Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

JK 266-moddasi 
bo‘yicha javobgarlik mavjud bo‘lmaydi, aybdorning 
harakatlari JK 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 
deb kvalifikatsiya qilinadi. 
Agar transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish 
xavfsizligi qoidalarini buzish sodir etilmagan, lekin badanga o‘rtacha og’ir 
yoki og’ir shikast yetkazish sifatidagi oqibatlar yuz bergan bo‘lsa, bu 
baxtsiz hodisa sifatida e’tirof etilishi lozim.
Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi 
qoidalarini buzish qonunda belgilangan oqibatlar: badanga o‘rtacha og’ir 
yoki og’ir shikast yetkazish yuz bergan vaqtdan e’tiboran 
tugallangan
deb 
e’tirof etiladi (JK 266-moddasi 1-qismi). 
Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi 
qoidalarini buzgan shaxs yetkazilgan zararli oqibatlar uchun qilmish va 
ro‘y bergan oqibatlar o‘rtasida sababiy bog’lanish mavjud bo‘lgan 
holdagina javobgar bo‘ladi. Qoida umuman buzilmagan taqdirda bunday 
bog’lanish mavjud bo‘lmaydi (masalan, piyoda o‘z ehtiyotsizligi tufayli 
avtomashinaning orqa g’ildiragi ostiga tushib qoladi yoki o‘zini o‘zi 
o‘ldirish maqsadida ataylab o‘zini mashina tagiga tashlaydi). 
Harakatlanayotgan transport bilan jabrlangan shaxs o‘rtasida jismoniy 
bog’liqlik mavjudligi ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar o‘rtasida sababiy 
bog’lanish mavjudligidan dalolat bermaydi. 
Sababiy bog’lanish jismoniy bog’liqlik umuman ro‘y bermagan 
hollarda ham mavjud bo‘lishi mumkin. Haydovchi o‘zining noto‘g’ri 
harakatlari bilan to‘g’ri harakatlanishga xalaqit berishi natijasida 
147 


harakatning boshqa ishtirokchilari uchinchi shaxslarga zarar yetkazishga 
majbur bo‘lganida u yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Masalan, 
qarama-qarshi yo‘nalish qatoriga chiqib olgan haydovchi ro‘paradan 
kelayotgan transport haydovchisi uchun to‘siq paydo qiladi, u 
to‘qnashishning oldini olish yoki to‘xtash imkoniyatiga ega bo‘lmay, yo‘l 
chetidagi piyodani urib yuboradi. Bunda birinchi haydovchi ro‘y bergan 
oqibatlar uchun javob berishi lozim. Bu holda ikkinchi haydovchining 
harakatlari oxirgi zarurat qoidalariga ko‘ra yoki aybsiz holda zarar 
yetkazish sifatida baholanadi. 
Ba’zan haydovchining zararli oqibatlar bilan bevosita bog’liq 
bo‘lgan harakatlari harakatning boshqa ishtirokchilari qoidabuzarligiga 
bog’liq bo‘lishiga qaramay, ro‘y bergan oqibatlarning sababi bo‘lishi 
mumkin. Yo‘l harakati qoidalarida, xususan, qoidabuzarliklarning oldini 
olish talablari mavjud. Masalan, qoidalarda boshqa shaxslar tomonidan 
yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar natijasida to‘siqlar paydo bo‘lsa, 
haydovchining qanday ish tutishi kerakligi ko‘rsatilgan. Bu talablar 
buzilgan bo‘lsa, aybdor yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. 
Masalan, qarama-qarshi transport vositasi chirog’idan ko‘zi qamashib, 
piyodani urib yuborgan haydovchi 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish