Va nihoyat insonlarni asl mohiyatini tushunib yetganingda? Yana bir yulduz
oʻchadi. Endi esa bor yoʻgʻi besh dona yulduz qoladi.
Mitti qizaloqning koinotida ilk oʻchgan besh yulduz esingizdami? Ular “Otam
yulduzlari” edi. U ularga shunday nom bergan edi. Uning otasidan koʻngli qolganida,
otasi qanday inson boʻlishi mumkinligini koʻrganida, oʻsha besh yulduz oʻchgan edi.
Uning otasi qizaloq tugʻilganida oʻzi sovgʻa qilgan yulduzlarini tortib olgandi. Endi esa
unda koinoti markazi boʻlgan onasidan qolgan besh yulduz bor edi xolos.
Koinoti markazi esa hanuz “Hamma bir xil emas!”, “U seni otang!”, “Hammasi
yaxshi boʻladi” kabi soʻzlarni takrorlab, soʻngan yulduzlarni qayta yoqishga urinar edi.
Men onamning soʻzlariga ishondim. Onam gaplariga kirishga qaror qildim, chunki
aynan onam juda tez kichrayib, qorongʻilashib borayotgan koinotimda yorugʻlikni ushlab
turar edi.
Onamni baxtli qilishga qaror qildim. Onamga hammadan koʻra onam arziydigan
baxtni sovgʻa qilishga qaror qildim. Ammo buni qanday qilishni bilmasdim.
–
Oyi, aytingchi, baxtli boʻlishingiz uchun nima qilay? Men bilan faxrlanishingiz
uchun nima qilay?
–
Universitetga kir.
Va onam istagandek qildim. Oʻshanda uning koʻzlarida quvonch koʻzyoshlarini
koʻrdim. Onam baxtli edi, men esa oʻzimdan qoniqqandim. Biroq yonib turgan yulduzlar
soni ortmasdi. Menda haligacha bech yulduz yonib turardi, chunki men menda muhabbat
va hayotga qiziqishni ushlab turgan goʻzal ayol, onam uchun yashab, u uchun harakat
qilar edim.
–
Mening qizalogʻim ham qachonlardir
kimnidir topsa, juda ajoyib boʻlar edi. –
onam kunlardan bir kun tushlik stoli ustida gap boshlab qoldi, – Vaqti keldi menimcha. –
deb qoʻshib qoʻydi.
Onamning bu istagini ham bajo keltirishga qaror qildim.
Xuddi hammasi koʻngildagidek. Koinotda yana tartib oʻrnatilgan. Yangi, ammo
avvalgi tartibsizlikka asoslangan tartib. Tartibsizlik endilikda qoʻyib yuborilgan, ozod
etilgan va e’tibordan yiroqlashtirilgan. Ammo kelajakda yana shunday xatoliklarga yoʻl
qoʻyilmasligi uchun butunlay xotiradan oʻchirilmagan edi. Haligacha ota “xiyonat”
koʻchasida, odamlar aldaydi, tashlab ketadi, hokimiyatga oʻch,
miyalar yuviladi,
hokimiyatga egalar oʻzlarining lavozimlaridan foydalangan holda istaganlarini qilishadi
va oʻzlari suvdan quruq chiqishadi. Seni esa endi hech narsa hayron qoldirmaydi. Chunki
sen bularni barini yaxshi bilasan. Baribir sendagi hayotni onang ushlab turadi va sen u
uchun harakat qilasan, universitetga kirasan, uchrasha boshlaysan va otangning ishlarini
sir saqlaysan.
Biroq keyinchalik hammasi yana oʻzgaradi. Kutilmaganda oʻzgaradiki, hayotingda
yana tartibsizlik boshlanadi. Hayotimda eng qoʻrchinlisi nima ediya? Bu koinotimda
hayotni yoʻqotib qoʻyish edi. Onamni, hayotimni, butun
koinotimni tasvirlab turgan
oʻsha soʻnggi besh yulduzni yoʻqotib qoʻyish edi.
Yana oʻtinch senda qayerdan paydo boʻlganini bilmaysan, kimga oʻtinyapsan
tushunmaysan, ammo oʻtinasan.
–
Men hotirjamman. – deydi onang senga. – Men hotirjamman, chunki mening
“Borligʻim”da hayot davom etadi.
Parallel borliqlar?!
Onamning borligʻi men edim. Meniki esa onam edi. Biz bir-birimizda hayotni
ushlab turardik. Biroq, mening borligʻim markazida hayot soʻndi.
Infarkt. Va hammasi shunchaki oʻchdi. Umuman hammasi.
Barcha yulduzlarim,
ularga qoʻshib esa kelajakka ichonch, odamlarga nisbatan boʻlgan soʻnggi hurmatim,
harakatlarim, orzularim, rejalarim... barcha-barchasi soʻndi. Chunki bularning bari onam
bilan bogʻlangan edi. Endi esa u yoʻq. Koinotim shunchaki gʻoyib boʻldi. Oʻzim ham
hech narsani his etmay qoʻydim. Koʻzlarimdagi yosh, onamning goʻzal yuzini
xiralashtirib yuborardi. Uning muzdek yuzlaridan oʻpayotib, faqat bir gapni, “Oyijon, siz
bilan ketgim kelyapti” deya qayta-qayta takrorlardim.
Onamning vafotidan keyingi har bir kun, yillik azoblarga teng boʻlib qolgandi.
Tushunyapsizmi? Borligʻim butunlay oʻchdi. Qani endi sabab qarilik boʻlsa... lekin onam
bor yoʻgʻi qirq besh yoshda edi. Onam qayerdandir otam ishlari va jazmanining yigirma
bir yoshli oʻgʻlini ta’minlab kelayotgani haqida bilib qolgan ekan.
Uch yillik azob va qiynoqlarday oʻtgan uch kundan soʻng, menda gʻazab va qasos
olish ishtiyoqi uygʻongandi. Albatta buni ajoyib tarzda uddaladim ham.
Otam va
jazmanini ishdan, oʻgʻlining esa universitetdan haydalishiga erishdim. Uch hayotni rasvo
qildim. Balki siz xozir meni yomon inson deb oʻylayotgandirsiz, bunday qilmaslik kerak
edi dersiz, balki haqdirsiz ham. Balki umuman toʻgʻri qilgan deb hisoblarsiz, axir ularni
deb onamdan ayrilgandim. Nima boʻlgan taqdirda ham siz buni muhokama qilasiz. Va bu
yomon emas.
Men oʻzimni aybdor his etmasdim. Biroq erkin ham emasdim. Azoblar-u,
sovuqlikdan boshqa hech narsani sezmasdim. Menda hech qanday yaxshilik qolmagandi.
Boʻlajak turmush oʻrtogʻim ham huddi shunday degandi, u bilan har qanday aloqalarni
uzayotganimda.
Ha, aynan shunday. Yashashdan ma’no qolmadi. Ammo boshqa bolalar ham men
kabi boʻlishlarini istamadim. Bolalar borliqlari doimo kengayib borishini, unda
“muhabbat”, “ishonch”, “umid” va “orzu” kabi biri biridan
ajoyib sayyoralar paydo
boʻlishini xohlardim. Keyinchalik ular ham oʻz farzandlariga eng yorugʻ yulduzlarni
tuhfa etishlarini istardim. Shu haqda oʻylar ekanman, xat yozishga qaror qildim. Barcha
ota-onalarga xat. U quyidagicha edi:
Do'stlaringiz bilan baham: