Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

Subyektiv tomondan
jinoyat qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida 
sodir etilishi mumkin. Ayrim qoida buzishlar faqat qasddan sodir etilishi 
mumkin (postdan ketish, qo‘riqlanayotgan obyektdan o‘qirlash va h.k.). 
Boshqalari esa ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladi (qurol bilan ehtiyotsiz 
munosabatda bo‘lish, postda xizmat o‘tayotganda yetarli darajada ogoh 
bo‘lmaslik va h.k.). Ammo ham qasddan, ham ehtiyotsizlik orqasida sodir 
etiladigan buzilishlar bor (postdagi uyqu, patrul qilish yo‘li bilan xizmat 
o‘tashda qo‘riqchi yo‘nalishining buzilishi va h.k.). Og’ir oqibatlarga 
nisbatan ayb ko‘pincha, ehtiyotsizlik ko‘rinishida ifodalanadi, ammo 
qasddan ham sodir etilishi mumkin. 
Jinoyatning 
motiv 
va 
maqsadi
turlicha bo‘ladi va qilmishni kvali-
fikatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
JK 291-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning 
subyekti
, faqat 
qorovul yoki soqchilik (qorovul boshlig’i, razvodchi, qo‘riqchi, qorovul va 
boshqalar) tarkibidagi shaxslar bo‘lishlari mumkin. Qorovul (soqchilik) 
xizmatini (masalan, garnizon komendanti, garnizon gauptvaxtasi boshlig’i) 
tashkil etishga va holatiga javobgar bo‘lgan, ammo qorovul (soqchilik) 
tarkibiga kirmaydigan lavozimli shaxslar ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning 
subyektlari bo‘la olmaydilar. Bu shaxslar tomonidan qorovul (soqchilik) 
xizmati nizom qoidalarining buzilishi tegishli belgilari yetarli bo‘lganida 
harbiy mansabdorlik jinoyati sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin. 
Qonunchilik va Qurolli Kuchlarning Umumharbiy Nizomi harbiy 
qasam qabul qilmaganlarni harbiy xizmat qorovuliga tayinlashni 
taqiqlaydi, qasamyod qabul qilish – shaxsni ko‘rib chiqilayotgan jinoyat 
subyekti deb topilishi uchun zaruriy shartdir. 
320 


Jinoyatning bajaruvchisi qorovul xizmati o‘tash nizom qoidalarining 
buzilishida ifodalanayotgan, qorovul xizmati o‘tayotgan shaxs bo‘ladi, 
ularning ishtirokchilari esa, qorovul tarkibiga kirmagan ham harbiy 
xizmatchilar, ham fuqaro shaxslar bo‘lishlari mumkin. 
Qorovul tarkibiga kiruvchi shaxslar, ko‘rib chiqilayotgan jinoyat 
qamrab olmaydigan boshqa jinoyatlarni sodir etishlari mumkin, ulardan 
biri qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish bilan birgalikda 
kvalifikatsiya qilinadi, boshqasi esa, qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni 
talab etadi.
Qorovul tomonidan qorovulga qo‘riqlashga topshirilgan mulkni 
qo‘riqlash begonaning mulkini talon-toroj qilish va qorovul xizmati 
o‘tashning qoidalarini buzishdan tashkil topgan jinoyatlar yig’indisi 
bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
Shu bilan bir vaqtda, qorovul tomonidan atrofdagilar uchun 
orttirilgan xavf tug’diruvchi qurol, moddalar va narsalar bilan muomalada 
bo‘lish qoidalarining buzilishi faqat JK 297-moddasi bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilinadi (atrofdagilar uchun orttirilgan xavf tug’diruvchi 
qurol, moddalar va narsalar bilan munosabat qoidalarining buzilishi), agar 
bunda qo‘riqlanadigan obyektlar xavfsizligini ta’minlovchi qorovul 
xizmatini o‘tash qoidalari amalda buzilmagan bo‘lsa (masalan, qo‘riqchi 
qurol bilan o‘ynab, undan o‘q uzib, unga qo‘riqlash uchun topshirilgan 
yoqilg’i-moylash materiallari omborini yo‘qqa chiqarsa), agar bu qoidalar 
buzilgan bo‘lsa, bunda qilmish bir vaqtning o‘zida qorovul xizmatini 
o‘tash qoidalarining buzilishiga olib keladi, qilmishning tegishli belgilari 
mavjud bo‘lganda JK 296-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi 
(Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish). 
Qo‘riqchi (qorovul) tomonidan qo‘riqlanayotgan obyektnigina emas, 
balki joylashgan harbiy qismni tashlab ketish ham jinoyatlar jami bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilinishi lozim: agar tegishli zarar yetkazilgan bo‘lsa, harbiy 
xizmatdan bo‘yin tovlashning tegishli turi (masalan, dezertirlik) va 
qorovullik xizmati qoidalarining buzilishi. 
321 



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish