107
beton inshoatlari va yer osti quvurlari qo‘llanadi. Sug‘orish tizimining kollektor –
drenash qismi sug‘oriladigan yerlarni tuzlanishi va batqoqlanishiga hamda yer osti
suvlarini ko‘tarilib ketmaslaigini oldini oladi. Ular
ochiq kanallar yoki yopiq
quvirlar ko‘rinishida gorizantal yoki artezian quduqlarida vertikal drenaj
uskunalari asosida bajarilishi mumkin.
Quritish tizimlari namlik ko‘p joylarda (zax, batqoq yerlarda) tashkil etiladi
Bunday tizimlarning vazifasi shundaki bu holda tabiiy suv zaxiralari ishlatilib,
ortiqcha namlik quritilayotgan maydon tashqarisiga chiqarilib yuboriladi. Quritish
tizimlari tarkibiga suv qabul qilgich, yig‘ish va tarqatish qisimlari kiradi.
Quritish-sug‘orish qisimlari suv tartibini ikki taraflama rostlash maqsadida,
yani
yilning bir davrida quritish, ikkinchi davrida namlash qo‘llaniladi. Bu holda
yer osti suvlarining namligini saqlash uchun optimal chuqurlikda ushlab turilishi
taminlanadi.
Gidromeliorativ tizimlari ularning farqiga qaramay,
umumiy xususiyatlarga
ega bo‘lib bir xil tipli avtomatlashtirish obektlari xisoblanadi. Ularning quydagi
umumiy xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-
umumiy maqsad bu tabiiy namlikni tarqatishdir.
-
bir xil tarzdagi suv tarkatgich transport vositalari;
-
bir xil turdagi rostlovchi qurilmalar va qurilmalarning qismlari (odatda
har qanday tizim tarkibida suv tarmoqlarida joylashtirilgan turli boshqaruvchi
gidrotexnika inshoatlari va gidromexanika uskunalari mavjud)
-
tizimda ko‘p sonli boshqaruv va nazorat obektlari mavjud, obektlar turli
joylarda joylashgan (bosh inshoatlar, platinalar suv tarqatish bo‘limlari va
boshqalar);
-
suvni jo‘natish jarayoni to‘lqinli tavsifga va
katta kechikish vaqtiga ega
(shuning uchun notekis suv taminoti mavjud bo‘lsa, bu holda suv tarmog‘ida
zaxira hajmlarga ega bo‘lish va doimiy ravishda boshqarish uskunalariga ega
bo‘lish lozim)
108
-
aksariyat boshqaruv obektlari ochiq joylar bo‘lib, atmasfera ta’siriga
ko‘ra mavsumiy ish tavsifiga ega: bundan ko‘rinadiki, qurilma va uskunalar xamda
boshqaruvi yuqori ishonchlilikka ega bo‘lishi zarur.
-
ochik kanallar yoki yer usti latoklari ko‘rinishidagi ichki xo‘jalik
tarmog‘i qo‘shimcha sig‘imga ega bo‘lmagani uchun agar istemolchilar tarqatilgan
o‘z vaqtida ishlata olmasalar, suv to‘qish tarmog‘iga yuboriladi (bu holda
boshqaruv qurilmasi sug‘oriladigan yerlarga suvni haydash va ishlatish jarayonini
bir - biri bilan bog‘lanishini taminlab berishi kerak).
Shunday qilib barcha turdagi gidromeliorativ tizimlari ishlab chiqarish jarayonlari,
ish
tartiblari, konstruktiv bajarilishining turli xil ko‘rinishidan qatiiy nazar, ular
juda ko‘p o‘xshash xususiyatlarini xisobga olgan xolda bir turkimlagi
avtomatlashtirish obekti sifatida ko‘rinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: