Kurs ishining tuzilishi va hajmi:
Ishga kirish oltita paragraf, xulosa va
takliflar hamda adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib uning umumiy hajmi
49 betni tashkil etadi.
6
1.
Marketing tadqiqotlarini tashkil etishning nazariy asoslari
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi bu – bozor tuzilishi va dinamikasi
qonuniyatlarining umumiy ko‘rinishdagi konsepsiyani ishlab chiqish, ma’lum bir
korxonaning vazifalari va imkoniyatlarini ishlab chiqarishga samarali moslashishni,
texnologiyalar va tuzilmalar, shuningdek, pirovard iste’molchi xoxish- istaklarini
qondira oladigan tovar va xizmatlarni bozorga taqdim etishdir.
Marketing tadqiqotlarining maqsad va vazifalari shuni taqazo etadiki,
marketing axborotlarini to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishdan iborat. Uni
maqsadida tovar bozorida joriy muammolarni hal etish va marketinga oid kerakli
qarorlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan jarayonlar yotadi.
Bozorni tadqiq eishga ko‘ra marketing tadqiqotlari quyidagilar bilan ajralib
turadi: iste’molchilarni, raqobatchilarni, sotishni, tovarlarni, tovar harakatini, narxni
va korxonaning ichki muhitini tadqiq qiladi.
Shuning uchun, bozorni tadqiq qilishdan ko‘ra, marketing tadqiqotlarini
o‘tkazishda ko‘proq axborot to‘plash va vaqt omilini talab etadi. To‘laqonli va
ob’ektiv marketing axborotlari korxonaning bozordagi muvaffaqiyatini ifodalaydi.
Har bir marketinga yo‘naltirilgan korxonaning faoliyatini oqilona yuritish, bu uchun
aniq va samarali qaror qabul qilish uchun quyidagi bilimlar zarur: bozorning
salohiyati, resurs bilan ta’minlanganligi, xaridor talabi, ularning hoxish va istaklari,
imkoniyatlari, raqobatdoshlarning niyatlari va harakatlari haqidagi ma’lumotlarga
ega bo‘lish zarur. Bozorni bilish va undagi jarayonlarga baho bera olish tijorat
risklarini, qolaversa, noto‘g‘ri qaror qabul qilish natijasidagi yo‘qotish imkoniyatini
kamaytiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni (marketing research process) maqsadga
erishish uchun bosib o‘tiladigan bosqichlar majmuasidan iboratdir. Ularda amalda
olti turdan iborat bo‘lib: muammoni aniqlash; muammoni hal etishga yondashuvni
tanlash; tadqiqot rejasini ishlab chiqish; dala tadqiqotlari yoki ma’lumotlarni
7
to‘plash; ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish; hisobotni tayyorlash va uning
taqdimotidir.
Odatda marketing tadqiqotlari bosqichlari quyidagilarni qamrab oladi:
I. Muammoni belgilash, tadqiqot budjetini hisob-kitob qilish.
II. Axborot manbalarini tanlab olish.
III. Axborot to‘plash va qayta ishlash.
IV. Axborotni tahlili qilish va bashorat qilish.
V. Xulosa va tavsiyalar, marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash.
Marketing tadqiqotlari jarayonining rejasi (research desing) – marketing
tahlilini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarurdir. Marketing tahlili muammosini hal
etish, yoki uning uchun zaruriy axborotlarni to‘plash modellarini aniqlashtirish
muhim o‘rin tutadi. Shu sababdan marketing rejasi ushbu tadqiqotlarni samarali
o‘tkazish jarayonida o‘ziga xos ahamiyatga ega. O‘z vazifasini samarali va yuqori
sifatda bajarishda marketolog birinchi navbatda aniq o‘ylangan marketing tahlil
rejasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, marketing tahlilining rejasi zaruriy axborotga ega
bo‘lib, marketing tahlili muammosini hal etishda foydalaniladigan metodlar
(uslublar)ni aniqlashtiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni rejasi o‘z tarkibiga quyidagi vazifa yoki
komponetlarni kiritadi:
1. Zaruriy axborotlarni aniqlash.
2. Tadqiqot izlanish, deskriptiv yoki sabab-oqibat fazalarini ishlab chiqish.
3. O‘lchash va shkalalashtirish jarayonlarini aniqlashtirish.
4. Anketa (so‘rovnoma)ni shakllantirish yoki axborot to‘plashning boshqa uslubini
aniqlash.
5. Tanlash jarayonini aniqlash va uning hajmini belgilash.
6. Ma’lumotlar tahlilini o‘tkazish rejasini ishlab chiqish.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |