10.2. Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko„ra, b
yudjet xarajatlari joriy va kapital
xarajatlarga bo‗linadi.
Davlat byudjetining joriy xarajatlari
markaziy va mahalliy davlat hokimiyati
organlari, mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlari va
byudjetdan mablag‗ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta‘minlash
shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning ayrim
tarmoqlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy yordam
ko‗rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‗laridir.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari –
byudjet xarajatlarining innovatsiya va
investitsiya faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlash maqsadlariga yo‗naltirilgan pul
110
mablag‗lari bo‗lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya
loyihalari bo‗yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital ta‘mirlash
maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan barpo qilinadigan korxona, tashkilot va
muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga ajratiladigan moliyaviy mablag‗lar
kiradi.
Funksional tayinlanishiga (vazifa jihatidan) ko„ra,
davlat byudjeti xarajatlari
quyidagi guruhlar bo‗yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi (ularning tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 69-moddasi bilan belgilab qo‗yilgan):
1.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari.
2.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash xarajatlari.
3.
Iqtisodiyot xarajatlari.
4.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.
5.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi, adliya va prokuratura organlarini saqlab
turish xarajatlari.
6.
Sudlarni saqlab turish xarajatlari.
7.
Fuqarolarning o‗zini – o‗zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi
respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar
byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‗armalari.
9.
Boshqa xarajatlar.
Sanab o‗tilgan har bir guruh xarajatlar, o‗z navbatida,
mahkamaviy va maqsadli
belgisiga ko„ra
guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‗ra xarajatlar byudjet
mablag‗larini oluvchi vazirlik, davlat qo‗mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv
organining xarajatlariga bo‗linadi. Xarajatlar tarkibini ushbu belgiga ko‗ra tahlil
qilishda ularning qaysi tarmoq va sohalarga yo‗naltirilayotgani haqida xulosa qilish
mumkin bo‗ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional tayinlanishiga ko‗ra ta‘lim
sohasiga ajratilgan pul mablag‗lari Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim, Xalq ta‘limi,
Maktabgacha ta‘lim vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O‘z
navbatida, har bir vazirlik, davlat qo‗mitasi, idorasi yoki alohida byudjet tashkilotiga
ajratilgan byudjet mablag‗lari maqsadli belgisiga ko‗ra xarajatlarning aniq turlari
bo‗yicha aniqlashtiriladi. Masalan, byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‗lari
ish haqi, kommunal xizmatlar haqini to‗lash, joriy ta‘mirlash, asbob-uskunalar va
jihozlar, oziq-ovqat, dori-darmon sotib olish kabi xarajat turlari (muassasaning
xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar turlari) bo‗yicha rejalashtiriladi va
moliyalashtiriladi.
Hududiy belgisiga ko„ra,
byudjet xarajatlari umumdavlat va mahalliy hokimiyat
organlarining xarajatlariga bo‗linadi. Umumdavlat xarajatlari odatda davlat
byudjetining respublika byudjetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi
tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa
hududiy
va
mahalliy
ehtiyojlardan
kelib
chiqib,
byudjet
xarajatlarini
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar, shuningdek,
shahar, tuman byudjetlari mablag‗laridan amalga oshiradilar.
111
Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat
tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma‘nodagi ifodasini o‗zida aks
ettiradi. Buni quyidagi ma‘lumotlardan ko‗rish mumkin.
10.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |