JK 276-moddasi 3-qismida
«Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini
bo‘yniga olish to‘g’risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik
vositalari yoki
psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi»,
degan rag’batlantiruvchi norma o‘z aksini topgan.
(«Ixtiyoriy topshirish» tushunchasining mazmuni haqida JK 273-
moddasi tahliliga qarang.)
«Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof
ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar»
mavzusi bo‘yicha yakuniy savollar
1. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish qanday harakatlardan iborat?
Bunday ekinlarga nimalar kiradi? JK 270-moddasi (Taqiqlangan ekinlarni
yetishtirish)da nazarda tutilgan o‘rtacha kattalikdagi
va katta ekin maydoni
deganda nima tushuniladi?
2. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof
ravishda egallash qanday usullar orqali amalga oshiriladi? Mazkur jinoyat
qachon tugallangan hisoblanadi?
3. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar sirasiga nimalar
kiradi? Prekursorlar nima?
4. Shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar sirasiga
nimalar kiradi?
5. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan
qonunga
xilof ravishda muomala qilish deganda nima tushuniladi? Bu tushuncha
qaysi jinoiy qilmishlarni o‘z ichiga oladi?
6. JK 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop
moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyor-
lash, olish, saqlash va boshqa
harakatlar qilish, shuningdek, ularni
qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bo‘yicha shaxsni jinoiy javobgarlikka
tortish uchun qanday zaruriy shart mavjud bo‘lishi kerak?
7. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish
nima?
202
8. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish
yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil
qilish yoki saqlash nimadan
iborat?
9. Giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga
ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga
jalb etish deganda nima
tushuniladi? Uning qanday turlari, sodir etish usullari bor?
10. JK 274-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop
moddalarni iste’mol qilishga jalb etish) uchun jinoiy javobgarlikka
tortishning qanday zaruriy shartlari bor?
11. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish
yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish nimalarda ifodalanadi?
12. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish
maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash
va boshqa harakatlar nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: