24
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-
profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho‘r suv,
shaxsiy himoya va gigiyena
vositalari bilan ta’minlash xarajatlari;
2)
kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan
to‘lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga
beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimlariga
mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa
to‘lovlar mustasno;
3)
xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;
4)
diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o‘tkazish,
vakillik xarajatlari, shahar yo‘lovchilar transportida xodimlarning xizmat
qatnovlari uchun foydalaniladigan yo‘l
kartochkalarini olish, shuningdek yuridik
shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq
hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa
xarajatlar;
5)
xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus
kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish
xarajatlari yoki ularni
pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o‘z xizmat
vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlari va boshqalar.
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan
mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy
shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash
tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:
1)
mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan
shakllari va tizimlariga
muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan
holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
2)
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar;
3)
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
4)
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
25
5)
ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:
1)
moddiy yordam summalari;
2)
yo‘llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to‘liq yoki qisman
qoplash summalari, turistik yo‘llanmalar bundan mustasno;
3)
o‘z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki)
statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to‘langan
summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy xizmat ko‘rsatganlik,
nogironlik profilaktikasi va nogironlarning salomatligini tiklashga doir texnik
vositalarni olish uchun qilingan xarajatlari;
4)
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul
mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan davlat
pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati,
shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la
beriladigan pul
mukofoti va sovg‘alar;
5)
xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun
sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
6)
xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan
buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;
7)
fuqarolarning soliq solinadigan va O‘zbekiston Respublikasida
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik
shaxslarga hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta
mukofotlari
to‘lovi uchun yo‘naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari va
boshqalar.
Korxonalarda soliqlar hisobini yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktyabrda №1181-son bilan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan, 21-son “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”
nomli BHMSga muvofiq soliqlar hisobini yuritish uchun 4410 - “Byudjetga
26
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” aktiv schyoti va
6400 - “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar” passiv
schyoti belgilangan.
Shuningdek “EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MChJda byudjetga
to‘lovlar hisobini yanada aniqroq yuritish maqsadida
ushbu schyotlar asosida bir
qancha analitik schyotlar ham yaratilgan bo‘lib, ularni quyidagi jadval asosida
ko‘rishimiz mumkin.
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: