Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o


tugallangan deb e’tirof etiladi.  NOTA BENE !



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

tugallangan
deb e’tirof etiladi. 
NOTA BENE ! 
Tashish
deganda, tashish usulidan qat’i nazar, giyohvandlik vositalari 
yoki psixotrop moddalarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish bilan 
bog’liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushunilishi lozim. 
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof 
ravishda tashishni ularni safar chog’ida qonunga xilof ravishda saqlashdan 
farqlash uchun aybdorning qasdi nimaga qaratilganligi, transport 
vositasidan qanday maqsadda foydalanilganligi, giyohvandlik vositalari 
yoki psixotrop moddalarning miqdori va joylangan yeri hisobga olinishi 
lozim. Jumladan, o‘zining shaxsiy iste’moli uchun mo‘ljallangan 
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni safar chog’ida saqlash 
qonunga xilof ravishda tashish deb topilishi mumkin emas. 
Tashish giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bir joydan 
boshqa joyga ko‘chirilgan paytdan e’tiboran 
tugallangan 
deb e’tirof 
etiladi. 
NOTA BENE ! 
Jo‘natish 
deganda, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni 
tashish jarayonida jo‘natuvchi ishtirok etmagan vaziyatda, aloqa bo‘limi 
jo‘natmasi, bagaj tariqasida yoki boshqa usullarda bir joydan ikkinchi 
joyga qonunga xilof ravishda yuborish tushunilishi lozim. 
183 


Jo‘natish giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar har qanday 
usulda bir joydan ikkinchi joyga yuborilgan paytdan e’tiboran 
tugallangan
deb e’tirof etiladi.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni 
qonunga xilof 
ravishda o‘tkazish
deganda, ularni turli usulda tarqatish (o‘zgaga berish, 
hadya etish, boshqa shaxsga ukol qilish, almashtirish, qarzga va qarzi 
evaziga berish hamda sotish va h.k.lar) tushuniladi.
Aybdorda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni 
qonunga xilof ravishda o‘tkazish niyatining mavjudligi haqida uning mijoz 
bilan kelishganligi; ushbu vosita yoki moddaning ancha miqdorda ekanligi 
va o‘tkazishga qulay bo‘lgan tarzda qadoqlangani; giyohvandlik vositalari 
yoki psixotrop moddalarni o‘zi iste’mol qilmaydigan shaxsning olganligi, 
tayyorlaganligi va h.k.lar dalolat berishi mumkin. 
O‘tkazish giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar o‘zga 
shaxs ixtiyoriga amalda o‘tgan paytdan e’tiboran 
tugallangan
deb e’tirof 
etiladi. Bunda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘zga 
shaxsga topshirish shakli qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi.
Aybdorga giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda emasligi ayon 
bo‘lgan boshqa biron-bir o‘zga moddalar o‘tkazilgan bo‘lsa, bunday 
harakatlar firibgarlik sifatida JK 168-moddasi bilan, oluvchining 
harakatlari esa, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga 
xilof ravishda olishga suiqasd qilish sifatida (JK 25-moddasi 2-qismi va 
JK 273-moddasi
) kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Agar shaxs o‘tkazilayotgan vositalar yoki moddalar giyohvandlik 
vositalari yoki psixotrop moddalar ekanligini bilmagan bo‘lsa, uning 
harakatlari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazishga 
suiqasd qilish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bu holda xaridorlar 
qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda giyohvandlik 
vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda olishga 
suiqasd qilganlik uchun javobgar bo‘lishlari mumkin.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish