Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

 
19-rasm. 
Vintli saralagich
 
20-rasm. 
Vintli saralagichda mineral 
zarrachalarning harakatlanish sxemasi:
1
– yengil zarralar; 
2
– og'ir zarralar
 
Saralagichning yuqori o‘ramlaridan ajratgichlar yordamida boyitma, 
o‘rta o‘ramlaridan oraliq mahsulot, chiqindi esa tarnovchaning oxiridagi 
quyi o‘ramlaridan chiqarib olinadi. 
Vintli saralagichlar ishiga quyidagi konstruktiv va texnologik 
parametrlar ta'sir qiladi: vintsimon tarnovchaning diametri va qadami, 


59 
o‘ramlar soni, tarnovcha ko‘ndalang kesimining yon tomonidan ko‘rinishi, 
ajratgichlar soni, ularni o‘rnatish joyi, mineral zarrachalarning o‘lchami va 
shakli, bo‘tanadagi qattiq zarrachalarning miqdori, sarflanadigan suvning 
miqdori va h.k. 
Saralagichning diametri berilgan ishlab chiqarish unumdorligiga, 
ajratiladigan minerallarning yirikligi va zichligiga bog‘liq. Sanoatda 
ishlatiladigan saralagichlar tarnovchasining diametri 600 dan 1500 mm 
gacha bo‘ladi. 
Vintsimon tarnovchaning qadami uning gorizontal tekislikka 
nisbatan qiyalik burchagini belgilaydi. Boyitilayotgan mahsulot qancha 
mayda bo‘lsa, tarnovchaning nisbiy qadami shuncha kichik bo‘lishi kerak. 
Odatda u 0,4-0,6 ga teng.
Tarnovchaning o‘ramlari soni boyitilayotgan mahsulotning fizik 
xossalariga bog‘liq va yirikligidagi farq kamayishi bilan ortib boradi. 
Sanoat saralagichlarida o‘ramlar soni 4-6 tani tashkil qiladi. 
Ajratgichlar soni va ularni o‘rnatish joyi har qaysi aniq hol uchun 
tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Odatda tarnovchaning har qaysi o‘rami 
ajratgich bilan ta'minlanadi [9]. 
11-jadval 
Vintli saralagichlarning texnik xarakteristikasi 
Ko‘rsatkichlari 
SVM- 
1000 
SVM- 
1200 
SVM- 
1500 
SVM- 
1800 
Tarnovning diametri, mm 
750 
1000 
1200 
1500 
O‘ramning qadami, mm 
450-550 

600-850 

O‘ramlar soni 




Ishlab chiqarish unumdorligi, 
t/soat 
2-4 
3-8 
6-8 
20-30 
Yuvuvchi suv sarfi, l/s 
0,5 
0,6 

0,4 
Bo‘tanadagi qattiq zarrachalar 
miqdori, % 
20-40 
20-40 
20-40 
20-40 
Balandligi, mm 
4200 
4200 
4200 
5150 
Og‘irligi, t 
0,5 
0,7 
0,75 
1,25 
O‘lchami 4 mm dan 0,25 mm gacha bo‘lgan mahsulotlar vintli 
saralagichlarda samarali boyitiladi. Bundan mayda zarrachalar yomonroq 
boyitiladi. Dastlabki mahsulot tarkibida loyqa va mayin shlamlarning 
bo‘lishi vintli saralagichlarda ajralishning keskin buzilishiga olib keladi. 
Vintli saralagichlarda boyitishda, agar og‘ir mineral zarrachalari 
yassi plastinka, yengil mineral zarrachalari esa dumaloq shaklda 
bo‘lganda eng yaxshi natijalarga erishiladi. Yassi plastinka shaklidagi 


60 
zarrachalar siljishining ishqalanish kuchlari ta'sirida tarnovchaning ichki 
yon devorida ushlanib qolib, boyitmaga ketadi, yengil minerallarning 
dumaloq shakldagi zarrachalari esa tarnovning tashqi yon devori bo‘ylab 
harakatlanadi va chiqindiga ajraladi [1]. 
Vintli saralagichlarga berilayotgan bo‘tana tarkibidagi qattiq 
zarrachalarning massa bo‘yicha miqdori 25-30 % oralig‘ida ushlab 
turiladi. 
Ishlab chiqarish unumdorligi esa saralagichning o‘lchami va 
boyitilayotgan rudaning xossasiga qarab 2 dan 30 t/soat o‘zgaradi. 
Vintli saralagichlar sodda tuzilishga ega, ularni ishlatish qulay, 
ularda elektr energiya sarflanmaydi va o‘rnatishda kam joyni egallaydi. 
O‘lchami 4 mm dan 0,15 mm gacha bo‘lgan og‘ir minerallar (oltin, 
ilmenit, kassiterit va h.k.) boyitilganda 97 % ga qadar yuqori ajralishga 
erishish mumkin. Biroq minerallarning o‘lchami 4 mm dan ortsa yoki 0,15 
mm dan kamaysa vintli saralagichlarda boyitish samarasi keskin 
kamayadi. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish