Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

JK 298-moddasi
dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi.
JK 298-moddasi
harbiy mashinalarni boshqarish yoxud ulardan foy-
dalanish qoidalarini buzishning barcha ehtimoliy oqibatlarini, jumladan bir 
necha shaxslarning o‘limini ko‘zda tutadi. Shuning uchun bir necha 
shaxslarning o‘limi kabi alomatning mavjudligi sodir etilgan qilmishni JK 
262-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiyalashga asos bermaydi. 
5-§. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish 
qoidalarini buzish (JK 299-moddasi) 
Jinoyatning
asosiy bevosita obyekti
Qurolli Kuchlarda o‘rnatilgan 
uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rishning tartibiga hamda harbiy 
uchish apparatlaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishini 
ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar bo‘ladi. 
Qo‘shimcha bevosita 
obyekt
– fuqarolarning hayoti, sog’lig’i, Qurolli Kuchlar mulkining 
xavfsizligini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlardir. 
Ushbu jinoyatning 
predmeti
deb uchish apparatlari tan olinadi. 
Uchish apparatlariga 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 
tegishli bo‘lgan samolyotlar, vertolyotlar, planerlar va ularning 
maqsadidan qat’i nazar boshqa inson tomonidan boshqariladigan uchish 
apparatlari (jangovar, razvedka, transport uchish apparatlari), shuningdek, 
uchuvchisiz uchadigan samolyotlar va planerlar kiradi. 
352 


Obyektiv jihatdan JK 299-moddasida 
ko‘zda tutilgan jinoyat 
halokat yuz berishiga yoki boshqa og’ir oqibatlarga sabab bo‘lgan uchish 
yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini, shuningdek, uchish 
apparatlaridan foydalanish qoidalarini buzishda ifodalanadi.
Ushbu modda blanket dispozitsiyali. Har bir alohida holatda uchish 
qoidalarining, shuningdek, uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarining 
qaysi bandi buzilganligi hamda ushbu buzish va halokat yoki boshqa og’ir 
oqibatlar shaklidagi yuz bergan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog’lanishni 
aniqlash lozim bo‘ladi. 
Uchishlarni bajarish tartibi, shuningdek, harbiy uchish apparatlaridan 
foydalanishning qoidalari ham umumfuqaroviy, ham maxsus harbiy 
qo‘llanuvchi turli me’yoriy hujjatlar (boshqarish texnikasi, harbiy aviatsiya 
xizmatlarining muhandislik-aviatsiya, shturmanlik, navigatsiya, 
meteorologik va boshqa turlari masalalari bo‘yicha buyruqlar, 
qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar) bilan batafsil belgilab berilgan. 
Uchish 
deb, dvigatellarni uchib ketish uchun ishga tushirishdan 
boshlab, qo‘nishdan keyin dvigatellarni to‘xtatish bilan tugallanadigan 
vaqt davri hisoblanadi. 
Shuning uchun ushbu jinoyat uchun javobgarlik, faqat uchish appa-
ratini havoda boshqarish vaqtida yoki ko‘tarilish-qo‘nish yo‘lagidagi 
harakat chog’ida – ko‘tarilish yoki qo‘ngandan so‘ng dvigatel to‘xtashiga-
cha bo‘lgan vaqtda uchish apparatini boshqarish qoidalarini buzish, 
shuningdek, mashinani va ekipajni uchish oldidan tayyorlash qoidalarini 
buzgandagina yuzaga kelishi mumkin. Mashinaning havoga ko‘tarilishi 
yoki qo‘nishi bilan bog’liq bo‘lmagan hodisalar ushbu modda bilan 
javobgarlikka tortishga asos bo‘la olmaydi va boshqa jinoyat tarkibini 
tashkil etishi mumkin. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish