Ravshan Rajabov


  XIX  asrda  ibtidoiy  jamoa  to`g`risidagi  aniq  bilimlarning  to`planishi  va



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/36
Sana16.06.2021
Hajmi0,55 Mb.
#66295
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
ibtidoiy jamoa tarixi

2.  XIX  asrda  ibtidoiy  jamoa  to`g`risidagi  aniq  bilimlarning  to`planishi  va 

umumlashtirilishi. XIX asrda ibtidoiy jamoa tuzumi to`g`risidagi bilimlar. 

XIX  asrda

  ibtidoiy  jamoa  tarixi  fan  sifatida  shakllanmadi,  lekin  etnologi

ya

  



oraliqda  shakllana  boshladi.  Etnologik  dalillar  XIX  asr  boshlarida  haddan  ziyod 

to`planib, ularni qayta ishlash va tegishli konsepsiyalar  yaratilishi lozim edi. Birinchi 

turkumlash va umumlashtirishlar boshlandi. 

Charlz  Darvin  tomonidan  1839-yilda  evolyutsiya  nazariyasi  asoslarini

ng

 

shakllantirishi 



bilan 

biologiya 

ibtidoiy 

jamoa 


tarixi 

ustida 


ishlayotgan 

tadqiqotchilarning  fikrlashiga  ta`sir  qildi.  U  tarixiylik  tamoyilini  nazariy  va  amalda 

izchil  o`tkazishda    ifodalandi.  Etnologiyada  tarixiylik  tamoyili  XVIII  asrda 

shakllangan  tarixiy  jarayonning  dinamikasi  va  jamiyatning  ijtimoiy  muassasalarini 

qadimdan hozirgacha progressiv taraqqiyoti  konsepsiyasiga asoslangan edi. 

XVIII  asrdan  boshlab  ilk  arxeologik  qazishmalar  tarqoq  o`tkazila  boshlanib, 

ulardan ko`plab mehnat qurollari topildi. Topilgan mehnat qurollarini  turkumlashda  

birinchi  urinish  daniyalik  arxeologik    Kaunsildora  Tomsen  tomonidan  amalga 

oshirildi. Olim Kopengagen qadimiyatlar Milliy muzeyida  ekspozitsiya tashkil qilib, 

uni 1836-yilda tasvirladi. Mehnat qurollari tosh, mis, jez 

va

 temir buyumlari asosida 




 

 

25 



ketma-ketlikda,    mehnat  qurollarini  ibtidoiy  texnologiyasidan  mukammallik    tomon 

xronologiyada qo`yildi. 

Uning izdoshi shved Sven Nilson tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida turgan 

turli  xalqlarning    madaniyatini  arxeologik  ashyolar  bilan  birga  qiyosiy  taqqoslab, 

o`zining  ibtidoiy  jamoa  tarixini  davrlashtirdi.  To`plangan  etnologik  kuzatuvlarni

ng

  



juda  katta  zahirasini  umumlashtirish  boshlandi.  Nemis  kulturologi  Gustov  Klemm 

insoniyat  madaniyatini

ng

  umumiy  tarixiga  bag`ishlangan    10  jildli  (1843-1852 



yillarda  Leypsigda  chop  etilgan),  umumiy  kulturologiyaga  oid  2  jildli  (1854-yil) 

asarlarini yozdi. U Fergyussonning turkumlashini takrorladi. 

Yevropa  sayyohlari  Osiyo,  Afrika,  Amerika  qit`alarini

ng

  ichki  hududlariga  



sayohat qilib, juda katta etnologik  material to`pladilar. Ularning kuzatishlari ibtidoiy 

jamoa  davrini

ng

    tadqiqiga  tez  qabul  qilindi.  Nemis  Aleksandr  Gumbolt 



va

  fransuz 

Alsid  Orbinining    Janubiy  Amerikaga,  Genri  Skularaft  va  Luis  Genri  Morganning 

Shimoliy  Amerikaga,    ingliz  David  Livingstonning    Afrikaga,  Uilyam  Bakslining  

Avstraliyaga, N. Prjevalskiy va qator rus olimlarining O`rta Osiyoga sayohati shular 

jumlasidan.  

XIX  asr  etnologiyasi  ibtidoiy  jamoa  muassasalarini

ng

  rekonstruksiyasida 



fundamental  natijalarga  erishdi.  Nemis  olimlari  Adolf  Bastian  va  Geodor  Vayts 

etnologik  materiallarni

ng

  ilmiy  tadqiqi  asosida  insoniyatning  psixologik  yaxlitligi 



birligi  g`oyasini  ilgari  surdilar.  Ingliz  Genri  Meyn,  Shveysar  Ioxann 

va

  Yakib 



Baxofen  qadimgi  oila  va  ijtimoiy  munosabatlarni  rekonstruksiya  qilishga  harakat 

qildilar.  G.L.Morgan  o`zining    “Qadimgi  jamiyat”  va  boshqa  asarlarida  Shimoliy 

Amerika hindularining boy madaniyati, urf-odati 

va

 an`analarini batafsil tasvirladi. 



Uch  tadqiqotchi  Jorj  Mak-Ineri  Angliya  janubida

n

,  fransuzlar  P.Shmerling,  Jan 



Bushe  Pertu  Belgiya  va  Fransiyada

n

  tosh  qurollar  va  ular  bilan  birga  qolgan 



hayvonlarni  topdilar.  Bushe  de  Pert  ibtidoiy  jamoa  tarixi    predmetini

ng

  yaxlit 



tushunchasini shakllantirdi. 

XIX  asrning  60-yillarida  ingliz  arxeologi  Jon  Lebbok  tosh  davrini  toshga  berish 

asosida  paleolit  va  neolit    bosqichlariga  ajratishni    taklif  qildi.  Tosh  asrini

ng

 



texnologik    dinamikasini  XIX  asr  so`nggi  choragida  fransuz  Gabriel  de  Mortilye 

ishlab  chiqib,  tosh  asrini    shell,  ashell,  mustye,  solyutre 

va

  madlen  bosqichlariga 




 

 

26 



bo`lishni,  mezolit  uchun    paleolit  va  neolit  oralig`ini  azil  va  gardenauzga  bo`lishni 

taklif  qildi.  XX  asr  arafasida  fransuz  arxeologi  Anri  Breyl  yuqori  paleolitni

ng

 

boshlarini orinyak bosqichi deb belgiladi. 




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish