7-amaliy ish
Mavzu:
RTK o’tish texnologik kartasini ishlab chiqish
Ishni bajarish tartibi
C:\BASA RTK\EXE\rtk.exe faylini yuklang.
Bu dastur bazaga kiritilayotgan RTKning shu soxaga aloqali ma’lumotlarini so’raydi.
Yuklanish paytida zastavka paydo bo’ladi.
Dastur ishini davom ettirishi uchun ENTER tugmasini bosing.
Ekranda RTK ning ishlatilish soxasi ro’yxati paydo bo’ladi. Bu ro’yxat bo’yicha
ma’lumotlar bazasini to’ldirish mumkin.
«Galvanik ishlov berish»
«Issiq shtamplash»
«Bosim ostida quyish»
«Termik ishlov berish»
«Tokarlik ishlovi»
«Sovuq shtamplash»
RTK bo’yicha ma’lumot kiritish uchun ro’yxatdan shu RTKning ishlatilish soxasiga
mosi tanlanadi. So’ng ekranda shu RTK bo’yicha ma’lumot kiritish uchun anketa chiqadi.
Bu dasturdan chiqish uchun «Alt» va «X» tugmalari bosiladi. Ekranning ostki
qismida bu haqda eslatma bor. RTKnish ishlatilish sohasiga bog’lik xolda turli ma’lumotlar
so’raladi.
Yu.G.Kozыryov taxriri ostida chiqqan «Robotizirovannыe proizvodstvennыe
kompleksы» kitobidan
bir yoki bir necha RTK tanlab, RTKlar bo’yicha ma’lumotlar
bazasiga kiriting. Kompleksning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlar bo’lmasa,
nollarni qoldiring.
RTK bo’yicha ma’lumotlar kiritilgandan so’ng RTK joylashtirilishi va RTK
to’g’risidagi jadvalni o’z ichiga olgan grafik fayl nomi so’raladi.
Bunday fayl yaratish uchun birorta grafik redaktorga kirib, RTK eskizi robot bilan
joylashtiriladi, texnologik qurilma bilan va yordamchi qurilma
bilan nomerlangan xolda
chiziladi. CHizma ostida RTK qurilmalarining nomlari va miqdorlari berilgan jadvalni
keltiring:
1.Sanoat robotlari
uchun
2.Texnologik qurilmalar uchun
3.Yordamchi qurilmalar uchun
Agar bunday fayl bo’lmasa, fayl nomi so’ralganda, ENTER tugmasi bosiladi, yoki
dasturdan chiqilib, grafik fayl yaratiladi va yana rtk.exe dasturiga kiriladi.
«Galьvanik ishlov berish» va «Bosim ostida quyish» dan boshqa sohalarda buyumni
tanituvchi chizma fayli nomi so’raladi.
Buyum eskizida uning o’lchamlari keltirilsa, maqsadga muvofik bo’ladi.
Anketa to’liq to’ldirilgandan so’ng quyidagi menyu chiqadi:
«Qaytadan to’ldirish»
«Bazaga yozish»
Menyuning birinchi punkti tanlanganda kiritilgan ma’lumotlar ma’lumotlar
bazasi
(MB)ga yozilmaydi, balki anketani qaytadan to’ldirish taklif qilinadi.
Agar anketani
to’ldirishda xatolikka yul qo’yilgan bo’lsa, menyuning bu punkti tanlanadi.
Agar menyuning ikkinchi punkti tanlansa, RTK bo’yicha
tuldirilgan anketadagi
ma’lumot MB ga kiritiladi va ekranda asosiy menyu (RTKlarning ishlatilish sohasi
menyusi) paydo bo’ladi. Tanlangan RTKlar haqidagi ma’lumotlar kiritib bo’lingandan
so’ng «Alt» va «X» tugmalari bosilib, dasturdan chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: