, ijtimoiy muassasalari va ijtimoiy tuzilmasini
16
tadqiqot predmeti sifatida tasvirlashdir. An`naviy ravishda bunda ibtidoiy jamoa
tuzumida yashaydigan xalqlarga eng asosiy e`tibor jalb qilinadi. Chunki bunday
xalqlar madaniyati ibtidoiy –tarixiy rekonstruksiya uchun asosiy manba bo`lib
xizmat qiladi. Agarda etnologik ma`lumotlar bo`lmaganda edi, ibtidoiy odamlar
jamoalarining ijtimoiy munosabatlari va ijtimoiy tuzilmalarini
ng
ko`p qirralari
ochilmas edi. Ular faqat etnologik tasvirlar bo`yicha ma`lum xolos. Ammo
zamonaviy etnologiya fani o`z tadqiqot predmetini naqadar to`la tasvirlasada, uning
bir kamchiligi mavjud. Qaysiki, etnologiya o`rganayotgan jamiyat tashqaridan
tasvirlanadi. Bu chet kuzatuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli,
etnologik kuzatishni
ng
batafsilligi doimo nisbiy bo`ladi. Ayniqsa, bu jamiyat
hayotini
ng
diniy-ruhiy tasavvurlari, yashirin ittifoqlar, o`z-o`zini anglashga
tegishlidir. Etnologik kuzatishlar bir necha asrlar davomida ma`lumotlarning juda
katta zahirasini to`pladi. Bu zahira ibtidoiy jamoa tarixi uchun juda qimmatli ilmiy
ahamiyat kasb etib, ibtidoiy madaniyatni ma`lum darajada tasvirlashga imkoniyat
yaratadi.
Antropologiya – o’tmishdagi va hozirgi zamondagi odamlarni
ng
morfologik
va fiziologik o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Shu bilan birga, uning ichida
odamlarni
ng
maymunsimon qazilma qoldiqlarini o’rganadigan maxsus bo’lim-tarixiy
antropologiya mavjud. Insoniyat rivojlangan to’rtlamchi geologiya – bizning
sayyoramizni to’rtlamchi geologik tarixiy voqealarini qayta tiklaydi. Antropologiya
odatda uch bo`limga – odam organizmi o`zgaruvchanligini
ng
umumiy qonuniyatlari
to`g`risidagi morfologiya, odamni
ng
kelib chiqishi – antropogenez va
irqshunoslikka bo`linadi. Bu antropologiya fanini tadqiqot predmeti bo`yicha
ajratadi. Lekin etnik antropologiya tushunchasi ham mavjud bo`lib, u xalqlarni
ng
antropologik o`ziga xos xususiyatlarini o`rganib, etnogenetik jarayonlarni
rekonstruksiya qilish bilan shug`ullanadi. Tadqiqot predmeti bo`yicha tarixiy
antropologiya ham ajratiladi. Uning maqsadi antropologik tadqiqotlarning barcha
shakllaridan tarixiy ma`lumotlarni ajratib olish va bu ma`lumotlardan tarix
ehtiyojlari uchun foydalanishdir. Antropologiyaning aynan shu yo`nalishi ibtidoiy
jamoa tarixi bilan yaqin bog`langan va uning uchun eng ko`p asos beradi.
Paleoantropologiya alohida odamlarni emas, biologik qarindoshlik bilan bog`langan,
17
populyatsiya deb nomlanadigan odamlar guruhini o`rganadi. Insoniyat irqlari ham
populyatsiyalar guruhini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: