yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo‘lishi
bilan yakunlandi. Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol,
siyosiy barqaror davlatning
shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat shu davlatdagina emas, balki boshqa
o‘lkalarda xam davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo‘llanila boshlandi.
Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va
samarali shaklini yaratish bo‘yicha xarakatlar Amir Temurning “Temur tuzuklari”da o‘z aksini
topib Hozirgacha xam o‘zining qimmatini yo‘qotmagan. Aksincha,
bugungi mustaqil
O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda xam
boshqarishni tashkil qilishda muxim dastur amal sifatida qo‘llanilmoqda.
Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish so’nggi o’n yilliklarda kasbiy faoliyatining bir
shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim bo’g’iniga aylandi. Bu ilmiy-texnik
taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan to’liqroq foydalanish yo’li bilan boshqarish
samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi
bilan tushuntiriladi. Malakali ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik,
motivatsiya darajasi,
xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi.
Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi
xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning
kompleks xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish
shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli
faoliyat yuritishining
muhim sharti – xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablag’larini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi bo’lgan “inson resurslari”
kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, uzluksiz o’qitib borish va ishchining
sifatlari, imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan
kapital qo’yilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tirof etishga asoslanadi. Bu
kontseptsiyaning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
* zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;
* firma doirasida boshqarish;
* xodimlar bilan
ishlash tizimini qayta qurish;
Xodimlarni boshqarishning zamonaviy nazariyasi va amaliyotida, industrial taraqqiy etgan
mamlakatlarning firmalarida bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan 2 xil yondashuvni ko’rish mumkin
(10-jadval).
“Amerikacha” yoki “bozor” yondashuvida xodimlarini boshqarish asosan tashqi mehnat
bozori, iqtisodiyot holati, ma’lum tovarga bo’lgan talab va taklifga qarab tashkil etiladi.
Bu yondashuv ishchi kuchi ortiqchaligi va ishsizlik yuqori bo’lgan, xukumatning ijtimoiy
ta’minot dasturi ishdan bo’shaganlarni himoya qiladigan va ijtimoiy keskinlikni pasaytiradigan
sharoitda vujudga keldi. Bu sharoitda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida
xodimlar bilan ishlash texnologiyasi doimiy ravishda takomillashtirib borilardi va shunga muvofiq
ravishda xodimlarni boshqarishning tamoyillari ishlab chiqarilardi.