Harakat tezligi
— harakat o'lchovi bo'lib, holat o'zgarish tezligini tasvirlaydi.
U bosib o'tilgan yo'lni sarflangan vaqt bilan oichanadi.
Dinamik tashkil bo'luvchi unsurlar, energiya ta'minlovchi va energiya
sarflovchi harakatlarni va ularning o'zaro aloqasini ochib beradi.
Energiya ta'minlovchi harakatlar,
tana zvenolari yoki butun asosiy harakat
fazasida tanada mexanik energiyaning to'planishini ta'minlaydi.
Energiya sarflovchi harakat,
mexanik energiyaning bir zvenoga yoki
boshqa zveno bilan bog'liq bo'lgan tanaga berishga yo'naltirilgan. Harakat
faoliyatlarida tananing o'zaro ta'sir etishi, kuch, kuch momenti, massa, inersiya
momenti bilan ifodalanadi.
Kuch
— tananing o'zaro o'lchovidir. Aylana harakatlar bajarilganda kuch
tana yelkalariga tushadi, shuning uchun tananing o'zaro o'lchovi, aylana harakatlar
jarayoni kuch momenti deyiladi.
Kinetik moment - a
ylana harakatlarni, uning qobiliyatini xarakterlaydigan,
bir tanadan ikkinchi tanaga mexanik harakatlar sifatida beriladigan harakat
o'lchovi. U aylanish o'qi va burchak tezligining inersiya momenti bilan o'lchanadi.
Jismoniy mashqlar bosqichi
— jismoniy mashqlar tuzilishi harakatli
faoliyatlarni qaysi harakatdan boshlanib, qaysi harakat bilan tugallanishini
ta'minlaydi.
Tayyorlov fazasi
— harakat faoliyatlarining asosiy vazifasini hal etish uchun
yaxshi sharoit vujudga keltirishga mo'ljallangan.
Asosiy faza
— u harakatlardan iborat bo'lib, uning yordamida harakat-
faoliyatlarning asosiy vazifasi hal etiladi.
Yakunlovchi faza
— harakat-faoliyatni tugallaydi yoki boshqacha qilib
aytganda, ish holatidan chiqish imkonini beradi.
Sport gimnastikasi.
Murakkab gimnastik mashqlarni baja-rishga va sport
sohasida yuqori mahoratga erishishga olib keladi. Asosiy mashqlari: erkin
mashqiar, turnikda, parallel va har xil balandlikdagi bruslarda, xodada, halqada va
boshqa snaryadlarda bajariladigan mashqlardan iborat. Sport gim-nastikasiga
akrobatika va badiiy gimnastika unsurlari ham qo'shiladi, lekin ular alohida-
alohida bajariladi. Sport gimnastikasi bilan shug'ullanish, harakat apparatining
garmonik rivojlanishini, harakatning yuqori koordinatsiyasini, kuchni, epchillikni,
tezlikni, chidamlilikni va chaqqonlikni ta'min-lashdan iborat.
Akrobatika.
Bu ham sport gimnastikasi singari, yuqori sport mahoratiga
erishishga (umbaloq oshish, aylanish), muvozanat saqlash (qolda tik turish,
piramida hosil qilish) va boshqa mashqlarni bajarishga qaratilgan. Bu jarayonda
shug'ul-lanuvchi o'z harakat apparatining yuqori san'atini egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |