Mavzu: Ilk yoshdagi bolalarni rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari va jismoniy rivojlanish xaritasi Darsning o`quv maqsadi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#667261
Bog'liq
Referat





Mavzu: Ilk yoshdagi bolalarni rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari
va jismoniy rivojlanish xaritasi 

Darsning o`quv maqsadi:
 
Talabalarga ilk yoshdagi bolalarni rivojlanishining 
o`ziga xos xususiyatlari va jismoniy rivojlanish xaritasi haqidagi tushunchalarni hosil 
qilish

Tayanch so`zlar:
 
Ilk yoshdagi bolalar, mushak, suyak, pay, asab tizimi, bolalar 
vazni.
Reja: 
1. Tugilgandan 1 yoshgacha bolalar rivojlanishning xususiyatlari 
2. 1 yoshdan 2 yoshgacha bolalar rivojlanishning xususiyatlari 
3. 3 yoshdan 5 yoshgacha bolalar rivojlanishning xususiyatlari 
4. Bolalarning rismoniy rivojlanish xaritalari 
Ilk yoshdan bola organizmida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Skletning tog‘ay 
to‘qimasida suyak to‘qimasi paydo bo‘la boshlaydi muskul va paylar zaif bo‘ladi, 
lekin ularning qisqarish xususiyatlari 
yaxshilanadi. Bolaning vazni ortib boradi, 
uning asab tizimi rivojlanadi, miyaning 
tez o‘sishi va analizatorlarning 
rivojlanishi kuzatiladi. 
Ilk yoshdagi tartib bolaning to‘g‘ri 
rivojlanishi va tarbiyalanishining asosidir. 
Ilk yoshdagi bolalar uchun uxlash va 
bedor yurish qonuniyatlariga bog‘liq 
ravishda tabaqalashtirilgan yosh rejimlari 
ishlab chiqilgan. 


Ilk yoshdagi bolalarning birinchi guruhida uchta kichik yosh guruhi uchun 
tabaqalashtirilgan tartib tashkil etiladi: 


Ilk yoshdagi bolalar har 3-3,5 soatda gigienik sharoitda, belgilangan vaqtda 
ovqatlantiriladi. 2 yoshga qadam qo‘ygan bolalarni ovqatlantirishda ular kichik 
guruhlarga bo‘linadi. 3 yoshli bolalar esa ovqatlarni mustaqil va tartibli yeyishga 
o‘rgatib boriladi. 

Ilk yoshdagi bolalarda kiyinishga, yuvinishga, ovqatlanishga ijobiy 
munosabatlarni yaratish, o‘ziga-o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalarini mustaqil 
harakatlarni shakllantirishga tayyorgarlik bo‘lib xizmat qiladi. 

1,5-2 yoshli bola deyarli hamma kiyimlarini o‘zi yecha oladi, taxlab qo‘yadi va 
kiyimlarini ayrimlarini kiya oladi. Bu yoshdagi bolalar o‘zlari yuvinadilar va 
artinadilar. 

2-3 yoshli bolalar mustaqil ovqat yeyishga kiyimlarini kiyib yechishga 
o‘rganadilar



Ilk yoshda jismoniy mashqlar va uqalash. Bola hayotining dastlabki yilida 
uqalash va gimnastika har kuni yakka tartibda o‘tkaziladi. 2 yoshga qadam qo‘ygan 
bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazayotganda yurishni, arqonga chiqishni, sakrashni, 
buyumni uloqtirishni, muvozanatni rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi. 
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning uyqusi 12-13 soat (shundan 1,5-2 soati 
kunduzgi), 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 11-12 soat davom etadi. 
O‘yinlar uchun salkam 4 soat, harakat faoliyati uchun (turli shakllarda) qariyb 5 
soat, kunduzgi uyquga 1 soatu 5 minutgacha ajratish zarur. 
Bolalarning aktiv faoliyati – o‘yin, o‘quv, mehnat va turmush faoliyati kun 
mobaynida bir necha bor o‘zgaradi. 
4 yoshga qadam qo‘ygan bolalar qo‘llarini to‘g‘ri yuvishni (qo‘llarni bir-biriga 
ishqab sovun surish, sovunni yuvib tashlash va har bir barmoqni artish) ni, tish 
yuvishni (dastlab oddiy xo‘l cho‘tka bilan, 4 yoshdan boshlab poroshok bilan), 


ovqatdan keyin og‘izni chayqashni, dastro‘molchadan foydalanishni, stol atrofida 
o‘zini madaniy tutish qoidalariga rioya etishni (qoshiqdan, sanchqidan 
foydalanishni, ovqatni to‘kmaslikni) bilishi kerak. Bolalar o‘yinchoqlarga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, ozodalik va tartib saqlashni o‘rganadilar. 
5yoshga qadam qo‘ygan bolalar ancha mustaqil bo‘lib qoladilar, ular endi 
sovun bilan yuzlarini, bo‘yinlarini, quloqlarini yuva oladilar, ancha puxtalik bilan 
kiyina oladilar, har bir harakatni bajarish tartibini biladilar, bir-birlarining tashqi 
ko‘rinishlaridagi yoki atrofdagi nuqsonlarni seza boshlaydilar. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda jismoniy mashqlar katta 
o‘rin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalar tarbiyachi rahbarligida 
va mustaqil ravishda asosiy harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xilma-xil 
harakatli o‘yinlarni o‘ynashni o‘rgangan bo‘lishlari kerak. Bu keng dastur ishning 
xilma-xil vositalari va shakllaridan foydalangandagina bajarilishi mumkin. 


Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni bajaradilar: ertalab 
gigienik gimnastika shaklida; haftasiga ikki marta jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari 
tarzida bajaradilar, ularga turli xildagi saf tortishlar, umumiy rivojlantiruvchi 
mashqlar, asosiy harakatlar, harakatli o‘yinlar kiradi. 
Maktabgacha ta'lim bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi 
o‘ziga xos vositalaridan foydalaniladi: 
1) harakatli o‘yinlar o‘tkazilib, ularga eng ko‘p o‘rin beriladi;
2) asosiy gimnastika (asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saf tortish 
mashqlari);
3) sport mashqlari (konkida uchish, chang‘ida yurish, suzish, velosipeda uchish);
4) bolalar turizmi. 
7-Yoshga bolalarning boʻyi oʻrtacha 120-sm gacha oʻsadi.Organ va sistemalar 
marfologik va funksiyanal oʻzgarishlar boʻladi Umurtqaning egiluvchanligi ortadi . 
Muskullari kuchli rivojlanadi.Oʻpkaning hajmi oʻsadi hamda ovqat hazim qilish 
apparati barqaror ishlaydi
3-Yoshdan 7-yoshgacha bilan bolala uchun jismoniy mashqlar .Maktabgacha 
yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda jismoniy mashqlar katta oʻrin tutadi.Har bir 
bola bir necha bor jismoniy mashqlarni bajaradilar.Haftada ikki martda jismoniy 
tarbiya mashgʻulotlari bilan shugʻullanadilar.
Kichik Maktabgacha yoshdagi bolalar 8 minutcha yaqin aqliy faoliyati bilan faol 
shugʻullanishlari mumkin, katta yoshdagi bolalar esa ana shunday faoliyat bilan 12-
14 minut shugʻullana oladilar .Agar mashgʻulot paytida jismoniy tarbiya 
daqiqalaridan foydalanilsa , bolalarning imkoniyatlari birmuncha koʻpayadi.


Bolalar bogʻchasi kun tartibida xilma hil oʻyinlarga alohida oʻrin beriladi
.Vaqtdan toʻlaqonli foydalanish uchun tarbiyachi oʻyinchoqlar va qoʻllanmalardan
foydalangan holda tashkil qilishi kerak boʻladi . 
Maktabgacha taʼlim tashkilotida sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar 
uchun keng imkoniyatlar beradi. Sayr chogʻida , tarbiat hamda ijtimoiy hodisalar
kuzatiladi , bolalarning mehnat va turli hil oʻyin faoliyati hamda sport mashqlari 
uyushtiriladi. 


Asosiy adabiyotlar: 
1.N.N. Djamilova. Bolalar jismoniy tarbiyasi.T.: 2020 yil 
2.G.Tulenova, X.Xo'jayeva. P.Xo'jayeva. "Jismoniy tarbiya nazariyasi va 
metodikasi". T.: Ilm ziyo. 2012 yil. 
3.A.N.Normurodov "Jismoniy tarbiya". T.: O'zbekiston. 2011. 
4.K.Makamjonova .R.Salomova, L.Ikromova. Jismoniy madaniyat nazariyasi va 
metodikasi". Iqtisod-Moliya 2008 yil. 



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish