Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

JK 242-moddasi 2-qismidagi
qilmishning 
obyektiv tomoni
uyushgan qurolli jinoiy guruhni tuzish, shuningdek, bunday guruhga 
rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etishda ifodalanadi.
JK 29-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, ikki yoki undan ortiq 
shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan til 
biriktirib, bir guruhga birlashishi uyushgan guruh, deb topiladi.
Uyushgan jinoiy guruhning o‘ziga xos belgilaridan biri ana shunday 
guruhlarning barqarorligidir. 
Guruhning barqarorligi 
deganda, guruh a’zolari o‘rtasida mustah-
kam, doimiy aloqalar mavjudligi, guruh a’zolari zimmasiga muayyan 
vazifalar yuklatilganligi, ular o‘rtasida rollarning taqsimlanganligini 
tushunish zarur. 
Tarkibining doimiyligi, uning a’zolari o‘rtasida mustahkam 
aloqaning mavjudligi, harakatlarining avvaldan kelishilganligi, jinoiy 
faoliyat ko‘rinishi va usullarning bir xilligi, uzoq vaqt ish ko‘rishi, sodir 
etilgan jinoyatlarning miqdori kabi belgilar guruhning turg’unligidan 
dalolat beradi. 
Jinoiy guruhning barqarorligi, shak-shubhasiz, uning yuqori darajada 
uyushganligidan dalolat beradi. Bunday jihat barcha jinoiy ishlarning 
rejalashtirilishida, mustahkam intizomda, martaba darajasiga muvofiq 
mutlaq tobelikda va h.k.larda namoyon bo‘ladi.
Jinoiy faoliyat amalga oshirilganida guruh tomonidan bir qator 
jinoyatlarning sodir etilishi rejalashtiriladi. 
Guruhning qurollanganligi 
deganda, muayyan jinoyat sodir 
etilgunga qadar uyushgan guruh a’zolarida hech bo‘lmaganida bir dona 
o‘qotar, sovuq yoki gaz quroli, shuningdek, turli portlatuvchi 
moslamalarning borligi tushuniladi. 
«O‘qotar quroli», «portlatish vositasi» va h.k.ga JK 247-moddasi 
tahlilida alohida to‘xtalamiz. 
Jinoyat predmetini sovuq qurol, deb topish uchun asosiy mezon 
bo‘lib, uning tirik nishonga zarar yetkazishga mo‘ljallanganligi 
hisoblanadi. Ko‘p hollarda, ushbu mezon mazkur predmetlar sifatida faqat 
13 


jangovar qurol, ya’ni xanjar, nayza, qilich va h.k.ning ishlatilishiga 
asoslanadi. 
Sanab o‘tilgan predmetlar o‘z tabiatiga ko‘ra faqat shaxsning hayoti 
yoki sog’lig’iga zarar yetkazish uchun tayyorlanadi. 
Sovuq qurol kriminalistika nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo‘lgan 
asoslarga ko‘ra tasniflanadi. 
Maqsadiga
ko‘ra, sovuq qurol jangovar (harbiy, politsiya, maxsus), 
fuqaroviy (sport, ov, milliy libosga taqiladigan) va kriminal qurolga 
bo‘linadi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish