Август 2020 3-қисм
Тошкент
MUHAMMAD IBN ISMOIL AL – BUXORIY YOHUD HADIS ILMINING SULTONI
Rahmatillayeva Muxlisa Ismatullayevna
Toshkent viloyati Angren shahar 4-sonli
umumiy o’rta ta’lim makatabining Tarix fani o’qituvchisi
Telefon: +998(93) 668 86 83
muxlisarahmatillayeva@gmail.com
Annotatsiya:
Quyida berilgan ushbu ilmiy maqolada – Imom al-Buxoriyning hayot yo’li
va ilm sohasidagi bebaho durdonasi haqida so’z boradi ya’ni – Uning yoshlikdagi faoliyati,
Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag’dod kabi shaharlarini kezib chiqishiga sabablar, Nishopurlik
al-Hakimning Uning ilmiy faoliyatiga bergan ta’rifi, Buxoriy bilan Buxoro hukmdori Holid ibn
Ahmad az-Zuhaliy o’rtasida adovat hamda “Al-Jome’ as-sahiyh” (“Ishonarli to’plam”) asari
haqida va boshqa ma’lumotlar haqida ilmiy yondashishga qisqacha harakat qilingan.
Kalit so’zlar:
Hijoz, Nishopurlik, 600 ming, 100 ming, 200 ming, Ahmad az-Zuhaliy, Xartang,
“Al-Jome’ as-sahiyh”.
“Hadis ilmidagi Amir-ul mu’miniyn” degan sharafli nomga sazovor bo’lgan muhaddis olim
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Mugira al-Buxoriy al-Jubfiy hijriy 194-yil
shavvol oyining 13-kuni, hozirgi hisobda 810-yil 20-iyulda Buxoroda tavallud topgan. O’n yoshga
yetmasdan ilmi hadisni o’rganmoqqa kirishgan imom Buxoriy 11 yoshida ba’zi ustozlarining
xatolarini topa boshlagan. O’n olti yoshga yetganida 825 – 826-yillarda onalari va akalari bilan
haj safariga ravona bo’ladilar. Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab hadis
ilmini astoydil o’rganadi. Shundan so’ng imom Buxoriy Muhammad alayhissalomning hadisi
shariflarini yanada chuqurroq o’rganish va ularni to’plab tartibga solmoq niyatida o’sha davrda
islom fani olamining yirik bo’lmish Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag’dod kabi shaharlarini
kezib chiqadi. Bu yerlarda u hadis ilmi bilan bir qatorda fiqhdan ham ta’lim va saboqlar oladi,
yirik olimlar davrasida bahs-munozaralarda qatnashadi va ilmi toliblarga dars ham beradi.
Nishopurlik al-Hakimning (1025-yilda vafot etgan) ma’lumotlariga qaraganda, imom Buxoriy
ustozlarining soni to’qson kishi atrofida bo’lgan. Ayni zamonda o’zlari ham “Minglab shogirdlar
yetishtirganlar – Mus lim ibn Hajjoj, Iso at-Termiziy, An-Nasoriy, Abu Zur’a, Yusuf al-Forobiy,
Abu Bakr ibn Xuzayma kabi mashhur muhaddislar, shular jumlasidandir”. Imom Buxoriy jami
600 ming hadislami to’plaganlar, Shulardan 100 ming “sahiyh” hadislarni va 200 ming “g’ayri
sahiyh” hadislarni yoddan bilganlar, Hadis ilmi bobida imom Buxoriyga teng keladigan biror
kimsa musulmon olamida bo’lmagan. Imom Buxoriy horijdan qaytgach, hadis ilmini targ’ib
qilishga kirishadi. Ko’pchilik uni hurmatlagan va e’zozlagan. Ammo ba’zi g’arazgo’y va qora
niyatli kishilar al-Buxoriyga hasad qilar edilar. Ularning hasadgo’yligi va qutqusi oqibatida
imom Buxoriy bilan Buxoro hukmdori Holid ibn Ahmad az-Zuhaliy o’rtasida adovat paydo
bo’ladi. Buning sababi shundaki, hukmdor allomadan huzuriga kelib “Al-Jome’ as-sahiyh”,
“At-Ta’rix” kitoblarini farzandlariga o’qib dars berishni talab qiladi. Imom Buxoriy bu talabni
rad etadi: “Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak
bo’lsa, o’zi kelsin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay, uni toliblarga sarf qilganim uchun
meni kechiradi”, – deb javob beradi. Buxoro hokimi ig’vogarlarning maslahatlariga quloq
solib, imom Buxoriydan shaharni tark etishni talab qiladi. Olim Samarqand ulamolari taklifi
bilan yo’lga chiqadi. Yo’lda Samarqandga yaqin Xartang (hozirgi Poyariq tumani) qishlog’ida
qarindoshlaridan bo’lmish Abu Mansur G’olib ibn Jabril degan kishining uyida tunaydi va bir
necha kun bu yerda betob bo’lib yotib qoladi. Imom Buxoriy ko’p vaqt yerda, hijriy 256-(milodiy
870-yil 1-sentabrda) yili 62 yoshida vafot etadi va shu yerda dafh qilinadi. Endilikda uning qabri
Movarounnahr diniy boshqarmasi ixtiyorida bo’lib, tabarruk va ziyoratgoh joylardan bin sifatida
davlat muhofazasidadir, Imom Buxoriydan ulkan va boy meros qolgan. U yozgan asarlarning
soni yigirmadan ortiqdir
1
. Olimning “Al-adab al-Mufrad”, “At-Ta’rix as-Sagir”, “At-Ta’rix al-
Kabiyr”, “Kitob al-Ilal”, “Asomi us-Sahoba”, “Kitob al-Kuna” va boshqa asarlari orasida shoh
asar hisoblanmish “Al-Jome’ as-sahiyh” (“Ishonarli to’plam”) asari to’rt jilddan iborat bo’lib,
islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadislar to’plamlari orasida eng ishonarlisi va
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh. vatan tarixi. 1-kitob. –T.: Sharq. 2010. – B. 262.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |