1-Laboratoriya. Plazmoliz va deplazmoliz hodisalari plazmoliz shaklllari. Mashg’ulot maqsadi



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#668083
Bog'liq
1-Plazmoliz va deplazmoliz hodisalari.Plazmoliz shakllari.



1-Laboratoriya. 
Plazmoliz va deplazmoliz hodisalari.plazmoliz shaklllari. 
Mashg’ulot maqsadi:
hujayra protoplazmasida sodir bo’ladigan plazmoliz va 
deplazmoliz hodisalarini tushuntirish. 
Tashqi eritmasining konsentrasiyasi yuqori bo’lganligi sababli hujayra shirasidan suv 
tashqi eritmaga chiqa boshlaydi.buning natijasida va vakuolaning hajmi kichrayib, hujayra 
shirasining konsentrasiyasi ortib boradi. Vakuola qisqargan sari uni o’rab turgan 
sitoplazma ham qisqarib oxiroi hujayra po’stidan ajrala boshlaydi.Tashqi eritma esa po’st 
bilan protoplazma o’rtasida hosil bo’lgan bo’shliqni egallay boshlaydi.Protoplazma 
qisqarib po’stidan ajralishiga 
plazmoliz
deyiladi.Plazmolizlangan hujayra yana distillangan 
suvga solinsa, u yana suvni shimib olib turgor holatiga qaytishi mumkin.Bu jarayon 
deplazmoliz
deyiladi. Hujayralarda sodir bo’ladigan plazmoliz ikki xil shaklda uchrashi 
mumkin. Dastlab protoplazma hujayra burchaklaridan ajrala boshlaydi, so’ngra hamma 
devorlaridan ajraladi. Lekin ancha vaqtgacha hujayraning ayrim joylarida protoplast po’st 
bilan birikkan holda qoladi va botiq chegarali shaklga kiradi . Bunda 
botiq plazmoliz
deyiladi. Agar protoplast hujayra po’stidan to’la ajralib hujayra markaziga to’planib qolsa, 
dumaloq shaklga kiradi. Plazmolizning bunday shaklini 
qavariq plazmoliz
deyiladi. 
Deplazmoliz plazmolizlashgan hujayraga suv qayta shimilishi natijasida hujayralarning 
dastlabki (turgor) holatga qaytishidir. 
Turgor-hujayra qobig’ining taranglik holati. Bu hujayra ichidagi suyuqlikning va tashqi 
eritmaning osmotik bosimi hamda hujayra qobig’ining elastikligi tufayli ro’y beradi. 
Turgor tufayli o’simlik to’qimalari tarang va mustahkam bo’ladi. Avtolizning hamma 
jarayonlari, o’simlikning so’lishi va qarishi turgorning pasayishi tufayli sodir bo’ladi. 
O’simlik hujayrasidagi plazmoliz hodisasini o’rganish uchun asosan ob’ekt sifatida 
qizil 
piyoz epidermisi ishlatiladi
, chunki, hujayrani maxsus bo’yoqlar yordamida bo’yash 
talab qilinmaydi. Bunda hujayra va uning plazmolizi mikroskop ostida qaralganda juda 
yaxshi ko’rinadi. Hujayraga ta’sir etuvchi eritma sifatida KС1 yoki NaС1 va 
saxarozaning bir normal eritmasidan foydalaniladi. 

Kerakli jihoz va materiallar
.Mikroskop, qizil piyoz, 
buyum oynasi
, qoplagich oyna, 
ustara, qisqich, suvli stakan, pipetka, osh tuzining bir normal eritmasi. 

Ish
 
Ishning 
bajarilish tartibi
:
Plozmaliz va deplozmolizni kuzatish uchun qizil piyoz 
po’stidan ustara yoki igna yordamida yupqa kesma olinadi. So’ngra bu kesma buyum oynasiga 
qo’yilib, ustiga distillangan suv tomiziladi va usti qoplagich oyna bilan yopiladi. Bu preparat 
mikroskop stolchasida kichik (8
x
li) ob’ektiv bilan kuzatiladi. Peparatdagi hujayralar bir tekis 
bo’yalgan va tarang holda bo’ladi (turgor holatda).Bu holatni chizib olib, kuzatishni davom 
ettirib, qoplagich oynaning bir chekkasiga NaCI ning bir normal eritmasidan pipetka yordamida 
bir tomchi tomiziladi. Preparatdagi suv esa qoplagich oynaning bir tomonidan filtr qog’ozi 


shimdirib olinadi. Bir necha daqiqadan so’ng protoplazma hujayra po’stidan ajarilib 
(burchaklaridan) 
ichkariga tortila boshlaydi
, ya’ni boshlang’ich plazmoliz boshlanadi. 
Kuzatuvni davom ettirib, protoplazmaning ko’plab ajrala boshlanganligini, botiq plazmolizni 
va nihoyat 
hujayra markaziga quyuqlashib
, ya’ni qavariq plazmoliz ro’y berganligi kuzatiladi. 
Oradan bir oz vaqt o’tgach, shu qoplagich oynaning bir chekkasidan (dastlabki suvni 
shimdirilgan tomonidan) bir necha tomchi toza suv tomizilib, ikkinchi tomondan 
(dastlabki eritmasi tomizilgan) filtr qog’ozi yordamida, qoplagich oyna ostidagi eritma 
shimdirilib olinadi. Natijada kesma hujayralari qayta suvni shimib oladi 
va turgor 
holatiga qaytadi
, ya’ni deplozmoliz jarayoni sodir bo’ladi. 
1-rasm. Plazmoliz shakllari: 
a) boshlang’ich shakllari; b) botiq plazmoliz; v) qavariq plazmoliz.


Olingan natijalar asosida xulosalar yoziladi. 
 
 
 
 
 
 
 


Nazorat uchun savollar: 
1.
Gipotonik,izotonik va gipertonik eritmalarga izoh bering.
2.
Plazmoliz va deplazmolizni tushuntiring. 
3.Plazmoliz shakllarini ko’rsating. 
4.
O’simliklar suvni o’zlashtirishidagi hujayra shirasining konsentrasiyasining ahamiyati 
qanday?
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish