“Tálim sistemasında elektron tálim ortalıǵında
islewdegi mashqalalar hám sheshimler”
nomni topishi lozim bo‘ladi. Shu jihati bilan lug‘z o‘quvchida teran fikrlash, kuzatuvchanlik,
hozirjavoblik kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi” [5, 156].
Adabiyotshunos olim J.Jo‘raev muammo janri va sharadalardagi umumiylik va o‘ziga
xoslikni tahlil qilgan holda “Литературная энциклопедия” (–М.: Издательство Л. Д.
Френкель, 1925)da berilgan quyidagi ta’rifga munosabat bildiradi. “Sharada – biror so‘zni
ikki xil mazmunga ega tavsifga binoan topishga asoslangan topishmoqdir: tovush va mazmun.
Tovush tavsifi bilvosita amalga oshiriladi: biror so‘z har bir bo‘lagi alohida mazmun
beradigan bo‘lakka ajratilib (ворона, вор-она), har bir bo‘lakning mazmuni hosil qilinadi
(misolda birinchisi – o‘g‘ri, ikkinchisi – olmosh). Bo‘laklarning mazmuni tavsifi berilganda,
butun so‘zning tovush tavsifi hamda oxirgi bo‘lakning mazmun tavsifi berilgan. Shunday
qilib, sharada so‘z o‘yinlariga asoslangan. So‘zlar o‘zaro nafaqat tovush, balki mazmun
jihatidan ham bir-biriga bog‘liq bo‘lganda, o‘ziga xos ifodaviylik va kalamburni hosil qiladi”
[1, 233-234].
Sharada ham muayan ma’noda topishmoqqa o‘xshash bo‘lib, farqi javob topishmoqdagi
biror bir so‘zning bo‘g‘inlaridan chiqishi yoki bo‘g‘inlarning ma’lum bir ma’no anglatishi
jumboqda yashiringan bo‘lishi mumkin.
O‘zbek tilini o‘qitish sohasida hali sharada va u bilan bog‘liq maxsus tadqiqotlar mavjud
emas. Lekin o‘zbek pedagogikasi uchun mutlaqo notanish deb hisoblash ham to‘g‘ri emas.
Zero, dars jarayonida topishmoqlardan foydlanish va uning ahamiyat xususida muayyan
tadqiqotlar yaratilib, metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Faqat sharadaning tuzilishi va
mohiyati topishmoqqa nisbatan farqlidir. Rasmiy saytlarda sharadaga shunday izohlar
berilgan:
Sharada fransuzcha charade – “suhbat” degan ma’noni anglatadi. Ba’zan esa “sharada”
so‘zi umuman sir, jumboq sifatida keladi. Sharadada so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish va shu
bilan birga har bir bo‘g‘in mustaqil so‘z ma’nosiga ega bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng,
topishmoqdagidek, har bir so‘zga va bo‘g‘inga izoh beriladi (masalan, fakt + ura = faktura).
Sharadalardagi bo‘g‘in tushunchasi fonetikadagi bo‘g‘in tushunchasi bilan mos kelishi shart
emas [3, 2].
Masalan, rus tilida tuzilgan quyidagi sharadada Fakt + ura va Yamayka so‘zlari
yashiringan.
Мой первый номер – не реклама,
Второй – из “Горя от ума”.
В конечном виде будет гамма:
Характер техника письма. (Факт + ура)
Первый слог – местоименье,
Второй – весенний месяц яркий,
В конце частица для смягченья,
В целом – остров очень жаркий. (Я-май-ка) [4, 1].
O‘zbek tili darslarida sharadadan foydalanishning afzal tomonlari shundaki,
o‘quvchilarda yashiringan so‘zning ma’nosini bilish bilan birga ijodiy fikrlash ko‘nikmasi
ham rivojlanadi.
Ravish so‘z turkumini o‘rgatishda quyidagicha sharada tuzish mumkin:
Sizga yaqin inson ravish ichida,
Do‘stona munosabat ila topingiz tezda.
Bu sharadaning javobini topish uchun biz oldin ravishni aniqlashimiz va ravishga xos
bo‘lgan so‘zning ichidan yaqin insonni topishimiz kerak bo‘ladi. Bu sharadadagi ravishga xos
bo‘lgan so‘z bu – DO‘STONA, yaqin insonimiz esa – ona. Demak, javob ONA.
Qaraqalpaqstan
Respublikası xalıq bılımlendiriw xızmetkerlerin
qayta tayarlaw hám olardıń qánigeligin arttırıw aymaqlıq orayı
255
Do'stlaringiz bilan baham: |