O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

Tayanch so„z va iboralar:
davlat byudjeti xarajatlari; iqtisodiy 
maqsaddagixarajatlar; ijtimoiy sohalarni saqlash; aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish xarajatlari; byudjetning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariini 
saqlash xarajatlari. 
 
10.1. Davlat byudjeti xarajatlarining davlatning funksiyalari bilan 
bog„liqligi 
 
Ma‘lumki, davlat jamiyat va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko‗rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning 
samarali faoliyat yuritishi qilishi uchun qonuniy-huquqiy, me‘yoriy va institutsional 
asoslarini yaratish va shu bilan o‗z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Ushbu vazifalarni bajarishning 
moddiy-moliyaviy asosini yaratish maqsadida mamlakatda yaratilgan moliyaviy 
resurslarning ma‘lum bir qismi davlat byudjetida markazlashadi va markaziy 
hukumat hamda mahalliy hokimiyatlarning jamiyat oldidagi vazifa va funktsiyalarini 
to‗laqonli bajarishga yo‗naltiriladi.
Moddiy ma‘noda davlat byudjetining xarajatlari markaziy hukumat va 
mahalliy hokimiyatlar zimmasidagi vazifalarni bajarish bilan bog‗liq bo‗lgan 
faoliyatini moliyaviy ta‘minlashga yo‗naltiriladigan byudjet mablag‗lari bo‗lib, 
ularning turlari, amalga oshirish shakllari, tarkibi va tuzilishi qator omillarga bog‗liq: 

davlatning tabiati va bajaradigan funktsiyalariga; 
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko‟ra, 
davlat byudjeti xarajatlari
 –
davlatning markazlashgan pul fondida jamlanadigan pul mablag‟larini 
taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish bilan bo‟lgan, davlat bilan 
davlat byudjetidan mablag‟ oluvchilar o‟rtasida sodir bo‟ladigan 
iqtisodiy pul munosabatlaridir. 


109 

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik darajasiga; 

davlat byudjetining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar bilan 
aloqalarining ko‗lamiga; 

davlatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga; 

byudjet mablag‗larini taqdim etish shakllariga va b. 
Masalan, agar davlatning asosiy e‘tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat 
tomonidan qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan bo‗lsa, qabul qilinayotgan iqtisodiy 
rivojlanish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalarida davlat 
byudjetining ulushi yuqori bo‗ladi, byudjet xarajatlari tarkibida ham yirik 
markazlashgan investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish 
xarajatlari ustun bo‗ladi. Davlatning asosiy e‘tibori jamiyatdagi ijtimoiy 
muammolarni hal qilish, aholini ijtimoiy jihatdan qo‗llab-quvvatlash, ijtimoiy 
dasturlarni davlat mablag‗lari hisobidan amalga oshirishga qaratilgan bo‗lsa, 
xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ustun darajada bo‗ladi.
Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet yili uchun 
tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida bevosita ko‗rsatiladi va, byudjet 
daromadlari kabi, mamlakatda u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyat hamda 
ijtimoiy ustuvorliklar ko‗lamiga bog‗liq bo‗ladi.
Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarning 
holatini tavsiflaydigan muhim ko‗rsatkichlardan biridir. Milliy iqtisodiyotning ayrim 
korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‗llab-quvvatlash, davlat investitsiya dasturlarida 
ko‗zda tutilgan investitsiya loyihalarini qo‗shma moliyalashtirish, ijtimoiy soha 
(ta‘lim, sog‗liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta‘minot) muassasa va 
tashkilotlarini saqlash, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqalar 
va boshqa turdagi moliyaviy yordam berish, davlat boshqaruvi va hokimiyati, sud 
organlari, fuqarolarning o‗zi -o‗zini boshqarish organlarini saqlash, davlat xavfsizligi, 
jamoat tartibini saqlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi 
vazifalarning to‗laqonli va o‗z vaqtida bajarilishini ta‘minlashda davlat byudjetining 
muhim moliyaviy manba sifatidagi ahamiyati juda katta. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish