doyr kompleks masalalarni xal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha
darajadagi hokimliklar uchun eng muxim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi”
2
.
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati
tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali
tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy
qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim axamiyat kasb etdi. Xususan,
2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va
98-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini
yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi.
Hokimiyat sub’ektlari o‘rtasida vakolatlar
mutanosib taqsimlanishiga
erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga
kiritilgan tuzatishlar jiddiy axamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy qonunchilikni
takomillashtirishga yo‘naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari
mustaqilligining oshishiga xizmat kilsa, ikkinchidan, davlat hokimiyati tizimida
o‘zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo‘g‘inlarni nazarda tutadi.
Masalan, Vazirlar Maxkamasi vakolatiga taalluqli masalalar
yuzasidan qarorlar
qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga raxbarlik qilish huquqi
Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar
hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun
taqdim qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat
mustakilligini va ta’sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish
va
tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning
hisobotini tinglash
va
muhokama qilish
tartib
takomilining
kiritilishi
Parlament
rolini
yanada
kuchaytirishga
ko‘maklashuvchi institut bo‘ldi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga karatilgan
yangiliklarning axamiyati
yana shundan iboratki, ular davlat hokimiyatining
sub’ektlari, ya’ni, davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chikaruvchi va ijro
etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini
ta’minlashga qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to‘g‘risidagi ta’limotga
ko‘ra, hokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to‘g‘ri taqsimlanishi
davlat idoralari
faoliyatining barqarorligini, ular o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini
kafolatlaydi. Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va
adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma’noda demokratik tabiatga ega
bo‘lishi va inson huquqlari izchil ta’minlanishining garovidir.
Mamlakatning davlat boshqaruv tizimi uning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va
ma’muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy,
milliy, jug‘rofiy, ma’naviy va boshqa omillar ta’sirida shakllanadi.
Boshqaruv
madaniyati davlat boshqaruvi tuzilmalariga nisbatan birmuncha barqaror va
2
Шавкат Мирзиёев.
Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатинн
мард ва олийжаноб халкимиз билан бирга қурамиз!
“
Халк сузи
”
. 2016 йил 15
декабрь.
turg‘undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vakt
ichida o‘zgartirish
birmuncha mushkul. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini qonunchilik
islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o‘zgartirish (yangilash) mumkin, ammo
bosharuvga bog‘liq mafkurani, mentalitetni,
ongni va madaniyatni darxol
o‘zgartirishning iloji yo‘q.
Jamiyatni erkinlashtirishning xozirgi bosqichida davlat boshqaruvini
modernizatsiya qilishning bir qator yo‘nalishlari va vazifalari Harakatlar
strategiyasida belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: