Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

NOTA BENE ! 
O‘q-dorilar
deganda, qurol uchun lozim bo‘lgan o‘qlar, artilleriya 
snaryadlari, bombalar, minalar, granatalar, raketalarning jangovar qismlari, 
shuningdek, o‘qotar quroldan otish uchun mo‘ljallangan ashyolar 
tushuniladi. 
 
1
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 27 февралдаги «Қонунга хилоф 
равишда қуролга эгалик қилиш тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида» 3-сонли қарори,
2-
банд. 
40 


Umuman olganda, o‘q-dorilarda o‘qotar qurollarga xos bo‘lgan 
belgilar yig’indisi mavjuddir. Bu, birinchidan, ularning faqat jonli nishonni 
mahv etish, vayron qilish va h.k. lar uchun mo‘ljallanganligi bo‘lsa, 
ikkinchidan, ruxsatnoma olish zarurligi to‘g’risidagi qoidalarning ularga 
ham taalluqli ekanligidir.
O‘q-dorilarning: artilleriya zambaraklari va o‘qotar qurollar uchun 
o‘q-dorilar (snaryadlar, o‘qlar); kichik kalibrli, o‘yma va silliq stvolli ov 
qurollari, qo‘lda yasalgan qurollar uchun o‘qlar; portlash xususiyatiga ega 
o‘q-dorilar (minalar, bombalar, granatalar va h.k.lar) kabi turlari 
mavjuddir. 
Mashq granatalari yoki minalari portlovchi moddasi yo‘qligi, jonli 
nishonni mahv etish va vayron qilish uchun emas, faqat o‘quv maqsadlari 
uchun mo‘ljallanganligi sababli ularga egalik qilish jamoat xavfsizligiga 
xavf tug’dirmasligi munosabati bilan, ular o‘q-dori sifatida ko‘rib 
chiqilishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorida: «O‘q-dorining 
bo‘lagi (masalan, granataning zapali), agar uning o‘zi o‘q-dorining barcha 
xususiyatlariga ega bo‘lsa, mustaqil ravishda o‘q-dori, deb tan olinishi 
mumkin»
1
deb qayd etiladi. 
NOTA BENE ! 
Portlovchi moddalar
deganda, porox, dinamit, trotil, nitroglitserin va 
kislorodli havo yetishmagan vaziyatda portlash xususiyatiga ega bo‘lgan 
kimyoviy moddalar va aralashmalar tushuniladi. 
Tashqi omillar ta’siri ostida portlash xususiyatiga ega va ruxsatnoma 
olinishi zarur bo‘lgan tabiiy va sun’iy moddalar portlovchi moddalar 
hisoblanadi. Yondirish, zarba, detonatsiya, qizish, havo bilan birikish va 
h.k.lar natijasida portlash xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy va sun’iy 
birikmalar, aralashmalar ham shular jumlasidandir. 
Kimyo sanoatining jadal rivojlanganligi munosabati bilan portlovchi 
moddalarning minglab turlari kashf etilgan va mavjuddir. Masalan, porox, 
1
Ўша жойда, 5-банд. 
41 


trotil, piroksilin, natriglikol, nitroglitserin, dinamit, ammonal, ammonit va 
h.k.lar shular jumlasiga kiradi. 
Qonun chiqaruvchi tomonidan ana shu moddalarning o‘ta xavfli 
xususiyatga ega ekanligini inobatga olinib, ularni qo‘lga kiritish, saqlash, 
ulardan foydalanish, tashishning maxsus tartibi joriy etilib, ruxsatnoma 
olinishi zarur bo‘lgan vositalar qatoriga kiritilgan. 
Portlovchi moddalar mustaqil tarzda, shuningdek, o‘q-dorilarda, 
ularning tarkibiy qismlarida, portlatish vositalarida zaryadlar sifatida 
ishlatilishi mumkin. Shunga ko‘ra, 
tashabbuskor, 
parchalovchi
(yanchadigan), otish (porox) va pirotexnika tarkiblari farqlanadi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish