Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari


I BOB. FOYDALI QAZILMALAR



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

I BOB.
FOYDALI QAZILMALAR
HAQIDA TUSHUNCHA 
 
 
1.1. Foydali qazilmalar haqida tushuncha, rudali foydali 
qazilmalarning xalq xo‘jaligidagi o‘rni 
 
Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, 
ya’ni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyingi 
ishlatish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish 
maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmog‘i hisoblanadi. 
Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi 
qimmatbaho (foydali) komponent, qo‘shimchalar, yo‘ldosh elementlarning 
miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
Qimmatbaho komponent 
deb shu qimmatbaho komponentni ajratib 
olish uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy 
birikmaga aytiladi. Masalan, mis, qo‘rg‘oshin, temir, asbest misli, 
qo‘rg‘oshinli, temirli va asbestli rudalarda tegishli ravishda qimmatbaho 
komponentlar hisoblanadi. 
Qo‘shimchalar foydali va zararli bo‘lishi mumkin [2]. 
Foydali qo‘shimcha
deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda mavjud bo‘lib, qimmatbaho komponent bilan birga ajralib, uning 
sifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy 
birikmalarga aytiladi. 
Zararli qo‘shimchalar
deb foydali qazilmada uncha ko‘p 
bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaho komponent bilan 
birga ajralib, uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini 
qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
Yo‘ldosh elementlar
deb foydali qazilma tarkibida uncha katta 
bo‘lmagan miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni 
yer qa’ridan asosiy qimmatbaho komponent bilan birga qazib 
olinayotganligi uchungina iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan 
qimmatbaho komponentlarga aytiladi. Masalan, polimetall rudalardagi 
nodir metallar, temirli rudalardagi boshqa rangli metallar, misli rudalardagi 
molibden va h.k. lar yo‘ldosh elementlarga kiradi. Boyitishda yo‘ldosh 
elementlar alohida mahsulotlarga yoki asosiy qimmatbaho komponent 
bilan birga ajratilishi mumkin. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish