16-rasm.
Qiya tarnovchada mineral zarrachalarning ajralish sxemasi
Yuqorida ko‘rsatilgan omillarning ta'siri natijasida pastki
qatlamlarda (tarnovchaning tubida) og‘ir minerallarning zarrachalari,
yuqori qatlamlarda esa yengil minerallarning zarrachalari to‘planadi.
Bo‘tana tarnovchadan mineral zarrachalarning zichligi yuqoridan pastga
Bo’tana
Bo’tana pastki
oqimi
boyitma
chiqindi
oraliq
mahsulot
54
tomon ortib boruvchi yarim doira shaklida tushadi. Ajratuvchi to‘siqlar 2
yordamida turli zichlikdagi mahsulotlar tegishli yig'uvchi idishlar 3 ga
jo‘natiladi.
Rudalarni boyitishda nisbatan kengroq ishlatiladigan, ishlash usuli
ruda oqimini zichlikdagi farqqa qarab torayuvchi tarnovchada ajratishga
asoslangan ikkita uskunani ko‘rib chiqamiz.
Purkovchi konsentrator (17-rasm) 24 ta torayuvchi tarnovcha 6 dan
tashkil topgan.
Yuqoridagi 2 ta tarnovchada asosiy boyitish, pastki tarnovchalarda
esa boyitma va chiqindini tozalash amalga oshiriladi.
17-rasm.
Purkovchi konsentrator
Har qaysi tarnovcha kengligi 0 dan 3 mm oraliqda o‘zgartira
55
olinadigan ko‘ndalang tirqishga ega. Tirqishlar orqali og‘ir minerallarning
zarrachalari bo‘shatib olinadi va yig'uvchi idishlar 5 va 9 da to‘planadi.
Tarnovchalar gorizontga 12 - 20° burchak ostida o‘rnatilishi mumkin.
Tarnovchalarning qiyaligi vintli moslama 3 orqali moslashtiriladi.
Bo‘tana yuqoridagi 12 ta tarnovchaga bo‘tana bo‘lgich (1) dan
halqasimon tarnovcha (2) orqali taqsimlanadi. Pastki tarnovchalarga esa
yig'uvchi qutichalar orqali yuqori tarnovchalardan o‘z-o‘zidan quyiladi.
Bo‘tanani tarnovchaga quyiladigan joyida oqimning tezligini pasaytirish
va tarnovchaning kengligi bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi uchun quticha 4
o‘rnatilgan.
Tarnovchaning bo‘shatish tomonida mahsulotlar yarim doirasining
ajralishi mahsulotlarni qabul qiluvchi quti (8)ga yo‘naltiruvchi kesgichlar
(7) orqali amalga oshiriladi.
Uskunalar – 2+0,044 mm yiriklikdagi va qattiq zarrachalarning
miqdori 45÷60 % li bo‘tanada ishlaydi. Uning ishlab chiqarish
unumdorligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog‘liq bo‘lib,
soatiga 3 dan 12 tonnagacha oraliqda bo‘ladi.
Purkovchi konsentratorning afzalligi - bitta uskunada birlamchi
boyitish va pastki tarnovchalarda mahsulotni qaytadan boyitish
jarayonlarini bajarish mumkinligi.
Purkovchi konsentratorlar titan-sirkoniyli sochma konlar va ba'zi
tub konlar rudalarini boyitishda samarali ishlatilmoqda. Ayniqsa 0,1 mm
dan kichik o‘lchamdagi mahsulotlarni boyitishda yuqori samaradorlikka
erishiladi [1].
Kamyob metalli sochma konlar rudalarini boyitishda konusli
saralagich (18-rasm) ishlatiladi.
Saralagich ichki tomoniga yaxshilab ishlov berilgan to‘nkarilgan
kesik konusdan iborat. Ishchi konusning pastki qismida markazga
quyiluvchi toraygan tarnovchani tashkil qiluvchi qisqa ponalar (5)
o‘rnatilgan. Saralagichlar ponalarsiz ham ishlab chiqariladi. Ishchi konus
ustida taqsimlovchi konussimon xalqa (2) o‘rnatilgan bo‘lib, u teshikli
xalqasimon to‘siq (3)ga ega. Saralagich bo‘tana bo‘lgich (1) bilan
ta'minlangan.
Ishchi konusning ostida boyitish mahsulotlarining chiqishi va
sifatini boshqarish uchun texnik qurilma o‘rnatilgan bo‘lib, u vertikal
yo‘nalishda shturva l6 orqali harakatlanuvchi ajratkich va vintli uzatmadan
iborat. Boyitish mahsulotlari yig'uvchi tarnovcha (8)ga tushadi.
Saralagichning hamma konstruktiv elementlari metall rama (9)ga
o‘rnatilgan.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |