Август 2020 3-қисм
Тошкент
Барак Там, Уйгарак, Тегискен естеликлеринде сакланған еди. Инкардәрья бойында Сак-
сакафаваклар естелиги изертленди. Массагет кәуимлери батпаклар, көллерде жасаған»,-деп
жазды Страбон Батпаклык ҳәм атаудағы саклар-апасиаклар болған.
Сырдәрья бойы Тегискен, Уйгарак естеликлерин С.П.Толстов, М.А.Итина казыулары
нәтиийжесинде саклар мавзолейи, өли өртеу, өли жерлеу өзгешелиги аныкланды, «ҳайуанат»
стилинде тау ешкиси (боран) басы, еки ҳайуан фигурасы, арслан, барс фигуралы, Алтын
бляшкада ешин тулғасы, Арал бойы саклар көркем өнерин көрсетеди.
Акинак - қанжар, сўуын («звериний стиль»)
ПАЙДАЛАНҒАН әДЕБИЯТЛАР:
1.Агаджанов С.А. Очерки истории огузов и туркмен Средней Азии IХ-ХIII вв. Ашха
-
бад, 1969.
2.Вишневская О.А. Культура сакских племен низовьев Сырдарьи в vII-v вв. до н.э.// -
М.1973.
3.Манилов Ю. П. Средневекового Хорезмские памятники Устюрта. Ташкент,1978.
34
Август 2020 3-қисм
Тошкент
TARIXIY DALIL YA UNING INTERPRETATSIYASI
Davlatova Ozodaxon Xusanboyevna
Xolmatova Irodaxon Ruzimamatovna
Andijon shahar 13-son umumta’lim maktabi tarix fani o’qituvchilari
Tel: +998916152940; +998999727227
Annotatsiya
: Ushbu maqolada tarixiy dalillar va ularning interpretatsiyasi haqida fikrlar
berilgan, shuningdek tarixiy tadqiqotlar tarixni yanada keng o’rganishda muhim ekanligi
takidlangan.
Kalit so’zlar:
dalil
,
interpretatsiya, tadqiqot, jarayon, tarixchi, fakt, manba.
Tarixiy dalillarni aniqlash va ularning interpretatsiyasi zamonaviy tarix tadqiqotlarining asosiy
omillaridan biri sanaladi. Tarixchi nafaqat professional mahoratga ega bo’lishi kerak, balki
tarixiy dalil yuzasidan o’zining ilmiy qarashlariga ham ega bo’lishi (qay tarzda qo’llanilishi,
tahlili qilinishi va dalillarni interpretatsiyalashi) talab etiladi. Tarix fani mavjud bo’lgan barcha
davrlarda «tarixiy dalil» tushunchasi yuzasidan bahs va munozaralar ham doimiy ravishda
mavjud bo’lgan. Bu haqda fikrlar shunchalik ko’pki, ularni tarixiy ijodni shakllantirib beradigan
«g’ishtchalar»dan boshlab, tafakkur orqali shakllantiriladigan tasavvurlargacha ko’rish mumkin.
Biroq bu bahslar va munozaralar asoslanmagan quruq safsatalar emas, balki umumiy holatda
tarixiy tafakkurni mukammallashtirib, yangi yondashuvlarning yuzaga kelishi va tarixiy
tadqiqotlarda yangi uslublarning qo’llanilishiga yo’l ochib berdi.
Tarix fani o’zining bir necha ming yillik taraqqiyot yo’lida tarixiy dalilga bo’lgan munosabatni
aniqlashtirib olish uchun birmuncha murakkab, ilmiy tafakkur, ilmiy bilish va ilmiy xulosalar
chiqarish tajribalarini o’tadi. Tarix fanining ibtidosida tarixchining vazifasi asosan dalillarni
yig’ish bo’lgan. Og’zaki manbalar, afsonalar, rivoyatlar dastlabki vaqtlarda o’tmishni tasvirlab
beruvchi asosiy omillar bo’lgan bo’lsa, tarix fanining taraqqiyoti jarayonida dalil va unga bo’lgan
munosabat, dalilni tarix faniga va tarixiy voqealarning asoslab berilishiga jalb etilishi ham
jiddiylashib, murakkablashib bordi. Aniq va muayyan sodir bo’lgan tarixiy jarayon yoki hodisa
haqida aniq dalillarni topish tarixchi oldidagi asosiy vazifalardan va muammolardan biriga aylandi.
Asosiy muammolardan yana biri dalilni izohlab berish edi. Asta-sekinlik bilan dalil va uning
izohi borasidagi fikrlar, qarashlar, yondashuvlar shakllana boshladi va ayni vaqtda ularning turli
xilligi bu tushunchalar o’rtasidagi ziddiyatlarning yuzaga kelishiga ham sabab boldi.
Zamonaviy tarix fanida tarixchining vazifasi sifatida o’tmish voqealarini aniq va ilmiy
asoslangan, haqqoniy va xolis yondashgan holda tavsiflash, tasvirlash, talqin qilish tushuniladi.
Tarixiy bilishda voqeaning turlicha interpretatsiyalari mavjud. Shartli ravishda ularni real va
konstruktiv interpretatsiyalarga bo’lish mumkin.
Nisbatan keng tarqalgan real interpretatsiyaga ko’ra o’tmishda sodir bo’lgan voqealarning
barchasi o’zining tarkibiy qismlari va tuzilishlariga ega bo’lib, turli manbalarda qayd etilgan.
Shu tariqa voqealar tarixchi uchun «xomashyo» vazifasini o’taydi. Bu holatda tadqiqotchining
faoliyati haqqoniylik nuqtayi nazaridan o’tmish voqealari haqidagi materiallarni va ma’lumotlarni
talqin qilishda teng munosabat yondashuviga amal qilishi bilan baholanadi.
Konstruktiv interpretatsiya tarafdorlarining ta’kidlashicha, voqea tadqiqotchidan alohida va
unga bog’liq bolmagan holda mavjud bo’lmaydi. Tarixchi turli manbalar bilan ishlash jarayonida
muayyan bir xulosaga kelgan holda voqeaning intellektual konstruksiyasini yaratadi. Shu tariqa
voqeani tarixchining aqliy faoliyati natijasi sifatida tushunish mumkin.
Bugungi kunda tarix fani metodologiyasida mavjud bo’lgan tarixiy dalil va uning interpretatsiyasi
tushunchasi tarixiy dalillar, yozma va moddiy manbalardagi ma’lumotlar va o’ziga xos jihatlarni
tahlil qilgan holda tarixiy jarayon va voqelarni tahlil qilish, ular yuzasidan ilmiy xulosalar berishda
aniq dallilarga asoslanilishini ko’zda tutadi.
Tarixiy faktlarni aniqlash, ularni talqin qilish tarixga oid tadqiqotlarning muhim vazifasidir.
Tarixchi nafaqat professional mahoratga ega bo’lishi, shu bilan birga tarixiy faktlarni aniqlash,
tahlil va talqin qilishda o’zining obyektiv qarashlariga ham ega bo’lishi kerak.
Tarixni o’rganishda eng birlamchi manba sifatida tarix yoki tarixiy jarayonning o’zini asosiy
o’ringa qo’yish, yozma manbalar, moddiy manbalardan foydalanish jarayonida uning mohiyatini
ochib berishda, ularga baho berishda yoki talqin qilishda esa ularning o’ziga xos subyektiv
35
Do'stlaringiz bilan baham: |