Quyida maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarining o‘quv ustaxonalarida
ko‘proq ishlatiladigan ba’zi yelimlarning tarkibiy qismlari va xususiyatlari hamda yelimlash
texnologiyasi haqida qisqacha ma’lumotlar keltiramiz.
Konstraksion metallar va nometall materiallarni termoizolyatsiyalarga, gazlamalarga va
dekorativ qoplama materiallariga yelimlab biriktirish uchun ВК-32-2, VКТ-2Н, 88N, PU-2М,
АК-20, PK-10, ХVК-20 va boshqa yelimlar ishlatiladi.
Metallmas materiallar (yog‘ochlar, shisha, plastmassalar, tekstolitlar, penoplastlar va b.)
VIАМ-БЗ va PU-2 yelimlari bilan biriktiriladi.
Organik shishaga boshqa materiallarni yelimlash uchun BЗ-F9, VК-32-70 va PU-2
yelimlari ishlatiladi. Rezinalar o‘zaro va metallar bilan 88N, КR-6-18, ChNB, VКR-7, КТ-15,
КТ-25 yelimlari yordamida biriktiriladi.
Yelimlash jarayoni quyidagi tartibda bajarilishi kerak:
a) yelimlanadigan yuzalar turli iflosliklardan tozalanishi va g‘adir-budir qilinishi lozim;
b) biriktiriladigan sirtlarning bir tomoniga qo‘lda, cho‘tkada
va pulverizator yordamida
yelim surtilishi kerak;
d) biriktiriladigan detallarni havoda (xona haroratida) tutib turib yelim tarkibidagi
uchuvchi moddalar chiqib ketishiga imkon berish zarur; e) biriktiriladigan sirtlarni birlashtirib,
qisuvchi yoki bosuvchi qurilmalar bilan qisib qo‘yish kerak;
f) qisib yoki bostirib qo‘yilgan detallarni ma’lum haroratda ma'lum vaqt davomida saqlash
lozim, chunki turli yelimlarning qotish harorati va muddati har xil bo‘ladi;
g) biriktirilgan detallarni tozalash va birikmaning mustahkamligini tekshirish (bunda
birikmay qolgan joylar yo‘qligiga e’tibor berish) kerak va h.k..
Suyak yelimi - yog‘sizlantirilgan hayvonot suyaklari va shoxlarini pishirib tayyorlanadi.
Yelimlash xususiyatlariga ko‘ra go‘shtparda yelimi suyak yelimidan ustun turadi.
Go‘shtparda va suyak yelimlari qattiq plita shaklida tayyorlanadi. Plitalar tiniq, sarg‘ish
yoki qoramtir rangda bo‘ladi. Toza, sifatli yelimlarning sinig‘i shisha kabi yaltiraydi.
Quruq yelimlar tolon, mayda bo‘laklar va boshqa ko‘rinishlarda ham tayyorlanadi.
Yelimlash sovuq (-12...-30
0C
) da, issiq (+40...+70
0
C) da va qaynoq (80
0
C va undan yuqori)
holatda olib borilishi mumkin.
Buyum yoki detallarni biriktirishda, fanerlarni o‘rtacha normal quyuqlikdagi yelim
eritmasidan foydalaniladi. Suyuq yelim eritmasi, asosan, gruntovkalash maqsadida ishlatiladi.
Yelimlarning puxtaligini aniqlash uchun yelimlangan chok (birikma) tajriba yo‘li bilan
tekshiriladi. Buning uchun namligi 7-12% bo‘lgan shumtol yoki eman yog‘ochidan namunalar
(25x50x50 va 25x50 mm o‘lchamli) olinib, tolalar yo‘nalishida bir-biriga parallel qilib
yelimlanadi, so‘ngra namuna birikmaning yelimlangan choki iskana yordamida yorib ko‘riladi.
Agar bunda birikma yelimlangan joyidan ajralmasdan yog‘och yorilsa, yoki ko‘chib chiqsa,
yelimning yopishtirish xususiyati yaxshi, yelimli chok puxta deb hisoblanadi. Tajriba sharoitida
esa, yelimlangan chokning puxtaligini press yordamida so‘ruvchi
kuchning qiymatini oshira
borish yo‘li bilan tekshiriladi.
Duradgorlik yelimlari nam ta’sirida puxtaligini yo‘qotadi (namga chidamsiz bo‘ladi).
Shuning uchun nam sharoitda ishlaydigan buyumlar namga chidamli maxsus yelimlar bilan
yelimlanadi.
Albuminli yelim hayvon qoniga ohak aralashtirish yo‘li bilan olinadi. Albuminli yelim
bilan yelimlanadigan birikma issiq holatda presslab yopishtiriladi. Yelimlangan joyda qoramtir
chok hosil bo‘ladi. Albuminli yelimlar faqat yelimlangan fanerlar uchun ishlatiladi.
Kazeinli yelimning asosiy tarkibiy qismini yog‘i olingan sutdan tayyorlangan quruq suzma
tashkil etadi. Quruq kazein yelimi 5-10 mm li qattiq donachalar ko‘rinishida yoki oqish, ba’zan
och sariq tusli kukun holida tayyorlanadi. Kukun (tolon holidagi) kazein yelimi kazein,
so‘ndirilgan ohak, natriy ftorid, soda, mis ko'porosi va kerosin aralashmasidan iborat. Bu
moddalar tegishli yelimning turli xossalarini yaxshilash uchun qo‘shiladi. Masalan, mis ko'porosi
yelimning nam va suvga chidamliligini oshirib, chirishdan saqlaydi; kerosin esa tolonning
mushtlashib qolmasligini ta’minlaydi; natriy ftorid va soda erituvchi sifatida qo‘shiladi;
so‘ndirilgan ohak yelimning o‘ta puxtaligini ta’minlaydi.
Sanoat miqyosida kazeinli yelimlarning "Ekstra" va oddiy navlari ishlab chiqariladi.
Kazeinli yelim besh oy muddat ichida foydalanishga yaroqlidir.
Yuqorida nomlari qayd qilingan yelimlar faqat yog‘och materiallarni o‘zaro biriktirish
uchun mo‘ljallangan.
Turli materiallarni bir-biriga yelimlab yopishtirish uchun esa
karbinolli yelimlardan keng
foydalaniladi.
Karbinolli yelim (МPF-1, BК-2, L-4 va b.) tashqi ko‘rinish jihatidan rangli gliseringa
o‘xshash xushbo‘y, och sariq rangli, tiniq suyuqlikdir.
Material ustiga yupqa qilib surtilgan bu yelim tezda qotib, benzinda, moylarda
erimaydigan, suv va kislota ta’siriga chidamli parda hosil qiladi.
Karbinolli yelim bilan yog‘ochni metallga, metallni shisha, charmni marmarga yopishtirib,
mustahkam, ajralmas birikmalar hosil qilinadi.
Glyutinli yelim. Hozirgi vaqtda bu yelimlar o‘zlarining ko‘pgina ijobiy xususiyatlari
(yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan birikmalar hosil qilishi, tayyorlanishining oddiyligi,
kimyoviy inertligi, zararsizligi, tayyor yelimni saqlash juda osonligi va b.)
tufayli sanoat
miqyosida sintetik yelimlarni deyarli siqib chiqarmoqda.
Lekin, bunday yelimli birikmalarning uzoq qotishi yelimlarning kamchiligi hisoblanadi.
Glyutinli yelimlar tarkibidagi boshlang‘ich moddalarga qarab go‘shtparda, suyak va baliq
yelimlariga bo‘linadi.
Polivinilatsetatli yelimlar turli charm, qog‘oz, yog‘och, mato, shisha va metallarni
biriktirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, abraziv sanoati tarmoqlarida juda keng ishlatiladi.
Polivinilatsetatli yelimlar polimerlar eritmasi (yelimi); tarkibida uchuvchi (bulg‘anuvchi)
moddalar bo‘lmagan yelimlar; emulsion tarkibli yelimlar kabi guruhlarga bo‘linadi. Shuni aytib
o‘tish kerakki, o‘quv ustaxonalarida, turmushda, ko‘pincha suv-emulsion yelimlar keng
ishlatiladi, chunki bunday yelimlarning tannarxi arzon, zararsiz, yonmaydi,
yelimli choklar
bilinmaydi (ko‘rinmaydi).
Rezinali yelimlar asosan, eritmalarga kauchuk yoki rezinali aralashmalarni qo‘shib eritish
orqali hosil qilinadi. Bunday yelimlar vulkanizasiyalovchi (tabiiy kauchukning organik eritma
bilan aralashmasi), issiqda vulkanizatsiyalovchi (140-150°C harorat ta’sirida) va o‘zi
vulkanizatsiyalovchi (xona haroratida) yelimlar guruhlariga bo‘linadi. Ikkinchi va uchinchi
guruhlarga kiruvchi yelimlarga asosan, sintetik smolalar qo‘shiladi. Ushbu yelimlar bilan hosil
qilingan birikmalar vulkanizatsiyalovchi yelimlar yordamida olingan birikmalarga nisbatan
ancha mustahkam bo‘ladi. 88 va 88N markali rezinali yelimlardan eng ko‘p foydalaniladi. Ular
asosan, rezinali aralashmalarni va butilfenolformaldegidli smolalarni etilatetat va benzinda
eritish orqali hosil qilinadi.
Rezinali yelimlar yordamida rezinani rezina bilan, metallar, shishalar
va boshqalar bilan
birlashtirib, yelimli birikmalar olinadi.
Bundan tashqari texnikaning turli sohalarida metallarni o‘zaro va nometall konstruksion
materiallar bilan yelimlab birikma hosil qilish uchun tarkibi sintetik smolalar va sintetik
kauchukdan iborat bo‘lgan yelimlar (BF-2, BF-4, VS-10Т VК-32-200, VК-3, VК-4, К-153) va
epoksidli yelimlar (Pr va PVК-1, VК-7, PU-2, VК-5) ham keng ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: