O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Kanop o’simligi biologiyasi va
xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Kanop 
qimmatli lub tolali ekin. Uning poyasida 18-24 % tola saqlanadi. Tolasi egiluvchan, 
mustahkam, mayin, gigrosko’ik. Bu tola qop-qanor, arqon, brezent, uy jihozlari 
uchun gazmollar, o’rash uchun iplar, turli arqonlar, qanorlar, mebelg’ materiallari, 
iplar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Kanop urug’i tarkibida 18-20% moy bo’ladi, moy, lak-bo’yoq sanoatida, 
sovun tayyorlashda ishlatiladi. Hindistonda lampa moyi sifatida ishlatiladi. 
Kanop yovvoyi holda Janubiy Afrikada uchraydi. Uning vatani Hindiston va 
Janubiy Afrika hisoblanadi. Kanop ko’proq Hindiston, Eron, Xitoy, Yava va 
Sumatra orollarida, Afrikada, Amerikada (AQSH, Braziliya, Kuba va boshqalar) 
ekiladi. Kanop 1915-1916 yillarda SHimoliy Kavkaz va Turkiston sinash 
stantsiyasida tajriba sifatida ekila boshladi.
O’zbekistonda kanop sug’oriladigan yerlarda ekiladi. O’zbekistonda 1927 
yildan boshlab ekib kelinadi. Kanop hozirgi vaqtda O’zbekistonda, Qirg’izistonda, 
SHimoliy Kavkazda ekiladi. Hozirda mamlakatimizda kanop ekiladigan maydonlar 
ancha qisqardi. 1999 yilda 2,5 ming gektar ekilgan, 1990 yilda kanop 15 ming 
gektarga ekilgan. 


63 
Kanop o’rtacha bir gektar yerdan 100-120 s poya va 4-5 s urug’ beradi. Lekin, 
yuqori agrotexnikani qo’llash natijasida, kanopdan 150-180 s ko’k poya, 8-9 s urug’ 
olish mumkin. 
Tola va urug’lik uchun ekilgan maydonlarda kanop poyasi hosili 180 s/ga va 
undan ortiq. Toshkent viloyatining O’rta CHirchiq tumanidagi Oxunboboev 
xo’jaligida har yili kanopdan 200-250 s/ga hosil olingan. 
Botanik tavsifi
. Kanop qimmatli lub tolali ekin. Uning poyasida 18-24 % tola 
saqlanadi. Tolasi egiluvchan, mustahkam, mayin, gigrosko’ik. Bu tola qop-qanor, 
arqon, brezent, uy jihozlari uchun gazmollar, o’rash uchun iplar, turli arqonlar, 
qanorlar, mebelg’ materiallari, iplar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda keng 
qo’llaniladi.
Kanop urug’i tarkibida 18-20% moy bo’ladi, moy, lak-bo’yoq sanoatida, 
sovun tayyorlashda ishlatiladi. Hindistonda lampa moyi sifatida ishlatiladi.
Kanop yovvoyi holda Janubiy Afrikada uchraydi. Uning vatani Hindiston va 
Janubiy Afrika hisoblanadi. Kanop ko’proq Hindiston, Eron, Xitoy, Yava va 
Sumatra orollarida, Afrikada, Amerikada (AQSH, Braziliya, Kuba va boshqalar) 
ekiladi. Kanop 1915-1916 yillarda SHimoliy Kavkaz va Turkiston sinash 
stantsiyasida tajriba sifatida ekila boshladi.
O’zbekistonda kanop sug’oriladigan yerlarda 1927 yildan boshlab ekib 
kelinadi. Kanop hozirgi vaqtda O’zbekiston, Qirg’iziston, SHimoliy Kavkazda 
ekiladi. Hozirda mamlakatimizda kanop ekiladigan maydonlar ancha qisqardi. 1990 
yilda kanop 15 ming gektar, 1999 yilda 2,5 ming gektarga ekilgan.
Haroratga talabi. Kanop issiqsevar o’simlik. Urug’lari 10-12
0
S haroratda 
ko’karib boshlaydi. 13-15
0
S hayotchan maysalar hosil bo’ladi. Maysalarning 
qiyg’os unib chiqishi harorat 20-22
0
S kuzatiladi. Sovuq 1-1,5
0
S bo’lganda 
maysalari, shuningdek, voyaga yetgan o’simliklar ham nobud bo’ladi. Kanopning 
o’sishi, yuqori hosil shakllantirishi uchun eng maqbul harorat 23-25
0
S. O’suv 
davrining oxirida issiqqa talabchanligi kamayadi. Urug’larni yetilishi 14-16
0

issiqda ham o’tadi, bu davrga kelib havo nisbatan quruq bo’ladi. 
Yorug’likka talabi. Kanop yorug’sevar o’simlik. Tup qalinligi juda yuqori 
bo’lsa, yorug’lik yetishmaydi, o’simlik past bo’yli, kuchsiz bo’lib sekin o’sadi. U 
qisqa kunli o’simliklar guruhiga mansub – yorug’lik kuni 12 soatga qisqartirilsa, 
kanop tez rivojlanadi, ammo poyasi past bo’lib qoladi. 
Namlikka talabi. Kanop tuproq namligiga talabchan. Uning meyorida o’sib 
rivojlanishi, yuqori hosil to’plashi uchun eng maqbul tuproq namligi eng kam dala 
nam sig’imining 75-80 %. SHuning uchun kanop O’zbekistonda faqat 
sug’oriladigan yerlarda ekiladi. Namga eng talabchan davri uch bo’lakli barglarni 
hosil bo’lishigacha, poyani jadal o’sishiga to’g’ri keladi. 
Tuproqqa talabi. O’zbekistonda kanop unumdor tuproqlarda, daryo 
sohillarida bo’z, o’tloq, o’tloq-bo’z tuproqlarda ekiladi. SHo’r, qumoq, 
botqoqlashgan, toshloq tuproqlarda u yaxshi o’smaydi. SHo’rtob tuproqlar kanop 


64 
uchun yaroqsiz. O’suv davri 120-160 kun. O’zbekistonda Uzbekskiy – 1574, 
Uzbekskiy – 1503 navlari Davlat reestriga kiritilgan. 
Ozuqa moddalarga talabi. Kanop gektaridan 180-200 s poya berishi uchun 
tuproqdan ko’p ozuqa elementlarini o’zlashtiradi. Kanop fosforni azotga nisbatan 
besh barobar kam o’zlashtiradi. 1 t poya va shunga muvofiq barglar hosil qilish 
uchun kanop tuproqdan14 kg azot, 2,5 kg fosfor o’zlashtiradi. 
Kanop mahdanli va organik o’g’itlarni solishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Mahdanli va organik o’g’itlarni bir vaqtda qo’llash eng yuqori natija beradi. 
Kanopning o’sish xususiyatlari. Kanop o’sish davrining dastlabki 30-45 kunida juda 
sekin o’sadi. Bu davrda uning ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi. Keyin uning yer ustki 
massasi tez, bir kunda 6-10 sm o’sadi. Ensiz, lansetsimon bargining hosil bo’lishi 
bilan poyaning o’sishi deyarli to’xtaydi. 
Dastlabki rivojlanish davrida poyalar sekin o’sganda uni begona o’tlardan 
himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Kanopning gullash davri davomli 6 
haftagacha davom etadi. Har kuni 1-2 gul ochiladi. O’zbekiston sharoitida barg 
qo’ltiqlaridan ikkilamchi, uchlamchi gullar ham hosil bo’ladi va bunday holda bir 
kunda 5-7 gul ochiladi. 
Kanop o’zidan changlanadi, kam miqdorda chetdan changlanish kuzatilishi 
mumkin. Gullar odatda ertalab ochiladi. Havo bulutli bo’lsa gullarni ochilishi 
kechikadi. Gullar ochiq havoda kam bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida so’liydi va 
yopiladi. Gullash davri chopzilganligi uchun ko’saklar va urug’larning pishishi uzoq 
davom etadi. pastda joylashgan ko’saklarda urug’ pishganda poyaning yuqori 
qismida gullash davom etadi. Odatda gullash 80-100 kun o’tgach boshlanadi. 
Texnikaviy yetilishi 110-130 kunda biologik yetilish (urug’ni pishishi) 130-150 
kunda kuzatiladi. 
Kanopni yetishtirish texnologiyasi. Kanop almashlab ekishda kuzgi bug’doy, 
don dukkakli ekinlardan va bedadan keyin ekiladi. Uni g’o’zadan keyin ham 
mumkin, chunki qator oralari ishlanadigan o’simliklardan keyin ekilganda, tuproqda 
begona o’t kam bo’ladi. Kanop boshlang’ich o’sish davrida sekin o’sganligi uchun 
begona o’tlardan toza tuproqlarni hohlaydi. 
Erni ekishga tayyorlash. Kanop ekish uchun yer kuzda chuqur 28-30 sm 
shudgor qilinadi. Erta bahorda tuproqda namni saqlab qolish va begona o’tlarni 
yo’qotish maqsadida kuzgi shudgorni ko’ndalangiga yoki diognaliga qarab borona 
qilinadi. SHudgor zichlashib ketgan yoki begona o’tlar ko’p bo’lgan maydonlarda 
ekishdan oldin kultivasiya yoki diskali kulg’tivatorlar yordamida ishlanadi. So’ngra 
borona va mola bosiladi. Kanop o’simligi kechki ekin urug’lari mayda bo’lganligi 
uchun ekishgacha shudgor yaxshi ishlanishi kerak. SHundagina urug’ tekis 
ko’miladi va maysalar yaxshi unib chiqadi.
O’g’itlash. Kanop oziq moddalarga talabchan o’simlik. Gektaridan 110 s dan 
poya hosili olinganda u vegetatsiya davri davomida tuproqdan 120-150 kg azot, 60-
80 kg fosfor, 120-160 kg kaliy oladi. SHuning uchun kanop ekilganida mayda 


65 
o’g’itlar bilan bir qatorda organik o’g’it gektariga 10-15 t. Hisobida kuzgi shudgor 
o’tkazish davrida berish kerak. Umuman o’rtacha kanop ekiniga 90-150 kg azot, 90-
150 kg. fosfor, 50-70 kg kaliy o’g’itlari berish kerak. 
Mineral o’g’itlarni asosiy qismi, yahni 50-60% fosforli va 50% kaliyli 
o’g’itlar organik o’g’itlar bilan birga kuzgi shudgorda beriladi. Birinchi oziqlantirish 
maysalar paydo bo’lgandan so’ng 25-30 kun o’tgach, ikkinchi oziqlantirish esa 
birinchidan 20-25 kun o’tgach o’tkaziladi. O’g’it egatlar o’rtasida 5-8 sm 
chuqurlikda ko’miladi. 
Urug’ni ekishga tayyorlash. Ekish uchun saralangan zarpechak urug’laridan 
tozalangan I, II va III sinf urug’lar ishlatilishi kerak. Urug’ni unib chiqish darajasini 
oshirish maqsadida ekishdan oldin 5-8 kun oftobda qizdirish kerak.
Ekish muddatlari. Kanop haroratga talabchan o’simlik. SHuning uchun tuproq 
temperaturasi 14-19
0
C ga yetganda ekiladi. Kanop ekish uchun qulay muddat aprel 
oyi hisoblanib, bunda tabiiy namda maysalar unib chiqadi. Lekin urug’lik 
maydonlarda kanop tola uchun ekilganida nisbatan ertaroq ekilishi kerak. Urug’lik 
kanop ekish uchun eng qulay muddat aprel oyining 1 chi o’n kunligi, tola olish uchun 
esa shu oyning ikkinchi yarim o’n kunligi hisoblanadi. 
Ekish usullari. Kanop keng qatorlab, qator orasi 50-60 sm qilib ekiladi. Tola 
olish uchun qator orasi 50 sm, lenta orasi 15 sm , yahni 50x15 sm shaklda ekiladi. 
Urug’ olish uchun qator orasi 60 sm qilib yakka qatorlab ekiladi. 
Ekish meyori. Urug’ni ekish meyori tuproq xususiyati, shuningdek ekishdan 
ko’zda tutilgan maqsad, poya yoki urug’ olish uchun ekilishiga qarab belgilanadi. 
Kanop poya olish uchun gektariga 50-55 kg urug’ sarflanadi. Bunda 1 ga yerda 1,2-
1,4 mln dona o’simlik bo’lishi kerak. Tuproqni unumdorligi pastroq, o’g’itlar 
kamroq beriladigan bo’lsa, urug’ni ekish meyori ham 35-40 kg kamaytiriladi va bu 
holda bir gektarda 0,8-1,2 mln o’simlik bo’ladi. 
Ekinni parvarish qilish. Kanop ekinini parvarish qilish, qatqaloqqa qarshi 
kurash, qator oralarini ishlash, oziqlantirish va sug’orishdan iborat. Maysa paydo 
bo’lguncha tuproq betida hosil bo’lgan qatqaloqni ekinlarni ko’ndalangiga qarab 
borona qilish bilan yo’qotiladi. Qatqaloq esa o’simlik qator orasiga ishlov berish 
usuli bilan yo’qotiladi.
Vegetatsiya davrida hammasi bo’lib 4-5 marta kultivasiya qilinadi. Kanop 
suvga talabchan o’simlik. Yer ostki suvlari 1,0-1,5 m pastda joylashgan o’tloqi-
botqoq tuproqlarda kanop 5-7 marta sug’oriladi. Sug’orish meyori 800-1000 m
3
/ga. 
Hosilni yig’ish. Kanop poyasi tola uchun texnik jihatdan yetilganda 
yetishtiriladi. Bunda poyaning uchki qismida lansetsimon barg paydo bo’ladi. 
Kanop poyasi JK-2,1 A markali o’rish mashinasida 7-8 sm balandlikda o’riladi. 
So’ngra po’stloqni shilish uchun LS markali mashina ishlatiladi. po’stloq (lub) 
poyadan shilib olingandan so’ng, 2-3 kun davomida yerga yupqa qilib yoyib 
quritiladi va uchlari tekislanib, har biri 8-10 kg dan bog’ qilib bog’lab, lub zavodiga 
to’shiriladi. Bu usulda poya ko’k bo’ladi va po’stloqni shilish qulay bo’ladi.


66 
Ikkinchi kanop poyasi to’la yetilib, sariq rangga kirganida o’riladi. Bu 
muddatda o’rilgan poyalar poya holicha zavodga to’shiriladi va zavodda uni ivitib, 
so’ngra po’stloq olinadi. 
Urug’lik kanop pastdagi 3-4 ta ko’sakchalari qoraya boshlashi bilan yig’ib 
olinadi va poyalar bog’-bog’ qilib bog’lanib, yaxshi qurishi uchun bog’lar tik qilib 
taxlanadi. SHu holda 4-5 kun quritilgandan keyin MK-6 markali mashinada 
yanchiladi. Olingan urug’lar quritilib, don tozalagich mashinalarida tozalanib 
qo’larga solib omborlarda saqlanadi. Urug’ olingan poyalar esa zavodlarga 
to’shiriladi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish